Auditda muhimlik tushunchasi va auditorlik



Yüklə 219 Kb.
səhifə1/9
tarix27.05.2023
ölçüsü219 Kb.
#113624
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Auditda muhimlik tushunchasi va auditorlik

Auditda muhimlik tushunchasi va auditorlik

tavakkalchiligi


Reja:

1. Muhimlik tushunchasi va uning auditdagi ahamiyati

2. Muhimlik darajasi, uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish tartibi

3. Auditorlik riski tushunchasi, auditorlik risklarining maqbul to’plami va unga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar


4.Foydalanilgan Adabiyotlar

Kirish


Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimiz iqtisodiyotida turli mulkchilik shakllarining yanada rivojlanishi va ularining o’zaro ishonchli moliyaviy munosabatlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimzda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlanib borishi va ularning to’g’ri va aniq maqsadlarda tashkil etilganligini zamonaviy auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash orqali bilishimiz lozim bo’lmoqda.
Makroiqtisodiy muvozanatni barqarorlashtirish yo’lini izchillik bilan amalga oshirish iqtisodiy islohotlarni yanada rivojlantirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning ahamiyatini oshirish, real sektorga investitsiyalarni kiritish, eksportga ishlaydigan raqobatbardosh korxonalarni barpo etish imkonini bermoqda.
Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov: «2012 yilda mamlakatimizning yuqori sur’atlar bilan barqaror o’sishini ta’kidlar ekanmiz, buning boisi va omilini avvalambor iqtisodiyotimizga yo’naltirilgan kapital mablag’lar, investitsiyalar tobora o’sib borayotganida, bu ko’rsatkich yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etganida, deb hisoblashimiz zarur», deb ta’kidlaydi.
Shunday ekan, mamlakatimizda xo’jalik sub’ektlari biznesi ishonchliligini baholashda auditorlik tekshiruvlari sifatini yanada oshirish va natijalarini umumlashtirib moliya-xo’jalik faoliyatiga xolisona baho berishni takomillashtirish hamda auditorlik hisoboti va xulosasi tuzishni tadqiq qilish, bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amaldagi qonunchilik asosida auditorlik teshiruvidan o’tqazish va uning natijalarini umumlashtirish hamda baholash yuzasidan taklif va tavsiyalar berishdan iborat.
Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqqan holda, bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalar belgilanadi:
• mamlakatimizda auditorlik tekshiruvlarini tashkil qilishning me’yoriy-huquqiy asoslarini o’rganish;
• auditorlik tekshiruvi natijalarini baholash va umumlashtirishning maqsadi va vazifalarini o’rganish;
• auditorlik tekshiruv natijalarini umumlashtirishda xulosa va hisobot tuzishning ahamiyatini o’rganish;
• auditorlik hisoboti va xulosasi o’rganish hamda uni tuzish tartibi yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar berish;
• auditorlik tekshiruvlarida auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish hamda uni taqdim etishni takomillashtirish yuzasidan ilmiy takliflar berish;
• auditorlik tekshiruvi natijalari yuzasidan hisobot va xulosa bo’yicha javobgarlikni mustahkamlash bo’yicha ilmiy-amaliy takliflar berish;
Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi hamda auditorlik tashkilotlari ma’lumotlari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti bo’lib, auditorlik tekshiruvi natijalarini baholash va umumlashtirishni hozirgi holatini tadqiq etish va uni takomillashtirish masalalari hisoblanadi

Yüklə 219 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə