Autmatova matlubaning yosh teatr va dramma


) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik. 2) 5-sinf



Yüklə 270,86 Kb.
səhifə8/9
tarix30.12.2023
ölçüsü270,86 Kb.
#164378
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Adabiyot to`garak 68 soatli 2019-2020

1) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik.
2) 5-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
BO'RI BILAN LAYLAK
B o'rining bo'g'ziga suyak tiqilib qoldi-yu, joni ko'ziga ko'rinib,yordam ista yugurgilab qoldi. Baxtini qarangki, laylakkaduch keldi: suyakni chiqarib tashlasang, mukofotlayman, deya va'dalar berib yordam so'radi. Laylak tumshug'i-yu boshini
bo'rining bo'g'zigacha tiqib, arang suyakni chiqarib oldi-da, va'daqilingan mukofotni talab qildi. Bo'ri bunga javoban dedi: «На,azizim, bo'rining og'zidan boshing omon chiqqani kammi, yana mukofot deysan-a?!» Alqissa, ayrim badfe'l kishilar yomonlik qilmaganlarining o'ziniyoq yaxshilik qilganga yo'yadilar. Bu masalni qay bir ma'noda avvalgisining davomi ham deyish mumkin. Chunki yaxshilik qilib, suyakni olib tashlagan laylak mukofot olish o'miga bo'rining changalida qolib ketmaganiga
s hukur qilishi lozimligi hikoya qilinar ekan, yaxshilikni ham uning qadriga yetgan odamga qilish kerak, degan fikr ilgari suriladi. Yomon fe'lli, baxil odam, unga har qancha yaxshilik qilmang, og'irini yengil qilaman, yordam beraman, deb o'ylamang, baribir u sizning yaxshiligingizni bilmaydi. Bil'aks, o'zining yomonlik qilmaganini yaxshilikka yo'yadi. Bu bilan o'z tubanligini yana bir marta namoyish etadi. Ezop masallaridan insonning turli vaziyatlarda o'zini qanday tutishi lozimligi haqidagi maslahatlami anglash mumkin. Hayotda har xil sinovlar ko'p bo'ladi. Inson doim ham muvaffaqiyat qozonib, shod-u xurramlik bilan kun kechiravermaydi. Shodlik,
g'alabalar bilan bir qatorda inson turli g'am-tashvishlarga, omadsizlik
va yo'qchiliklarga tayyor bo'lib yurishi, har bir hodisagahushyor nigoh bilan qarashi lozim. Sabr-u bardoshli bo'lish,qiyinchilikka chidam, yo'qchilikka qanoat qila olgan odam hechqachon kam boimaydi. Aksincha, arzimagan tashvishdan xavotirga
tushib, o'zini o'tga-cho'g'ga urgan kishilar yo biror kasallikkachalinadi yoki yechib bo'lmas chigalliklarga duch keladi. O'zgalaroldida obro'-e'tiborini yo'qotadi. Ezopning quyidagi masali anashunday odamlar haqida.Hayvonlar haqidagi ertaklar barcha qiziqib tinglaydigan vao'qiydigan fantastik hikoyalardir. Ulardagi asosiy mazmun majoziytarzda tasvirlanadi, asar qahramonlari hayvonlar boisa-da,voqealar odamlar turmushi kabi kechadi. Hayvonlar haqidagi ertakpersonajlari - bo'ri, tulki, sher, turli parranda va hasharotlarxuddi odamlar day harakat qiladilar, gapiradilar. Bunday ertaklarda tulki - ayyorlik va munofiqlik, ayiq - go'l, laqmalik, bo'ri -
qonxo'rlik, chumchuq - chaqimchilik ramzi sifatida xayolimizda muhrlanib qolgan. Agar e'tibor bersangiz, bunday xislatlar hayvonlarda deyarli yo'q. Bo'ri, tulki yoki boshqa bir hayvon o'zoijasini qo'lga kiritish uchun epchil, chapdast, ziyrak bo'lishi
mumkin, biroq ayyorlik, tilyogiamalik, chaqimchilik qila olmaydi.Bu ko'proq hayvonlar vositasida majoziy mazmun - insonlar o'rtasidagimunosabatlarnko'rsatish uchun o'ziga xos uslub. Xalqimizdabirovning salbiy qilig'i, muomalasi hamisha ham yuzigaaytilmaydi, aniqrog'i, birovning aybini ko'rsatib tanbeh berishdanko'ra uni yomon odatlardan ogoh etish, qaytarish millatimizgaxos xususiyatdir. Bema'ni xulqli odamni yaxshi yo'lga boshlash,tarbiyaga muhtoj insonni ezgu ishlarga undashda xuddi shuhayvonlar haqidagi ertaklar, ulardagi majoziy qahramonlar (bo'ri,tulki, eshak, xo'roz kabi) qo'l keladi. «Susambil» ertagi o'zmazmuni bilan ana shunday asarlardan biridir.Bu ertak o'zbek xalq ertaklari orasida o'zining tili, tasvir jozibasi,
mavzusining muhimligi bilan ajralib turadigan asar. Avvalo,ertakda xalqimizning adolat va faro von lik hukm suradigan zamonlarhaqidagi orzulari aks etgan. Ertakda Susambil adolatqaror topgan va hamma baxtli yashaydigan afsonaviy yurt timsoli
sifatida tasvirlanadi. E'tibor bersangiz, eshakvoy yo'lda yo'ldoshbo'layotgan har bir jonivorning: «Susambil qanday joy?» - degansavoliga «Susambil - o'tning boiig'i, suvning tinig'i, unda azobuqubatyo'q, maza qilib yurasan», - deb javob beradi.
Ikkinchidan, jonivorlaming ko'zlagan maqsadlariga erishishlaridaulaming sabr-toqatli boiganliklari, mashaqqatlarga chidashganimuhim ahamiyatga ega bo'ladi. Mashaqqatlarga bardoshbergan jonivorlar jannatmakon go'sha- Susambilga yetib keladilar,shu joy da ro hat-faro g'atda umr kechiradilar.Uchinchidan, jonivorlaming o'zaro ahilliklari, birdamligi ularningtashqi dushman -bo'rilar galasi hujumidan qutqaradi. Bo'rilarpodshohi Susambilni tashlab, yetti tog'ning narigi tomoniga qochibketadi.Mazkur ertak nihoyatda ravon, xalqchil, shirali tilda yaratilgan.
Ertak boshlanishidayoq kishini o'ziga jalb etadi. Asar boshlanmasidagi
an'anaviy kirish so'z («Bor ekan-u yo'q ekan, och ekan-uto'q ekan, bo'ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg'a qaqimchiekan, chumchuq chaqimchi ekan, o'rdak sumaychi ekan, g'ozkamaychi ekan»)ni olamizmi, tabiat tasviriga bag'ishlangan o'rinlamiolamizmi yoki personajlar - eshak, ho'kiz, xo'roz, kalamushlar,
bo'rilaming suhbatidagi dialoglarni olamizmi, barchasidajozibali tasvir, xalqona mutoyibaga boy nutq kishi diqqatini tortadi,o'quvchi o'zini voqealar ichida yurgandek his etadi. Yaxshi siertakni diqqat bilan o'qib chiqing. Undan o'zingiz uchun foydalixulosalar chiqara olishingizga ishonamiz.

Yüklə 270,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə