Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining birinchi pog’onasida O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni (yangi tahriri) turadi



Yüklə 16,82 Kb.
tarix24.05.2023
ölçüsü16,82 Kb.
#112709
2 5420186794123601280



Kirish.


Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining birinchi pog’onasida O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni (yangi tahriri) turadi. Ushbu qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori asosida ishlab chiqilgan qaroriga muvofiq qabul qilingan bo’lib, 29 moddadan iborat (1-ilova). Qonun Respublikamizning moliyaviy-iqtisodiy tizimida auditning o’rni, maqsadi va vazifalarini belgilangan. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog’onasiga kiritish mumkin. Jumladan, 2022 yilda O’z-bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi Qarori qabul qilindi.
Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq «Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to’g’risidagi Nizom», «Majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima undirish tartibi to’g’risidagi Nizom» va «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risidagi Nizom» tasdiqlangan.
Ushbu qarorga muvofiq: ijobiy auditorlik xulosasi mavjudligi xo’jalik yurituvchi sub’ektining moliya-xo’jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan oxirgi tekshirish o’tkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin tekshirilmasligi uchun asos hisoblanadi;
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xo’jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning to’g’riligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi. Tarixiy manbalardan ma’lumki, markazlashgan davlatchilikning barpo bo’lishi hamda rivojlanishi natijasida mamlakatni boshqarish uchun hisob, nazorat va moliya ishlariga zaruriyat kuchaygan.
Yüklə 16,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə