Audit tekshiruvining yakuniy bosqichlari



Yüklə 20,45 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#162668
AUDIT TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHLARI


AUDIT TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHLARI


REJA:

1.Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash


2.Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi
3.Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi
4.Auditorlik hisobot(xulosasi)ining elementlari
5.Auditorlik xulosasining turlari tavsifi

Tayanch so’z va iboralar: Tekshiruvning yakuniy bosqichi, audit natijalarini baholash, auditorlik hisoboti, uning tarkibi, tuzish tartibi, auditorlik xulosasi va uning tarkibi, xulosa turlari, xulosa berishdan voz kechish, hisobot va xulosa uchun javobgarlik, taqdimnoma xat, adresat nomi, mijoz-korxona, amaliy tavsiyalar.


.Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash
Auditorlik hisoboti va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi.
Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
•ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;
•aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash;
•auditorlik dalillarning etarliligini baholash;
•buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish;
•hisobot tuzilganidan so’ng sodir bo’lgan hodisalarni baholash;
•tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;
•auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida asosan tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni baholaydilar.
Ta’kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xo’jalik yurituvchi sub’ekt mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum darajada professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.
Auditor quyidagi katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko’rsatuvchi holatlarni ob’ektiv baholashi zarur:
•xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ma’lum bo’lgan, ammo auditor tomonidan ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari;
•tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z vaqtida taqdim qilinmagan dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’jalik muomalalari;
•mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;
•inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin etarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar;
•katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan javoblar olinmaganligi;
•tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat etuvchi ko’rsatmalar taqdim qilinmagan xo’jalik muomalalari.
Auditor to’plangan dalillar etarliligini baholashda ushbu holatlar aniqlangan bosqichni (rejalashtirish, audit o’tkazish) hisobga olishi kerak. Shuningdek, katta xatolar xatarini dastlabki baholash va batafsil tekshirish rejalari ham e’tiborga olinishi lozim.
Agar bunday holatlar rejalashtirish bosqichida aniqlangan va hisobga olingan bo’lsa, unda auditor to’plangan dalillarning etarliligiga va rejalashtirilgan hamda qo’shimcha auditorlikamallarini bajarishning maqsadga muvofiqligiga baho berishi zarur.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorning asosiy etibori tekshirilayotgan ob‟yektning qonun qoidalariga mos kelishi yoki kelmasligini isbotlashga qaratilgan bo‟ladi. Shu maqsadda auditor ularni hujjatlar bilan rasmiylashtirib boradi. Bularga quyidagi hujjatlarni kiritish mumkin: dalolatnomalar, ma‟lumotnomalar, tushuntirish xatlari, qaydnomalar, bildirishnomalar va boshqalar. Dalolatnomalar audit o‟tkazilayotgan vaqtda aniqlangan kamchiliklar bo‟yicha tuziladi. 74 Ma’lumotnomalar tekshirish jarayonida qonun qoidalarining buzilmaganligi, faoliyat yuritish qabul qilingan mezonlarga mos kelganda tuzilishi mumukin.
Tushuntirish xatlari audit jarayonida tekshirilayotgan ob‟yekt bo‟yicha qonun qoidalar buzulgan tag‟dirda tuziladi. Masalan, moliyaviy hisobotni tekshirish jarayonida hisob siyosati talablari buzulganligi aniqlasa, bu rahbarning noto‟g‟ri boshqaruv qarorlarini qabul qilganligi natijasida yuzaga kelgan bo‟lsa,auditor rahbardan tushuntirish xati oladi. Bunga u haqlidir. Qaydnomalar pul mablag‟lari bo‟yicha hisob-kitob operasiyalarini tekshirish jarayonida bir biridan farq qiluvchi noqonuniy operasiyalar aniqlangan paytda tuziladi. Bildirishnomalar audit qilinayotgan xo‟jalik bilan iqtisodiy munosabatda bo‟lgan korxonalar va bank muassasalariga auditor tomonidan yuboriladigan ma‟lum mazmundagi so‟rovnomalardir. Masalan, debitorlik va kreditorlik qarzlarning haqqoniyligini,bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‟lariining to‟g‟riligini bilish maqsadida yozma so‟rovnoma yuboriladi. 19.2. Auditorlik hisobotining tuzilishi va mazmuni Auditorlik hisoboti. Auditning rasmiylashtirilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O‟zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‟g‟risida”gi qonunda auditorlik hisobotiga tarif berilgan. Unda “Auditorlik hisoboti - auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibdan chetga chiqishlari, moliyaviy hisobotdagi qoida buzarliklar to‟g‟risidagi mufassal ma‟lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o‟tkazish natijasida olingan boshqa axborotlardan iborat bo‟lgan va xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt rahbariga, mulkdorga, qatnashchilari (aksiyadorlar)ning umumiy yig‟ilishiga yo‟llangan hujjat” deb qayd qilingan.
Hisobotda auditorlik tashkiloti,audit o‟tkazilgan yuridik shaxs, audit obyektlari, tekshirish natijalari, tavsiyalar va xulosalar aks ettiriladi . Auditorlik hisoboti uch qismdan iborat: kirish,asosiy qism va yakuniy qism. Hisobotning kirish qismida auditorlik tashkilotining rekvizitlari, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan lisenziyaning raqami va sanasi,auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan shaxslar haqidagi ma‟luiotlar, auditorlik tekshiruvini o‟tkazish uchun asos ,hamda xo‟jalik faoliyatining umumiy tavsifi ko‟rsatiladi Hisobotning asosiy qismida audit ob‟yekti,tekshirish muddatlari va tekshiruv natijalari ifodalanadi. Tekshirish ob‟yektlari hisobotda ma‟lum ketma-ketlikda aks ettiriladi. Audit jarayonida aniqlangan noqonuniy operasiyalar,ularning isboti, audit natijalarini umumlashtirishga asos bo‟lgan hujjatlar bo‟yicha ifodalanadi. Hisobotda qonundan cheklanishlar va qonun buzarlikdan kelib chiqqan zararlar, suiste‟mol hollari quyidagi tartibda aks ettiriladi: “Mansabdor yoki moddiy javobgar shaxs qanday hujjatni buzgan”(Qonunni, Farmonni, Nizomni, buyruqni va h.z.); “Kim qonun – qoidani buzgan”(rahbar,bosh buxgalter va b.q.); “Qonun – qoida qachon buzilgan”; “Qonun – 75 qoida qanday holda buzilgan”(qonunbuzarlik shakli: yakka holda yoki ko‟pchilik bilan); “Noqonuniy operasiyalar qanday aniqlandi”(tekshiruv jarayonida qo‟llanilgan audit usullari); Auditorlik hisobotining yakuniy qismida tekshirish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, hisob va hisobotni yaxshilashga , xo‟jalik faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar beriladi Auditor hisobotni tuzishda huquqiy mazmunga ega bo‟lgan tushunchalar,yani “o‟zlashtirish”,”suiste‟mol”, “talontaroj” kabi so‟zlarni ishlatmasligi kerak.
Tekshiruv natijalariga bunday mazmunda boha berish autitorning vakolatiga kirmaydi.Bunday xulosalarni sud organlari chiqaradi. Auditorlik hisoboti auditor tomonidan tuziladi va auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Undagi axborotlar mahfiy bo‟lib ,uchinchi shaxsga oshkor qilinmaydi.Hisobotning har bir beti teshiruv o‟tkazgan auditor tomonidan imzolangan bo‟lishi kerak. Hisobotdagi ma‟lumotlar auditorlik xulosasini tayyorlash uchun asos bo‟lib xizmat qiladi. 19.3 Auditorlik xulosaning tuzilshi va maznuni Auditor tekshiruv natijalari bo‟yicha o‟z fikr va mulohazalarini auditorlik xulosasida aks ettiradi. Bu – auditorlik hisobotiga asosan tuziladi. Auditorlik xulosasining hisobotdan farqi shundan iboratki,ushbu hujjatda audit natijalari bo‟yicha faqat xulosa beriladi. Auditorlik xulosasida tekshiruv jarayonidagi noqonuniy operasiyalar tufayli kelib chiqqan yoki keltirilgan zararlarning sabablari,sharoitlari batafil ko‟rsatilmaydi (ular auditorlik hisobotida keng yoritilgan bo‟ladi). Auditorlik xulosasi ikki turga, ya‟ni ijobiy auditorlik xulosasi va salbiy auditorlik xulosasiga bo‟linadi. Ijobiy auditorlik xulosasi.
Tekshirilgan xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning moliyaviy hisoboti asosli tuzilgan bo‟lib, xo‟jalikning moliyaviy holatini to‟g‟ri aks ettirgan bo‟lsa,xo‟jalik operasiyalari O‟zbekiston qonunchiligiga mos kelsa - ijobiy auditorlik xulosasi beriladi. Salbiy auditorlik xulosasi. Xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlanganda, moliyaviy hisobot to‟g‟ri tuzilmaganda yoki amaldagi qonunchilikka mos kelmaganda salbiy auditorlik xulosasi beriladi. Auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangandan keyin yuridik hujjat bo‟lib hisoblanadi. Auditorlik xulosasi xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq hujjat hisoblanadi va matbuotda elon qilinadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Iqtisodiy tahlil va audit” T.Qudratov, Samarqand-2015y.
2.Do‘smuradov R.D. Aulit asoslari. Darslik. T.:.«O‟zbekiston milliy ensiklopediyasi»,2003.
3. MusayevH.N. –Audit. Darslik. –T.: «Moliya»,2003.
Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə