Avestodagi iqtisodiy qarashlar



Yüklə 21,7 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü21,7 Kb.
#130450
Avestodagi iqtisodiy qarashlar


Avestodagi iqtisodiy qarashlar
“Avesto” kitobi dunyodagi eng qadimiy diniy ta’limotlaridan biri, zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas bitigidir. U Markaziy Osiyo mintaqasi, umuman, ulkan Turon hududida yashagan xalqlarning islomgacha bo‘lgan davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, an’analari, ma’naviy madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada “Avesto”dagi iqtisodiy qarashlar haqida so‘z boradi.
“Avesto”da yoshlarning kasb-hunar egallash, oila qurish va uning iqtisodiy g‘oyalari ham pishiq-puxta ishlangan iqtisodiy ta’limotlardan biri ekanligini alohida qayd etish lozim. “Avesto”dagi mulkdor bo‘lish, mulkdorlik mas’uliyati va manfaat g‘oyaasi ham, aytish mumkinki, fundamental ishlangan iqtisodiy qarashlardandir. Asarda ehtiyojlar masalasi, ularning qondirilish vositalari haqidagi qarashlar ham g‘oyat qimmatlidir. Bugungi eng dolzarb ilmiy-uslubiy masalalardan biri “Avesto”dagi ana shu va boshqa iqtisodiy fikrlarni ma’lum tizimga solish, ularni “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”, “Mehnat iqtisodi” va boshqa iqtisodiyot fanlari predmetlariga kiritish, yoshlarimizni “Avesto”dagi iqtisodiy g‘oyalar bilan tarbiyalashdir. Asarda mulkdor bo‘lish yaxshi fazilat ekanligi alohida ko‘rsatilgan. Bu fikrni quyidagi g‘oyalar tasdiqlaydi: Gap shundaki, mulkdor odam to‘q bo‘ladi, u dushmanlariga qarshi kurashganda bardosh bera oladi, yovuz kuchlarga qarshi tura oladi, ularni yenga oladi. Hatto bunday odam “o‘z hukmdori amriga mutabiq, yomonlikka qarshi bosh ko‘taradi va uni zabun aylaydi” Masalaning mohiyati shuki, mulkdor odamlar iqtisodiy jihatdan shunchaki baquvvat bo‘lmay, ayni chog‘da, ular iqtisodiy erkindir. Ular o‘z faoliyatini o‘zi mustaqil belgilaydi. Boshqalarga mute bo‘lmaydi. Mulkdor odamning qudrati shundaki, uning xarakterida mulkiy manfaat va mulkiy mas’uliyat o‘zaro uyg‘unlashadi. “Avesto”ning bu iqtisodiy g‘oyasi, keyinchalik, buyuk ajdodlarimiz tomonidan rivojlantirildi, boyitildi. Jumladan, Abu Nasr Forobiy uqtiradiki, “Mulk orttirishda unchalik xavf yo‘q, ammo uni ehtiyot qilib saqlamoq kerak. Agar boshqa birovlar hisobiga mulk orttirganlar jazolanmasalar, u holda shahar aholisidan insof va shuhrat yo‘qoladi. Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o‘z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon odat hisoblanmaydi”. Forobiy davom etib yozadiki, “odamlarn ing mulksiz bo‘lib qashshoq yashaganidan ko‘ra, mulkdor bo‘lib, boyroq bo‘lib yashagani afzalroqdir”. Ko‘rinib turibdiki, Forobiy qarashlari “Avesto” g‘oyalari bilan g‘oyat hamohangdir. Bu “Avesto” keyinchalik ilm-fan va tafakkurga qanchalik ta’sir ko‘rsatganini tasdiqlaydi.
“Avesto”ning mulkiy munosabatlar borasidagi g‘oyalari O‘zbekistonda o‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlar maqsadlari bilan hamohang ekanligini ta’kidlashni istar edik. Zero bozor iqtisodiyotiga o‘tish – to‘q va farovon yashash vositasi sifatida fuqarolarning mulkdor bo‘lishlarini taqozo etadi. Mulkdorlikning naqadar ulkan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy ahamiyatga molik masala ekanligi haqidagi bu fikrlarga biror narsa qo‘shish qiyin. Faqat shuni qayd etmoqchimizki, mulkdor odam hech narsaga befarq, loqayd qaramaydi, o‘z mulkini, Vatanini himoya qiladi, adolat uchun kurashadi, hayotga ochiq ko‘z bilan qaraydi. “Avesto” tili bilan aytganda, mulkdor odam adolatsiz hukmdorga, adolatsiz taqsimot mexanizmiga, yomonlikka qarshi bosh ko‘taradi. Mulkdor bo‘lish g‘oyasining g‘oyat chuqur falsafiy-ma’naviy mazmuni ana shunday.
O‘qing, qiziq: Qo‘qon xonligida sartarlar nima uchun soliqdan ozod etilgan?
Asardagi iqtisodiy munosabatlarning yana bir dolzarb masalasi kreditga oid fikrlardir. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanida u yoki bu iqtisodiy munosabatning, iqtisodiy kategoriyaning keng va tom ma’nodagi talqinlari e’tirof etiladi. Keng ma’noda iqtisodiy kategoriyaning kishilik jamiyatining barcha iqtisodiy davrlarga daxldorligi tushunilsa, tor ma’noda, uning ma’lum tarixiy-iqtisodiy davr sharoitiga bog‘liqligi tushuniladi. Kredit yoki qarz berish kategoriyasi ham ana shunday mazmunga ega bo‘lgan iqtisodiy munosabatlardir. Biroq, o‘zining chuqur mazmunining real iqtisodiy hayotda ro‘yobga chiqishi, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni jadallashtirib yuborishi, iqtisodiyotga yuksak o‘sish sur’atlari baxsh etishi jihatidan kredit tom ma’noda bozor iqtisodiyoti davr munosabatidir. Bugun iqtisodiy taraqqiyotning kredit tufayli amalga oshishi isbot qilingan. Chunki, umumjahon iqtisodiyoti ravnaqi ham, milliy iqtisodiyotlar rivoji ham kredit munosabatlarsiz amalga oshmasligi hech kimga sir emas.
Ayni chog‘da, kredit juda qadim tarixga ega bo‘lgan iqtisodiy kategoriya ekanligi “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”da, xususan, o‘ttiz asrga teng deb e’tirof etilayotgan “Avesto” asarida ham ko‘rsatib o‘tilgan. Buyuk ajdodlarimiz kreditdan (qarz berish) foydalanib xo‘jalik yuritganliklari bu mangu asarda o‘z ifodasini topgan. “Avesto” asari ustida olib borgan tadqiqotlarimiz ana shunday fikrga kelishimizga asos bo‘ldi. Asarni tahlil qilar ekanmiz, qadim zamonlarda ajdodlarimiz o‘rtasiga iqtisodiy faoliyat qarz berish va qarz olish bilan bog‘liq munosabatlar bo‘lganligi shubha qolmaydi.
Yüklə 21,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə