Auditorlik dalillar reja



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#148457
  1   2   3   4   5   6
9-ma\'ruza


AUDITORLIK DALILLAR
REJA:
9.1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari
9.2.Auditorlik dalillarni olish manbalari
9.3.Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash
9.4.Auditorlik dalillarni olish usullari.
9.5.Audit dalillarni olish uchun auditrolik amallar ketma ketligi
9.6.Auditorlik tanlash tushunchasi
9.7.Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash


9.1.Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari
Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko’rsatkichlariga, shuningdek ularni olish maqsadida bajariladigan amallarga nisbatan qo’yiladigan talablar № 50 – «Auditorlik dalillari» nomli AFMSda belgilangan. Ushbu standart talablarini barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish chog’ida qo’llashi majburiydir.
Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to’plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.
Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan mijoz – korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo’lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to’g’risida auditorlik xulosasi tuzish imkonini beradi.
Dalillarning yetarliligi ularning miqdori va sifati bilan belgilanadi. Dalillarning yetarliligini aniqlashda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur: mustaqil manbalar (uchinchi shaxslar)dan olingan dalillarning mijoz-korxona xodimlaridan olingan dalillarga nisbatan ishonchliroq ekanligi; auditorlik tashkilotining mustaqil tekshiruvi yoki tahlili natijasida olingan ma’lumotlarning uchinchi shaxslardan olingan ma’lumotlarga qaraganda ishonchliroq ekanligi; hujjatlar va yozma ko’rsatmalar shaklidagi auditorlik dalillarining og’zaki ko’rsatmalarga qaraganda ishonchliroq ekanligi. Nihoyat, turli manbalardan olingan dalillardan foydalanish natijasida qilingan xulosalarni taqqoslash imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Amaldagi standartlarga muvofiq auditorlik baholash uchun zarur ma’lumotlar miqdori qat’iy chegaralab qo’yilmagan. To’plangan dalillar tekshirilayotgan hisobot tuzilgan sanaga qanchalik yaqin bo’lsa, ular shunchalik ishonarli bo’ladi.
Auditorlik tekshiruvlar jarayonida to’planadigan dalillar turli-tuman bo’lib, ular turi, manbasi va olinish usullariga ko’ra turkumlanadi.
Yozma ravishda olingan dalillar (hujjatlar va yozma tushuntirishlar) og’zaki shakldagi dalillarga qaraganda ishonchliroq bo’lishi mumkin.
Auditorlik dalillar olinish manbasiga ko’ra ichki, tashqi va aralash dalillarga bo’linishi mumkin. Ichki auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki ko’rinishda olingan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Tashqi auditorlik dalillar uchinchi tomonlardan yozma ko’rinishda (odatda auditorlik tashkilotining yozma so’rovi bo’yicha) olingan ma’lumotlardan iborat.
Aralash auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki ko’rinishda olingan va uchinchi tomon yozma ravishda tasdiqlagan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Auditorlik dallillar olinish usuliga ko’ra quyidagicha turkumlanadi: a) faktlarni tasdiqlash yo’li bilan olingan dalillar; b) hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash yo’li bilan olingan dalillar; v) maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida aniqlangan dalillar.



Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə