Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baxolash. Jizzax Politexnika Instituti ''Iqtisodiyot va menejment'' kafedrasi


Auditorlik riski (tavakkalchiligi)



Yüklə 14,9 Kb.
səhifə3/3
tarix29.11.2023
ölçüsü14,9 Kb.
#139464
1   2   3
Auditorlik risk-WPS Office

Auditorlik riski (tavakkalchiligi) - bu auditorlik tekshiruvining,mijozning ichki nazorat tizimining samarasizligi, auditorlar tomonidanmijoz xatolarini aniqlay olmasligi tavakkalchiligini baholashdir. Auditorlik tavakkalchiligi tushunchasi 9-son AFMS da quyidagicha ifodalangan, Unga ko‘ra, «Auditorlik tavakkalchiligi - auditor tomonidan subyektiv ravishda belgilanadigan, auditorlik tekshiruvi yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobot uning ishonchliligi tasdiqlanganidan keyin aniqlanmagan jiddiy buzilishlami o‘z ichiga olishi mumkinligini e’tirof etish yoki aslida bunday buzilishlar moliyaviy hisobotda boMmasada, unda jiddiy buzilishlar mavjudligini e’tirof etish ehtimolidir»63. Faraz qilaylik, agar auditor saibiy xulosa bersa yoki xulosa berishdan voz kechsa o'zini xavf-hatarga qo‘ymasligi mumkin. Ammo bu noto‘g‘ri fikr, chunonchi, auditor uchun bu holda mijozlami yo'qotish xavfi vujudga keladi. Bundan tashqari, auditor har qanday, hatto, mijoz-korxona moliyaviy hisobotini to'liq tasdiqlaydigan xulosa berganida ham, u shartnoma majburiyatlari bilan bog'Iiq xavf-xatami o‘z zimmasiga oladi. Auditorlik faoliyatida uchraydigan bunday xavf-xatarlar yig‘indisini keyinchalik auditorlik risklaming maqbul to‘plami deyish mumkin. Ma’lumki, har qanday malakali va puxta o'tkazilgan auditorlik tekshiruvi ham auditorlik riskini to‘liq bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun auditorlik amaliyotida uning maqbul chegarasi 5% deb qabul qilingan. Ya’ni, auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan yuzta auditorlik xulosasidan beshtasi munozarali masalalar bo‘yicha noto‘g‘ri xulosalar bo'lishi mumkin. Bunday risk ya’ni, 5% miqdorida noto‘g‘ri xulosa berish ehtimoli auditorlik tashkiloti uchun jiddiy hisoblanmaydi va uning raqobatbardoshligini pasaytirmaydi. Aksincha, bu ko‘rsatkich (5%) ni yanada pasaytirishga urinish behuda kuch va mablag‘ sarflashga olib keladi hamda raqobatbardoshlikka saibiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Miqdoriy usul auditorlik tavakkalchiligining ko‘p sonli model lari ni miqdoriy hisoblashni faraz qiladi. Bular ichidan eng oddiysi:
A t = S t x IVt X M U bunda:
At - auditorlik tekshiruvi o’tkazilgandan keyin moliyaviy hisobotda aniqlanmay qolgan moddiy xatolami mavjud boMishligini qabul qilish taxmini to‘g‘risida auditoming fikrini aks etuvchi auditorlik tekshiruvi samarasizligi tavakkalchiligi (auditorlik tavakkalchiligi); St - kompaniya xususiyatlari bilan bog‘liq bo'lgan tavakkalchilik (sof tavakkalchilik), ya’ni: ichki nazorat tizimi samaradorligini ko'rib chiqishdan oldin, hisobotda belgilangan miqdordan yuqori bo‘lgan xatolar mavjud boMishligi taxmini; N t - mijozning ichki (ichki xo‘jalik) nazorat tizimi bilan bogliq bo‘lgan tavakkalchilik; M t - testlar o‘tkazish muolajalari samarasizligi bilan bog‘liq bolgan tavakkalchilik (muolaja tavakkalchiligi) - testlar o‘tkazish jarayonida, auditor uchun qabul qilinishi mumkin boMgan miqdordan yuqori xatolami aniqlanmayqolinishi taxmini. Umumiy auditorlik amaliyotida auditorlik tavakkalchilgining maqbul to'plamiga quyidagicha yondashuv ishlab chiqilgan va ular ingliz tilidagi bosh harflari bo‘yicha quyidagi formula ko‘rinishida ifodalangan:
D AR = I R x C R x D R
D A R (D esired audit risk) - auditorlik tavakkalchiligining maqbul to'plami; IR (Internal risk) - ichki xo‘jalik tavakkalchiligi; CR (Sontrol risk) - nazorat tavakkalchiligi; D R (D irestion risk) - aniqlanmaslik tavakkalchiligi. Xalqaro amaliyotda «Auditorlik tavakkalchiligi» deganda moliyaviy hisobot ahamiyatli noto‘g‘ri aks etilganda auditor tegishli boMmagan auditorlik xulosa taqdim etilishi tushuniladi. Auditorlik tavakkalchiligi uch tarkibiy qismdan iborat: ya’ni, ajralmas tavakkalchiligi, nazorat tavakkalchiligi va aniqlab boMmaslik tavakkalchiligi. «Ajralmas tavakkalchiligi» - bu tegishli ichki nazorat mavjud emas deb taxmin qilinganda, hisobvaraqlar qoldigi yoki operatsiyalar turkumi alohida yoki boshqa hisobvaraqlar qoldigi yoki operatsiyalar turkumidagi noto‘g‘ri aks etishlar bilan jamlanganda ahamiyatli boMgan noto‘g‘ri aks etishlikka moyilligi. «Nazorat tavakkalchiligi» - bu hisobvaraqlar qoldigM yoki operatsiyalar turkumida mavjud boMishi mumkin noto‘g‘ri aks etish (u alohida yoki boshqa hisobvaraqlar qoldigi yoki operatsiyalar turkumidagi noto‘g‘ri aks etishlar bilan jamlanganda ahamiyatli bolishi mumkin) buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari tomonidan o‘z vaqtida oldi olinmaganligi yoki aniqlanmaganligi va tuzatilmaganligi. «Aniqlab boMmaslik tavakkalchiligi» shundan iboratki, bunda auditorlik muolajalar mohiyati bo‘yicha hisobvaraq qoldigi yoki hisobvaraqlar turkumidagi alohida yoki boshqa hisobvaraqlar qoldigi yoki operatsiyalar turkumidagi noto‘g‘ri aks etishlar bilan jamlanganda ahamiyatli bo'lgan noto‘g‘ri aks etishni aniqlay olmaydi. Xulosa qilib aytganda, muhimlik (jiddiylik) va risk (tavakkalchilik) darajasini baholash auditorlik tekshiruvini muhim bosqichlaridan biri bo‘Iib hisoblanadi. lining malakali amalga oshirilishi nafaqat sifatli auditorlik hisoboti va xulosasi tuzish, balki auditorlik tashkiloti kabi, mijoz-tashkilotning ham barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Xo'jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining amaliy harakatlari ichki nazorat tizimining samarali darajasini yaratish va uni saqlab turishga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. Zero ichki nazorat tizimi riskli voqea sodir bo’lishidan ko‘riladigan zaraming oldini olish va pasayishini ta’minlovchi o'ziga xos to‘siq vazifasini o‘taydi. Nazorat tizimining samaradorligi va uning xo‘jalik yurituvchi subyekt risklariga ta’sirchanligini baholashga kirishishdan avval ichki nazorat tizimidagi risk tushunchasini alohida toifaga ajratish zarur. Nazorat faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq risklami oldindan ko‘ra bilish, ulaming eng yuqori darajasini to‘g‘ri belgilash, bartaraf etish yo‘nalishlarini aniqlay olish ichki nazorat tizimi samaradorligining garovi hisoblanadi. Ichki nazorat tizimida risk masalasini ko‘rib chiqishda iqtisodiyotda risk tushunchasining ta’rifiga murojaat etish lozim. Bugungi kunda riskning mohiyati bir xil ma’noda tushunilmaydi, bu, xususan, ushbu hodisaning ko‘p jihatliligi bilan izohlanadi. Binobapin, “...ayrim manbalarda “risk” atamasi turlicha tarjima qilib qoMlanilmoqda (“tavakkalchilik”, “xataplilik”, “xavf-xatap”, “tahlika”, “g‘ov” va h.k.)”. Auditorlik faoliyatiga nisbatan bunday tarjimalar “risk” atamasining asl mohiyatini ochib bermaydi”64. Bundan tashqari, risk - bu ko‘plab mos kelmaydigan, ba’zan esa qarama-qarshi peal asoslarga ega bo‘lgan murakkab hodisa. Bu risk tushunchalarining turli nuqtai nazarlardan bir necha ta’riflari mavjud bo‘lishi mumkinligini belgilab beradi.
1. Risk - miqdoriy o'lchangan yo‘qotishlar ehtimoli.
2. Risk - yo‘qotishlar, zararlar ko'rilishi, rejalashtirilayotgan daromadlaming to‘liq kelib tushmasligi ehtimoli.
3. Risk - hozirgi moliyaviy natijalaming kelgusida noaniqligi.
4. Risk - bu, agar faoliyat yuritish sharoitlari rejalar va hisobkitoblarda nazarda tutilgan yo‘nalishdan farq qiluvchi yo'nalishda o‘zgarsa, faoliyat ko‘rsatish natijasida boyliklaming yo'qotilishi ehtimoli. Statistika nuqtai nazaridan, risk - bu muayyan salbiy voqeaning yuzaga kelishi ehtimoli. Risk istalgan xo'jalik yurituvchi subyektning faoliyati bilan chambarchas bog'langan, muayyan xo‘jalik yurituvchi subyekt risklarining batafsil ro‘yxatini faqat tadqiqot o‘tkazish orqali tuzish mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda risklaming xilma-xil tasniflariga duch kelamiz, barchasi riskli vaziyatlar va riskli faoliyatning qaysi jihati ko‘rib chiqilayotganligiga bog‘liq. Biz qaysi ta’rifni qabul qilmaylik, risk kamida to‘rtta elementni o‘z ichiga oladi:
1. Voqeaning noaniqligi. Risk faqat voqealar rivojining ko‘p variantliligi mumkin boMgan hollarda mavjud bo'ladi. Noaniqlik shunday omiilaming mavjud bo‘lishini nazarda tutadiki, ular chog‘ida harakatlar natijalari aniqlanmaydi, ushbu omiilaming natijalarga ehtimoliy ta’siri esa noma’lum; masalan, axborotning to‘liqsizIigi yoki noaniqligi. Noaniqlik tabiatini ancha keng tasniflash mumkin, bu shu bilan bog‘liqki, xo'jalik yurituvchi subyektlar o‘zining faoliyat ko'rsatishi jarayonida bir qator omillarga tobelikni boshdan kechiradi.
2. Ehtimollik - bu, bizningcha, har qanday riskli voqeaning asosida yotuvchi ikkinchi omil. Ehtimollik - muayyan natijaga erishish imkoniyati. Voqea ehtimoli bo'lib muayyan son hisoblanadi, ushbu son qanchalik katta bo‘lsa, sodir boMishi mumkin bo‘lgan voqea shunchalik ko‘p bo‘ladi. Albatta, tez-tez sodir bo‘lib turadigan voqeaning ehtimoli ko‘proq. Shunday qilib, birinchi navbatda, ehtimollik tushunchasi voqeaning tez-tez takrorlanib turishini amaliy tushunish bilan bogliq.
3. Yo‘qotishlar. Hech bo'lmaganda bir yakun ko'pgilsiz bo‘lishi mumkin. Yo‘qotish - bu xavf-riskning amalga oshirilishi natijasida qiymatning ko‘zda tutilmagan qisqarishi.
4. Befarq emaslik. Risk o‘zi uchun ko‘pgilsiz oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslikka intiluvchi muayyan insonga yoki xo‘jalik yurituvchi subyektga taalluqli bolishi kepak. Risk tushunchasi bilan “riskli faoliyat” yoki “riskka moyil faoliyat” tushunchasi uzviy bog‘langan. Ushbu atamani ham batafsil ko‘pib chiqish lozim, chunki risk faoliyatdan, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektda kechayotgan jarayonlardan tashqapida mavjud boMmaydi. Risk xo'jalik yurituvchi subyektda amalga oshirilayotgan barcha jarayonlarda ishtirok etadi. Noaniqlik sharoitiga tushib qolgan butun xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki alohida xizmatlar rahbariyati ulaming muvaffaqiyatli amalga oshirilishi xo‘jalik yurituvchi subyektga ichkapidan va tashqapidan ta’sir etadigan ko‘plab omillarga bog'liq bolgan qarorlar qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. Bunday yondashuvni hisobga olgan holda “risk subyekti” va “risk obyekti” kabi tushunchalami ajratish mumkin. Subyekt deganda xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq yoki bu muqobil vapiantlami tanlash haqida qaror qabul qiluvchi muayyan shaxslar tushunilishi kepak. 0‘z navbatida, risk obyekti deganda uni riskli vaziyat yuzaga kelganda o'zgartirish mumkin bo‘lgan resurs tushuniladi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt, albatta, o‘zining riskii shartsharoitlariga ega boladi, lekin ulaming barchasi qandaydir fundamental umumiylikka ega. Ushbu umumiy holatga riskli vaziyatlaming umumiy qolipi mos keladi, uni aniqlab biz alohida xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki uning alohida tuzilmasi uchun risklar turkumini tahlil qilishimiz mumkin. Ushbu qolipga kiritilgan riskning har bir turi uchta o‘lchovda tavsiflanadi:
1) xavf ostida turgan qimmatlik;
2) ushbu qimmatlikning yo‘qotilishigaolib kelishi mumkin bo‘lgan xavf-risk;
3) yo‘qotishIaming moliyaviy oqibatlari.
Birinchi o‘lchov xo‘jalik yurituvchi subyektda quyidagi boyliklaming mavjud bo‘lishini nazarda tutadi: moddiy aktivlar; nomoddiy aktivlar; pul mab!ag‘lari; dapomad; xodimlar; uchinchi shaxslar oldida javobgarlikdan xolislik; xavfsizlik; mehnat munosabatlari; menejment; bozordagi mavqei.
Ikkinchi o‘lchov - ushbu yo‘qotishlami keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan sabablar:
1. Tashqi: raqobat; mintaqaviy iqtisodiy vaziyat; milliy iqtisodiy vaziyat; texnogen vaziyatlar; tabiiy kataklizmalar; ijtimoiy va siyosiy vaziyat; huquqiy normalarning takomillashmaganligi; infpatuzilmaviy islohotlar; insonlaming aniq maqsadga yo‘naltirilgan harakatlari. 2. Ichki: oneratsion-texnologik; iqtisodiy-boshqaruv; muhandislik-ilmiy; resurs.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. Tuychiev A., Qo’ziev I., Avloqulov A., Sherimbetov I., Avazov I. Audit. Darslik. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. – 620 b.
2. Qo`ziev I., Tuychiev A., Xojiev M., Yakubov M. Vnutrenniy audit. “Iqtisod-Moliya”, 2019 g. – 421 str.”
3. Do’smuratov R.D. Audit asoslari.-T.: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 2003.-612 s.
4. Audit. Darslik 1-jild. M.M.Tulaxodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.
5. Audit. Darslik 2-jild. M.M.Tulaxodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.
6. O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuni 2020 yil 5 fevral.
7. Турумова Д. Банк назоратида ички ва ташқи аудит ўтказишнинг аҳамияти //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 12. – С. 1013-1022.
8. Турумова Д. Банк кредитлари аудитини такомиллаштириш масалалари //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 10. – С. 640-645.
9. Turumova D. A. O ‘ZBEKISTONDA ICHKI NAZORAT TIZIMI–AUDITORLIK TEKSHIRUVI JARAYONINING ASOSIY ELEMENTI //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 4. – С. 608-612.
10. Avlokulov A. Z., Turumova D. A. Interpretation of Income and Expense in Accounting //International Journal on Integrated Education. – 2023. – Т. 6. – №. 3. – С. 206-209.
11. «Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi, tahlil va auditni rivojlantirishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallar toplami №12 аprel 2023 y. 331-332 b.
12. Turumova D. A., Rayimqulova M. O. AUDITORLIK TEKSHIRUVINI REJALASHTIRISH// CANADA, OTTAWA// INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION,International scientific-online conference -2023. -225 b.
13. Turumova D. A., Rayimqulova M. O. AUDITORLIK DALILLARI.// “INNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE 2023” RUSSIA 2023 COLLECTIONS OF SCIENTIFIC WORKS// Part 22 Issue 1/-51b.
14. Turumova D. A., Rayimqulova M. O. AUDITING MOLIYAVIY BOZOR UCHUN ZARURLIGI./USA/ INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM/2023.,-297b.
15.O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahriri). 2021 yil 25 fevral. O‘RQ-677-son.
Yüklə 14,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə