Axborot xizmati faoliyati haqida Jamoatchilik bilan aloqalar (PR) fani uchun


AXBOROT XIZMATI FAOLIYATIDA OSHKORALIK



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#137899
1   2   3
Axborot xizmati

AXBOROT XIZMATI FAOLIYATIDA OSHKORALIK
Huquqiy demokratik davlat siyosatida oshkoralik va so‘z erkinligi g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Ular har qanday mamlakat taraqqiyotining asosiy omili hisoblanadi. Mustaqil taraqqiyot yo‘lidan dadil borayotgan yurtimizda ham zamonaviy boshqaruvning turli jabhalarida, shuningdek, turli tashkilot va muassasalar rahbarlari ma’naviy dunyosida oshkoralikning o‘rni beqiyosdir. Demokratiyaga oshkoraliksiz erishib bo‘lmasligini hayotning o‘zi isbotlagan. Demokratiya huquqiy poydevoriga ega bo‘lgani kabi oshkoralikning ham qonuniy asoslari yaratilishi, u davlat siyosatida o‘z ifodasini topishi zarur. O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan buyon yurtimiz taraqqiyot bosqichida demokratiya va oshkoralik alohida o‘rin egallayotganini esa qator qonunlar va hukumat qarorlari misolida ko‘rishimiz mumkin.
Oshkoralik o‘zi nima, degan savolga muxtasar javob, ya’ni, bu atamaning ta’rifi, mazmun-mohiyati, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy faoliyatidagi o‘rni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»ning 6-jildida shunday bayon etilgan: «Oshkoralik – demokratiyaning zarur sharti; jamoatchilikka muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatiga oid barcha ma’lumot, xabarlarni bilish, muhokama va nazorat etish uchun ro‘yi-rost e’lon qilish. Turli darajadagi rahbarlarning jamoatchilik bilan erkin muloqotlari, savol-javoblari va bunda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, senzuraga yo‘l qo‘yilmaslik oshkoralikni ta’minlashga xizmat qiladi»
AXBOROT XIZMATINI TASHKIL ETISHDA NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI
Tashkilotda Axborot xizmatini tashkil ilmiy tashkil etish samarali bo‘ladi. Buning uchun avalo uning quyidagi bazasini yaratish zarur:
Birinchisi, “Axborot xizmatining Nizomi” ishlab chiqilishi va ishni shu Nizom asosida tashkil etish zarur. Tashkilot binosida Axborot xizmati uchun alohida xonalar ajratilishi va ularda stol-stullar, boshqa zarur jihozlar bilan bir qatorda faksli telefon, kompyuter (printer va skaneri bilan), televizor, radio, video, videokamera, diktofon va boshqa ashyolar bo‘lishi zarur. (Qaysiki tashkilotning Axborot xizmati boshqa binoda joylashgan bo‘lsa, u kutilgan darajada faoliyat ko‘rsata olmaydi).
Ikkinchisi, Axborot xizmatiga ushbu ixtisoslikka ega bo‘lgan kadrlar ishga qabul qilinishi maqsadga muvofiqdir. Jumladan, jurnalistikadan bexabar, tahririyat, axborot agentliklari, radio va televideniye ishini tushunmaydigan shaxs axborot xizmatida faoliyat ko‘rsata olmaydi. Ayni paytda PR nazariyasi va amaliyotini puxta bilgan jurnalist Axborot xizmati faoliyatini rivojlantirishga samarali hissa qo‘shishi mumkin.
Uchinchisi, Axborot xizmati xodimlari respublikamiz yetakchi gazeta-jurnallarini muntazam kuzatib borish imkoniga ega bo‘lishi lozim. Bu borada tashkilotga obuna yo‘li bilan keladigan nashrlarning taxlamlari iloji boricha Axborot xizmati xonasida turishi maqsadga muvofiqdir.
Axborot xizmati rahbari – tashkilot rahbarining matbuot kotibi hisoblanadi. U barcha masalalarda tashkilot rahbari bilan bevosita muloqot qilib, bu sohada uning maslahatchisi bo‘lib xizmat qiladi.
Matbuot kotibi tashkilotning axborot xavfsizligini ta’minlashga mas’uldir. U matbuot anjumanlarida, brifinglarda hamda OAV vakillari bilan suhbatlarda tashkilot rahbari nomidan gapirishi, turli savollarga javob berishi, axborot tarqatishi, raddiya berishi mumkin. Bu ishlarning barchasi tashkilot rahbari bilan kelishilgan holda qilinishi shart.
Axborot xizmatini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini har bir vazirlik, idora va muassasa o‘zining tegishli Nizomi va boshqa normativ hujjatlari asosida hal etadi. Faqat, uni tashkil etish va faoliyatini takomillashtirishda nazariy manbalarga, ilg‘or tajribalarga tayangan holda ish tutish maqsadga muvofiqdir.
Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə