Avtonomlashuv-(avtova homus (yunon)-qonun) o’z-o’zini boshqarish va tartibga solish imkoniyatini qo’lga kiritish. Adaptatsiya



Yüklə 63 Kb.
səhifə10/12
tarix06.05.2023
ölçüsü63 Kb.
#108808
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
GLOSSARIY

Submadaniyat-muayyan insonlar guruhining hayot tarziga ta’sir qiluvchi ijtimoiy psixologik belgilar (norma, qadriyat, steriotip, did) majmuasi.
Tabiatsimonlik-bola tarbiyasi, ta’limi va ijtimoiylashuvi bola rivojlanishining qonunlari asosida qurilishi lozim.
Tavakkal guruhi oilalari-voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning qonunuiy vakillari bolalarni tarbiyalashdagi o’z majburiyatlarini bajarmayotgan va bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan oilalar.
Tarbiyaning qiyin kechishi-pedagogik ta’sirlarni o’zlashtirish xohishi yoki qobiliyatining mavjud bo’lmasligi darajasi.
Ta’limning qiyin kechishi-turli ruhiy pedagogik va ijtimoiy-madaniy sabablar tufayli yuzaga kelgan o’zlashtirishning past ko’rsatkichi o’quv ko’nikma va malakalarning yo’qligi rivojlanishning uyg’un kelmasligining u yoki bu darajasi.
Tayanch shaxs-insonning asosiy hayotiy intilishlarini belgilab beruvchi tabiiy qolipdir. Tayanch intilishlar hammada bir hil bo’ladi, biroq ularning namoyon bo’lishi genetik va tashqi omillarga bog’liq bo’ladi.
Tibbiy-ijtimoiy yordam-ta’li-tarbiya jarayonida sog’likni tiklash yoki mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Uyg’un hayot tarzi-inson tomonidan ongli ravishda tuziladigan adaptativ zarur faoliyat turlari va qiziqishlar bo’lib, ular jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va ma’naviy salomatlikni ta’minlashga yordam berishadi. Uyg’unlik insonning dinamik holati bo’lib, uni bir maromda ushlab turish uchun uzluksiz harakatni talab qiladi. Uyg’un hayot tarziyanada kengroq tushuncha inson uyg’unligining tarkibiy qismi bo’lib, u tushuncha intilish, imkoniyatlar darajasining insonlar, atrof-muhit bilan kelishishining optimal munosabatlari bilan aniqlanadi.
SHaxslararo munosabatlar-ommaviy ijtimoiypsixologik hodisalar bo’lib, bir guruhda bo’lgan va birgalikdagifaoliyat hamda muloqot jarayonida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda namoyon bo’ladi.

Yüklə 63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə