49
Ochiq kalitli kriptotizim mohiyati har bir foydalanuvchi
uchun birini bilgan
holda ikkinchisini topish, yechilishi murakkab bo‗lgan masala bilan bog‗liq kalitlar
juftligini yaratishdan iborat. Bu juftlikni tashkil etuvchi kalitlardan biri ochiq
(oshkora), ikkinchisi maxfiy (shaxsiy) deb e‘lon qilinadi. Ochiq kalit oshkora e‘lon
qilinadi, maxfiy kalit faqat uning egasigagina ma‘lum bo‗ladi. Biror
foydalanuvchining ochiq kalitini bilgan holda uning maxfiy kalitini topishning
amaliy
jihatdan mumkin emasligi, yechilishi murakkab bo‗lgan masalaning hal
etilishini talab qilishi bilan kafolatlanadi. Ochiq ma‘lumot, shu ma‘lumotni olishi
kerak bo‗lgan foydalanuvchining ochiq kaliti bilan shifrlanib unga uzatiladi.
Shifrlangan ma‘lumotni olgan foydalanuvchi faqat uning o‗ziga ma‘lum bo‗lgan
maxfiy kalit bilan uni deshifrlab, ochiq ma‘umotga ega bo‗ladi.
Ochiq kalitli kriptotizimlar algoritmlari ularning asosini tashkil etuvchi bir
tomonli funksiyalar bilan farqlanadi. Ammo har qanday
bir tomonli funksiya ham
ochiq kalitli kriptotizimlar yaratish uchun va ulardan amaldagi ahborotlar tizimida
mahfiy aloqa xizmatini o‗rnatish algoritmini qurish uchun qulaylik tug‗dirmaydi.
Bir tomonli funksiyalarni aniqlanish ta‘rifida nazariy jihatdan teskarisi mavjud
bo‗lmagan funksiyalar emas balki, berilgan funksiyaga teskari bo‗lgan funksiyaning
qiymatlarini hisoblash amaliy jihatdan maqsadga muvofiq bo‗lmagan funksiyalar
tushiniladi. Shuning uchun ma‘lumotning ishonchli muhofazasini ta‘minlovchi ochiq
kalitli kriptotizimlarga muhim bo‗lgan quyidagi talablar qo‗yiladi [5]:
1.
Dastlabki ochiq ma‘lumotni shifrma‘lumot ko‗rinishiga o‗tkazish birtomonli
jarayon va shifrlash kaliti bilan shifrma‘lumotni ochish-deshifrlash mumkin
emas, ya‘ni shifrlash kalitini bilish shifrma‘lumotnideshifrlash
uchun yetarli
emas.
2.
Ochiq kalitning ma‘lumligiga asoslanib, mahfiy kalitni zamonaviy fan va
texnika yutuqlari yordamida aniqlash uchun bo‗ladigan sarf-harajatlar hamda
vaqt maqsadga muvofiq emas. Bunda, shifrni ochish uchun bajarilishi kerak
bo‗ladigan eng kam miqdordagi amallar sonini aniqlash muhimdir.
Mavjud nosimmetrik kriptotizimlar bardoshliligini ta‘minlashga asos bo‗lgan
murakkab muammo (masala) turi bo‗yicha quyidagicha tasniflanadi (1.1-jadval)
•
faktorlash muammosining murakkabligiga asoslangan kriptotizimlar;
•
diskret logarifm muammosining murakkabligiga asoslangan kriptotizimlar;
•
elliptik egri chiziqda diskret logarifm
muammosining murakkabligiga
asoslangan kriptotizimlar;
boshqa muammolarga asoslangan kriptotizimlar.
Dostları ilə paylaş: