Axborot tizimlari


xalq xo’jaligi tarmog’i sifatida



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/155
tarix19.12.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#153610
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   155
Axborot-tizimlari

xalq xo’jaligi tarmog’i sifatida
kompyuter texnikasi, dasturiy 
mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini 
ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan xo’jalik yuritishning turli shakllaridagi 
korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo’ladi. Informatikaning 
ishlab 
chiqarish tarmog’i sifatida
gi o’ziga xosligi va ahamiyati shundaki, xalq 
xo’jaligining boshqa tarmoqlari mehnat samaradorligi ko’p jihatdan unga bog’liqdir. 
Bundan tashqari, bu tarmoqlar me’yorida rivojlanishi uchun informatikaning 
o’zida mehnat samaradorligi ancha yuqori sur’atlarda o’sib borishi lozim, chunki 
hozirgi davrda jamiyatda axborot ko’proq so’nggi iste’mol predmeti sifatida 
namoyon bo’lmokda: odamlarga dunyoda ro’y berayotgan voqealar, ularning kasbiy 
faoliyatiga doir predmet va hodisalar, fan va jamiyatning rivojlanishi haqida axborot 
zarur.
Informatika 
fundamental fan sifatida
kompyuter axborot tizimlari negizida 
istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo 
etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. SHunday fikr ham 
mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri — axborot tizimlari nima, ular qanday 
o’rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo’lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun 
qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. 
Evropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarni ajratib 
ko’rsatish 
mumkin: 
tarmoq 
tuzilmasini 
ishlab 
chiqish, 
kompyuterli 
integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, 
ijtimoiy sug’urta va atrof muhit informatikasi, professional axborot tizimlari. 


42 
Informatika 
Texnik vositalar 
Dasturiy vositalar 
Algoritmli vositalar 
3.1-rasm.
 
Informatikaning tarmoq, fan, amaliy fan sohalari sifatida tuzilishi 
Informatikada fundamental tadqiqotlar maqsadi istalgan axborot tizimlari 
haqida umumlashtirilgan axborotni olish, ularning qurilishi va ishlashining umumiy 
qonuniyatlarini aniqlashdir. 
Informatika amaliy fan
 
sohasi sifatida quyidagilar bilan shug’ullanadi: 
Texnik 
vosita- 
larni 
ishlab 
chiqish 
Dasturiy 
vosita- 
larni 
ishlab 
chiqish 
Axborotn
qayta 
ishlash 
texnologi
yalarini 
ishlab 
chiqish 
Axborot 
ta’minoti
ni 
yaratish 
uslubiyoti 
Axborot 
tizimlari 
va 
texnologi
yalarini 
nazariyasi 
Axborot 
jarayonlar
idagi 
qonuniyat
larni 
o’rganish 
Kommuni
katsiya 
axborot 
modellari
ni 
o’rganish 
Axborot 
tizimlari 
va 
texnologi
yalarini 
qayta 
ishlash 
Ishlab chiqarish 
soxalari 
Fundamental fan 
Amaliy fan 
soxalari 


43 
a) axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o’rganish (axborotni yig’ish, qayta 
ishlash, tarqatish); 
b) inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsion — axborot modellarni 
yaratish; 
v) aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va 
ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni va hokazolarni 
loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash. 
Demak, informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash, uslub va vositalarni 
ishlab chiqish va axborotni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini tashkil etish, 
ulardan foydalanishni ishlab chiqishdir. 
Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish; 

axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar negizida axborotni 
qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyani yaratish; 

jamiyat 
hayotining 
barcha 
sohalarida 
kompyuter 
texnikasi 
va 
texnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini 
yaratash, tatbiq etish va ta’minlashni hal etish. 
Informatika o’z-o’zicha mavjud bo’lmay, balki boshqa sohalardagi 
muammolarni hal etish uchun yangi axborot texnika va texnologayalarini yaratishga 
qaratilgan kompleks ilmiy — texnik sohadir. U boshqa eohalar, hatto jarayonlar va 
hodisalar noformallashuvi tufayli miqdoriy uslublarni qo’llash mumkin emas deb 
hisoblanadigan sohalarga ham tadqiqot uslub va vositalarini takdim etadi. 
Informatikada kompyuter texnikasi sharofati tufayli amaliy ro’yobga chiqishi 
mumkin bo’lgan matematik modellash uslublarining hal qilinishini alohida ajratib 
ko’rsatish lozim. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə