Axborot matnlar bilan ishlash va media madaniyat


Axborot resurslari va axborot tizimlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə5/10
tarix11.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#146016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Karimov K

Axborot resurslari va axborot tizimlari

  • O‘zbekiston Respublikasining 2003- yil 11- dekabrdagi 560–II sonli «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan axborot resurslari va tizimlariga quyidagicha ta’rif berish mumkin.

  • Axborot resurslari – alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to‘plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to‘plamlaridir.

  • Ommaviy axborot – bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar kiradi.

  • Axborot tizimi – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.

  • Axborotning salbiy va ijobiy ta’siri. Axborotning ijobiy tomo ni shundan iboratki, o‘z vaqtida olingan to‘g‘ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To‘g‘ri, sifatli axborot insonlar, ayniqsa, yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lish imkonini beradi, zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘lur.

  • Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim G‘arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjud. Ayniqsa, bunday ma’lumotlar Internet tarmog‘i orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bo‘lgan nojo‘ya axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni noto‘g‘ri yo‘llarga boshlashi mumkin.

  • Bunday holatlarning oldini olish uchun har doim axborotdan o‘rinli va to‘g‘ri foydalanishga odatlanishimiz zarur.


  • Yüklə 0,99 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə