Август 2020 17-қисм



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/54
tarix17.03.2023
ölçüsü2 Mb.
#102722
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
17.Fizika matematika 2 qism

Август 2020 17-қисм
Тошкент
analiz va sintezni ishlatmasdan bo‘lmasligi o‘z-o‘zidan ayon. Mana shuning uchun ham matnli 
masalalarni yechishda odatda ikki yo‘l- analitik va sintez yo‘llar ko‘rsatiladiki, bu ikkala yo‘l 
birdek kuchga ega bo‘lib, masalalarni yechishda ikkalasi ham tatbiq etilishi mumkin.
Buning ustiga masalalar yechishda odatda bu ikkala mantiqiy metod bir vaqtda ishlatiladi. 
Analiz va sintezni birlashtirish oldimizda turgan muammoni hal etish uchun eng yaxshi usuldir. 
Hatto masalani yechishda “faqat analitik” yoki “faqat sintetik” metodlar bo‘lmaydi deyish 
mumkin, chunki fikrlashda sintez bilan analiz bir-biridan ajralmaydi. Ayniqsa qiyin masalalarning 
shartlarini qisqacha yozish juda zarur. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, eng yaxshi o‘quvchilar, hattoki 
o‘qituvchilarning o‘zlari ham, qiyin masalarni yechishda masalalarni yechishda shartlarni 
qisqacha yozishdan foydalanadilar.
1-masala. Vagonga 196 dona qarag‘ay va archa xodalari ortilgan bo‘lib, ularning umumiy 
og‘irligi 58,8 t. Bir dona qarag‘ay xodaning og‘irligi 0,28 t, archaniki esa 0,35 t bo‘lsa, har qaysi 
xil xodadan nechtadan ortilgan bo‘ladi? Bu masalani yechish uchun maxsus usul talab etiladi.
Izoxlab yechish. Vagonga faqat qarag‘ay xodalar ortilgan deb faraz qilamiz. Bu holda hamma 
xodalarning og‘irligini toppish uchun 0,28 t ni 196 ga ko‘paytirish kerak bo‘ladi;
0,28 196 54,88( )
t

=
hosil qilingan o‘girlik masala shartida berilgan og‘irlikdan kam. Bu og‘irliklarning ayirmasini 
topamiz:
58,8 54,88 3,92( )
t

=
.
Bu farq archa xodalarini qaraga’y xodalariga almashtirish natijasida hosil bo‘ldi. Bir dona 
qarag‘ay xoda og‘irligi bilan bir dona archa xoda og‘irliginning farqini topamiz:
0,35 0,28 0,07( )
t

=
Har bir archa xodani qarag‘ay xodaga almashtirish natijasida biz ham bir xodaning ogirligining 
0,07 t va umumiy og‘irlikning esa 3,92 t kamaytirganimiz uchun, archa xodani soni:
3,92:0,07 56(
)
dona
=
Qarag‘ay xodalar soni: 196-56=140 (dona). Yechish quyidagi munosabat orqali amalga 
oshiriladi:
58,8 0,28 196 56
0,35 0,28


=

(archa xoda). 2-masala. Hamma yerning 68% i shudgor qilindi. 
Haydalmay qolgan yer shudgorlangan maydondan 54 ga kam. Hamma yerning
4 /15
qismiga 
bug‘doy, qolganiga makkajo‘xori ekilmoqchi.Necha gektar maydonga makkajo‘xori ekiladi? 
Shartni tahlil qilish. Masalaning asosiy savoliga javob berish uchun hamma yerning kattaligini 
bilishimiz kerak. Masala shartida hamma yerning bir qismini ko‘rsatuvchi bitta son 54 ga berilgan. 
Bu son hamma maydonnning qanday qismini tashkil etganini bilsak, javob uchun kerakli ma’lumot 
aniq bo‘ladi. 54 ga haydalgan va haydalmagan maydonlarning ayirmasidir. Masalani yechishni 
xuddi shu ayirmani hamma yerning protsenti hisobida aniqlashdan boshlaymiz. 
Izohlab yechish:
Hamma maydonni 1 yoki 100% deb olamiz.
1) Hamma yerning necha foizi hali haydalmagan? 
100%-68%=32%
2) Haydalgan va haydalmagan maydonlar ayirmasi foizi hisobida qancha foizi bo‘ladi?
68%-32%=36%
hamma yerning 36% i 54 ga (shartga ko‘ra)
36%=0,36
3) Hamma yer necha gektar bo‘ladi?
54:0,36=5400:36=150 (ga)
4) Hamma yerning qanday qismiga makkajo‘xori ekilmoqchi?
4 11
1
15 15

=
5) 
Hamma yerning necha gektariga makkajo‘xori ekilmoqchi?
11 150 11
150
110( )
15
15
ga


=
=
Javob: 110 (ga) 


44

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə