Autizm fransuzcha “autism” so‘zidan olingan “o‘zini” degan ma’noni anglatadi. Autizm bu miyaning (neyro) rivojlanishidagi buzulish bo‘lib


Autizmni eng ko‘p bilingan 4 turi



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#130371
1   2   3
2 mavzu .ASB psixologik hususiyatlari

Bolalar pediatri

Autizmni eng ko‘p bilingan 4 turi

Autizmni eng ko‘p bilingan 4 turi


1. Asperger sindromi;
2. Bolalarda parchalanish (dezintegratsiya)ning buzilishi;
3. Atipik autizm;
4. Rett sindromi;  
 
Mening autizmli o‘quvchim bor……
  • Maktabga yangi kelgan o‘quvchiga sinf va maktab muhitini tanishtiring.
  • Sinfdagi o‘quvchilarga ASB o‘quvchini tanishtiring, uning turli xatti-harakatlarini to‘g‘ri qabul qilishlarini tushuntiring.
  • Maktab qoidalarini birma-bir o‘rgating .
  • O‘quvchining xususiyatlarini inobatga olgan holda, diqqatini jamlash , sinfda to‘g‘ri o‘tirish va oddiy ko‘rsatmalarga rioya qilishni tushuntirish.
  • O‘quvchingizning ijobiy xatti-harakatlarini rag’batlanriib boring va agar u do‘stlariga va o‘ziga zarar yetkazadigan darajada bo‘lmasa, noo‘rin xatti-harakatlarga e'tibor bermang.
  • O‘quvchingiz bilan muloqotda iloji boricha salbiy ifodalardan foydalanmang (yo‘q, qilma, tegma …).
  • O‘quvchi faoliyati, bilimini tengdoshlari bilan taqqoslash o‘rniga, ularning individual rivojlanishini hisobga olgan holda baholang.
  • Sinfdagi shovqinni iloji boricha kamaytirishga e‘tibor bering, chunki ASB o‘quvchingizni kuchli shovqin bezovta qilishi mumkin.
  • O‘quvchinhizga ko‘nikmalarni oddiydan murakkabga tamoyilda o‘rgatish tartibiga e‘tibor bering.
  • Siz foydalanadigan jumlalar sodda va qisqa ekanligiga ishonch hosil qiling, ularni imo-ishoralar va mimika yordamida yanada tushunarli qiling. (bu maxsus o‘qituvchiga taaluqli)
  • Buday o‘quvchining bilimini nazorat qilishda xususiyatlarini hisobga olgan individual yondoshgan holda ko‘rsatmalar va savollaringiz soda va qisqa bo’lishiga e`tibor bering.
  • O‘quvchiga hayotiy ko‘nikmalarni o‘rgatishda, jismoniy harakatlar va ko‘rgazmali manba’lar, rasmlarni o‘z ichiga olgan kartochkalar va fotosuratlardan foydalangan holda hikoyalar aytib bering va o‘quvchingizdan xuddi shu tarzda aytib berishini so‘rang. (maxsus defektolog o‘qituvchiga tegishli)
  • O‘quvchingiz sinfdoshlari bilan uyg'unlashishi uchun Ijtimoiy muloqot va o‘zaro aloqalarga oson kirishiga yo‘naltirilgan tadbirlarni rejalashtiring va ularga ushbu tadbirlarda ishtirok etishlariga imkon bering.
  • O‘quvchingizni maktab xovlusi, hayvonot bog‘i va turli joylarga olib boring va ularning sinfdan tashqaridagi muhit bilan tanishishiga imkon bering.
  • Takroriy yoki salbiy xatti-harakatlarni kamaytirish uchun maxsus mashg‘ulot usullaridan foydalaning.
        • Autizmli bolalarning qobiliyatlari o‘zgacha bo‘lishi mumkin (erta o‘qish va yozish, aqliy matematik operatsiyalar va boshqalar). Tengdoshlari tomonidan qabul qilinishini ta‘minlash uchun o‘quvchining ushbu xususiyatlarini ta‘kidlang.
  • ASB o‘quvchilarni kichik guruhlarda yoki mashg‘ulotlar paytida sinfdoshlari bilan o‘ynashga undang.
  • . O‘quvchingizning mashg‘ulot vaqtida fikrini bo‘lmaslik, diqqatini jamlash maqsadida ortiqcha o‘quv materiallarni chetga olib qo‘ying, dars oxirida yoki kun oxirida ular bilan tanishishishga ruhsat bering
  • Maktab va oila hamkorligini ta'minlash, o‘quvchining yutuq va kamchiliklarini doimiy ravishda kuzatib borish maqsadida aloqa daftarlarini yuriting.
  • O‘quvchingizning yutuqlarini doim rag’batlantirib boring .
  • Maktabga moslashishda o‘quvchining atrofidagilarga uning xarakteri hozircha og’irroq, asta-sekin sizlarga o‘rganadi-deb tushuntiring.Kattalarga autizm tog‘risida ma‘limotlar berib boring
  • O‘quvchingizninga mos keladigan vazifalarni belgilang.
  • Sinfdagi harakatlaringizni so‘z bilan ifodalang. (Masalan: men doirani doskaga bo‘r bilan chizdim)


Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə