Axborot xavfsizligi


Viruslar bilan kurashuvchi ba'zi programmalar (antiviruslar)



Yüklə 343,5 Kb.
səhifə3/12
tarix15.06.2023
ölçüsü343,5 Kb.
#117426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
FOYDALI MANBALAR

Viruslar bilan kurashuvchi ba'zi programmalar (antiviruslar)
Antiviruslarni quyidagicha guruhlash mumkin:

  • detektor va doktor-viruslar bilan zararlangan fayllar va zararlantiruvchi virus turini aniqlaydigan programmalar (Aids, doktor Web, Virus Scan, NU VS). Bu turdagi antiviruslar fayllarda viruslarning bayt kombinatsiyalari mavjudligini tekshirib, mos bo`lgan axborotni ekranga chiqarib beradi. Ba'zi detektor programmalar viruslarning yangi turlariga moslasha oladi, buning uchun shu viruslarga mos bo`lgan baytlar kombinatsiyasini belgilab berish kerak. Doktorning vazifasi zararlangan fayllar va disk sohalarini tekshirib, ularni dastlabki holatiga qaytarishdir. Tiklanmagan fayllar, odatda, ishlatib bo`lmaydigan holga tushadi yoki yo`q qilib yuboriladi.

  • vaksina programmalar yoki immunizatorlar disk yoki programmalarni shunday o`zgartiradiki, bu narsa programmalarning ishida namoyon bo`lmaydi, lekin vaksinatsiya ishlatilganda virus programma va disklarni zararlagan deb hisoblaydi.

Windows lar uchun Doctor Web Bu programma 32 bitli Windows turkumidagi operatsion sistemalar uchun mo`ljallangan bo`lib, qisqacha DrWeb32W deb ataladi.
DrWeb32W funksional jihatdan DOS ning DrWeb antivirusiga o`xshash. Lekin DrWeb ning 4.0 versiyasidan boshlab antivirus programma ishlashining arxitekturasi va algoritmiga sezilarli o`zgartirishlar kiritilgan. Bu esa o`z navbatida yangi antiviruslar yaratilishiga asos bo`ldi. DrWeb 4.0 antivirusining asosiy yangiligi modul prinsiplarining qo`llanilganidir, ya'ni viruslar bazasi alohida faylda tashkil etilgan bo`lib, u asosiy programma ishga tushgandan so`ng qo`shimcha fayl sifatida yuklanadi. Natijada operativ xotira yetishmovchiligining oldi olinadi. DrWeb32 antivirus programmasida programma biror muhitda (masalan, Windows 95/98/NT) ishlaydigan qobiq programma va muhitga bog`liq bo`lmagan yadrodan tashkil topadi. Programmalarni bunday tashkil etish quyidagi afzalliklarga ega:

  • bitta virus bazasining faylidan DOS ning DrWeb programmasi uchun ham, Windows 95/98/NT, OS/2, Novell Netware uchun ham foydalanish mumkin;

  • programmaning yadrosini boshqa qobiq programmalar va amaliy dasturlarga ulash mumkin;

  • qobiq programmalar, yadrolar va virus bazalarini Internet tarmog`i orqali avtomatik kengaytirish hamda yangilash imkonini beradi.

  • DrWeb32 ning yana boshqa yangiliklaridan biri uning test qilinadigan obyektlarni ixtiyoriy diskdagi kataloglar ro`yxatidan (hatto alohida fayllarni ham) tanlash imkoniyatining mavjudligidir.


Yüklə 343,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə