Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to


§ 2. Davlat inspeksiyasi markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi



Yüklə 458,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix28.11.2023
ölçüsü458,46 Kb.
#133991
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
§ 2. Davlat inspeksiyasi markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
16. Davlat inspeksiyasining markaziy apparati o„ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni 
amalga oshirish uchun Davlat inspeksiyasining huquqlari bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga 
ham ega:
1) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni 
tarqatish sohasida faoliyat ko„rsatuvchi va normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, 
standartlar talablari va ular tomonidan ko„rsatiladigan xizmatlar sifati, respublika hududida 
foydalaniladigan 
telekommunikatsiya 
vositalari, 
radioelektron 
vositalar 
va 
yuqori 
chastotali 
qurilmalar radionurlanishlari parametrlarining muntazam ravishda buzilishiga yo„l qo„yayotgan 
xo„jalik yurituvchi subyektlarning ayrim qurilmalari va texnologik uchastkalari ishini aniqlangan 
kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to„xtatish to„g„risida qaror chiqarish; 
2) radionurlanishlar normasi va parametrlari buzilganda, shu jumladan televideniye va 
radioeshittirish dasturlarini qabul qilishda to„sqinlik qilishga olib kelgan holatlarda radioelektron 
vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga berilgan ruxsatnomalarning amal 
qilishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgungacha 10 kundan ko„p bo„lmagan muddatga 
to„xtatib qo„yish; 
3) litsenziya bitimlarining talab va shartlari buzilganligi uchun litsenziyalarning amal 
qilishini tugatish va to„xtatib turish, ularni bekor qilish to„g„risida O„zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish; 
4) aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, mualliflik huquqlari 
sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim 
etilgan hujjatlardagi ma‟lumotlarning ishonchliligini tekshirish; 
5) 
hududiy 
inspeksiyalardan 
Davlat 
inspeksiyasining 
markaziy apparatida ko„rib 
chiqiladigan masalalarni, shuningdek, normativ hujjatlar loyihalarini tahlil qilish va o„rganish uchun 
zarur bo„lgan materiallar va ma‟lumotlarni so„rash va olish;
6) zarur bo„lganda, Davlat inspeksiyasida ko„rib chiqiladigan masalalarni o„rganish, 
axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun 
hududiy inspeksiyalar rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va 
ishchi guruhlar tuzish; 
7) hududiy inspeksiyalardan ular tomonidan kiritilgan normativ hujjatlar loyihalari qayta 
ishlab chiqilishini talab qilish, zarur bo„lganda, ularni puxtalashtirish uchun qaytarish
8) hududiy inspeksiyalar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig„ilishlar o„tkazish; 
9) hududiy inspeksiyalarga Davlat inspeksiyasiga yuklangan hamda tezkor hal etishni talab 
etadigan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog„liq masalalar bo„yicha belgilangan tartibda 
topshiriqlar berish; 
10) 
hududiy 
inspeksiyalar 
normativ-huquqiy 
hujjatlar, 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining topshiriqlari, shuningdek, Davlat inspeksiyasi va uning rahbariyati hujjatlari hamda 
topshiriqlarini bajarish bo„yicha faoliyatini belgilangan tartibda o„rganish hamda tekshirish; 
11) 
aloqa, 
axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
fonogrammalar, 
audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi qonun 
hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari buzilishlari bilan bog„liq materiallarni vakolatli 
organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish.
Davlat inspeksiyasining markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga 
ham ega bo„lishi mumkin. 
17. Davlat inspeksiyasining markaziy apparati quyidagilar uchun mas‟ul: 
1) hududiy inspeksiyalar bilan birgalikda Davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va 
funksiyalarning sifatli va o„z vaqtida bajarilishini, taqdim etiladigan tahliliy hujjatlarning xolisligini 
va kompleksliligini ta‟minlash; 


2) Davlat inspeksiyasi tomonidan kiritiladigan, shuningdek, o„zi tomonidan qabul 
qilinadigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan o„tkazish; 
3) markaziy apparat va hududiy inspeksiyalar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va 
telekommunikatsiya texnologiyalari, fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni 
tarqatish sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlar va davlat standartlariga rioya qilinishini 
nazorat qilish bo„yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo„l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar 
amalga oshirilishini tashkil qilish; 
4) markaziy apparat va hududiy inspeksiyalar xodimlari rezervini shakllantirish. 

Yüklə 458,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə