Axloqiy madaniyat va qadriyatlar



Yüklə 60,48 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü60,48 Kb.
#182945
Axloqiy madaniyat va qadriyatlar


Axloqiy madaniyat va qadriyatlar
Axloqiy madaniyat. Madaniyat taraqqiyoti tarixida inson
madaniyati avvalo uning axloqiy madaniyati bilan belgilanganligini kuzatish mumkin. Modomiki, axloqiy madaniyatda madaniy
taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, shu bilan birga, ayni uning
o‘ziga xos xususiyatlari gavdalanar ekan, ularni madaniyat falsafasi negizida qarab chiqish mantiqan to‘g‘ri boladi. Axloqiy madaniyat madaniyat turlari ichida keng qamrovliligi bilan
ajralib turadi. Axloqiy madaniyat jamiyat a’zolari tomonidan axloqiy tushuncha, tamoyil me’yorlar, ideallarni o‘zlashtirish asosida axloqiy kamolotga yetishishdir. Axloqiy madaniyat shaxsning
jamiyat axloqiy tajribalarini egallash va ulardan o‘z tajribalarida
foydalanish, o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish singari
jihatlarni qamrab oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining
belgisi hisoblanadi hamda davlat va jamiyatdagi axloqiy darajani
yuksaltirishga xizmat qiladi. Darhaqiqat, shaxsni mas’uliyatli,
siyosiy jihatdan idrokli, axloqan pok va ma’naviy barkamol
bolishida axloqiy madaniyatning ahamiyati katta bolib, u inson
faoliyatining barcha soha va tarmoqlari bilan bogliqdir.
Muomala madaniyati va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati. Axloqiy madaniyatning muomala odobi, etiket, kasbiy odob kabi
tarkibiy qismlari mavjud bolib inson hayoti, faoliyatida muhim
ahamiyat kasb etadi. Muomala madaniyati axloqiy madaniyatning tarkibiy qismidir.
«Muomala» iborasi ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha
sohalarida insonning kundalik faoliyatida hamda insonlararo
munosabatlarga nisbatan bevosita yoki bilvosita qollaniladi.
Muomala madaniyati keng ma’noda insonning butun hayoti
va faoliyati davomida tarbiyalanadigan jarayon bolib, u oilada,
jamiyatda, jamoada shakllanadi. Muomala madaniyati insonning ijodiy kuchi va aqliy qobiliyati, tafakkur salohiyati va dunyoqarashining muayyan darajasi hisoblanadi. Muomalaning
«madaniyat» atamasi bilan bogliqligi ham uning ma’naviy hayot
sohasiga daxldorligidadir. Muomala — bu insonlar o‘rtasidagi
aloqalarning paydo bolishi va rivojlanishi hamda ularning hayotfaoliyatidagi ehtiyojning murakkab jarayoni bolib, o‘zga kishilar
bilan ma’lumot almashish, ularni tushunish va idrok etishning
hamkorlikdagi strategiyasidir.
Muomala madaniyatida xushfe’llik, xushmuomalalik, hayoibolilik, beozorlik, shirinso‘zlik, ochiqko‘ngillik singari axloqiy
me’yorlar muhim sanaladi.
Muomala odobi boshqa kishilarning qadr-qimmatini, izzatini
joyiga qo‘yish bolib, ko‘pchilik oldida bir kishiga aytiladigan gap
boshqalarni noqulay ahvolga solib qo‘yadi. So‘zlash va tinglay
bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatini
tashkil etadi.
Asosiy axloqiy qadriyatlar. Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga
ega bolib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va
rivojlanib boradi. Qadriyatlar kishilarning turli sohalardagi, avvalo, ishlab chiqarishi, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda
keltiradigan narsa va hodisalar majmuyi bilan bogliq holda yuzaga keladi.
Axloqiy qadriyatlar esa har bir kishi, millat, elat, xalqning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-madaniy, kundalik maishiy turmush faoliyatida nisbatan turg‘un, barqarorlik kasb etib, o‘zligini
bildirib, namoyon etib nihoyatda qadrlanadigan, ardoqlanadigan
yuksak darajada shakllangan axloqiy sifat va fazilatlardan iborat.
Axloqiy qadriyatlarga insonparvarlik, jamoatchilik, adolat,
qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, ochiq ko‘ngillik va mardlik, saxiylik va muruwatlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat, samimiylik, sabr-qanoat, hayolilik va pokizalik, homiylik
va saxovat, fidoyilik, sadoqat, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik,
sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi.
Axloqiy qadriyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Axloqiy qadriyatlarning mazmuniga ko'ra burch, or-nomus,
vijdon, qadr-qimmat, sabr-qanoat, kamtarlik, sobitqadamlik,
rostgo‘ylik va hokazolarga; shakliga ko‘ra esa ijobiy yoki salbiy,
ya’ni yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxtsizlik, hayo va behayolik kabilarga ajratish mumkin.
2. Axloqiy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko‘ra: — shaxsiy axloqiy qadriyatlar — kasbiy burchni bajarish, sevgisiga sadoqatli bo‘lish, halol rizq topish, so‘zining ustidan chiqish,
oila sha’nini saqlash, haromdan hazar qilish;
— milliy axloqiy qadriyatlar — mehmondo‘stlik, kattalarga nisbatan hurmat, saxovat, homiylik, ota-onani e’zozlash, bolajonlik
va hokazolar;
— mintaqaviy axloqiy qadriyatlar — do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, o‘zaro hurmat va boshqalar;
— umuminsoniy axloqiy qadriyatlar — insonparvarlik, adolatparvarlik, vatanparvarlik, o‘zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik
kabi turkumlarga bolish mumkin.
3. Axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga ko‘ra:
— axloqiy ongda barqaror shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar: jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgan kodekslar, normalar, tamoyillar, mafkuraviy g‘oyalar. Masalan, «Harbiy qasamyod», «Shifokor qasamyodi», «Ichki ishlar
idoralari xodimlarining kasb odobnomasi» va h.k;
— axloqiy amaliyotda bevosita qollaniladigan axloqiy qadriyatlar: yaxshilik yoki yomonlik, adolat yoki razolatdan iborat
maqsadni ko'zlab, uni amalga oshirishning ixtiyoriylik yoki majburlash vositalarini qollab pirovard natijaga olib keluvchi qadriyatlar;
— axloqiy munosabatlar tufayli zohir boladigan axloqiy qadriyatlar: burch, shartni bajarish, halollik, saxiylik, kamtarlik, uddaburonlik, tadbirkorlik, kelishuvchanlik, murosa va hokazolarga
ajratish mumkin.
Yangi axloqiy qadriyatlar yuzaga kelishi 0 ‘zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda axloqiy qadriyatlar barcha fuqarolarni, millati, dini, tili,
irqidan qat’i nazar o‘zbek xalqi o‘zining milliy axloqiy qadriyatlari - sabr-qanoat, jamoatchilik, o‘zaro yordam, saxovat, tinchlikni ardoqlash, shukronalik kabi axloqiy fazilatlarini namoyish
qilish orqali tinch-totuv yashashga chorlaydi va uni ta’minlaydi.
Qadriyatlar tizimida diniy qadriyatlar ham muhim o‘rin tutadi
va ular axloq, axloqiy qadriyatlar bilan uzviy bogliq. Diniy qadriyatlarning mavjudligi diniy ta’limotlarga asoslansa-da uningrivojlanishi jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy taraqqiyoti bilan mustahkam bog‘langan. Ular xalqimizning
turmush tarzi va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Mustaqillik yillarida buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy
merosini tadqiq etish, asarlarini nashr qilish, yubileylarini nishonlash mamlakatimizda odat tusiga kirib, millatimizning har
tomonlama uyg‘onib, kamol topishiga keng imkoniyat yaratmoqda. Xususan, islom falsafasi asarlarini, diniy ulamo va allomalarning merosini nashr qilish, o‘rganish, targ‘ib etish xalqimizni islomiy qadriyatlardan bahramand qilishga katta yo‘l ochdi.
Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi. Kasb etikasi
(odob-axloqi) — odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan
o‘zaro munosabatlarning axloqiy yig‘indisidir. Tarixda kasb odobining shakllanishi qadimga borib taqaladi. Ilk kasbiy-ma’naviy
talablami qadimgi Misrda paydo bolgan «Pxatotep o‘gitlarida»
uchratish mumkin. Ushbu pandnomada mehnat orqali boylik va
yuqori mavqega erishish uchun o‘z vazifasini vijdonan bajarish
lozimligi ta’kidlangan. Shuningdek, Qadimgi Yunonistonda paydo bolgan Gjppokrat qasami ham kasb odobi kodeksi zaruriyati,
unga ehtiyoj avvaldan bolganligi, birinchi navbatda, u kasbiy
faoliyatni axloqiy jihatdan izga solish, ma’lum qoidalar doirasida
ish yuritish, turli murakkab holat va vaziyatlarda kasbiy-insoniy
nuqtayi nazarlardan to‘g‘ri xatti-harakat qilish mezonlarini yaratish, Shuningdek, kasblarning jamiyatdagi o‘rni, mavqei, salohiyatini mustahkamlash maqsadida paydo bolganidan dalolat
beradi.
Sharqda ham kasb odobi masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Husayn Voiz Koshiflyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asari
beshinchi bobining o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi
fasllari turli kasb egalari odobiga baglshlangan. Masalan, o‘n
to‘rtinchi fasl «Kasb-ког va savdo-tijorat odobi haqida» deb nomlanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli odobi qonun-qoidalarini bayon etadi. ««Bilgilkim, hamma kasblarga
birday taalluqli qisqacha qoida-adablar mavjud, Shuningdek, har
bir kasb uchun alohida odob ham bor. Agar barcha kasblar uchunzaruriy odoblar xulosasi nechta, deb so‘rasalar, sakkizta deb aytgil: o‘z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‘dan pok saqlasin;
rizq-ro‘zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug‘ullansin,
kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin; kasbni obro‘ olish,
yaxshi nom chiqarishning sababi, deb bilsin; moli harom odamlar (amaldorlar, poraxo‘rlar, qaroqchilar, o‘g‘rilar, qimorbozlar,
kazzob do‘kondorlar) bilan muomala qilmasin...»1.
Koshifiy sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmatkorlar) odobi, maddohlar odobi singari masalalarda ham xuddi
shunday asosli fikrlar bildiradi. Sotishning sakkiz odobi, sotib
olishning o‘n ikki odobi borligini bayon etadi. Sotish odobi haqida
xaridorga muloyim gapirish, dag‘allik qilmaslik, olchovdan, ya’ni
tarozidan urmaslik, xaridorni aldamaslik kabilarni aytib oladi.
Sotib olish odobida esa molni halol pulga sotib olish, qalbaki,
soxta pul bermaslik, sotuvchiga qo‘pol gapirmaslikni ta’kidlab
o‘tadi2. Kasbiy odobning barcha uchun birdek taalluqli hisoblanmagan, balki muayyan kasb-kor egalarigagina mansub bolgan
ijtimoiy xulq-atvor qoidalari, me’yorlari mavjuddir. «Kasb odobi»
atamasi «kishilar o‘rtasidagi kasb faoliyati bilan bogliq munosabatlarga ma’rifiy tus beradigan xulq-atvor kodeksidir»3.
Kasb axloqi kasb odobiga nisbatan keng tushuncha. Chunki kasb odobi kasb axloqi tarkibiga kirib unga shaxs xulq-atvori
asos bolsa, kasb axloqi xulq-atvor bilan birgalikda, umuminsoniy
axloqiy kasbiy me’yorlarga asoslanadi. Kasbiy axloq insonning
kasbiy burchlari o‘z kasbiga bolgan munosabatini belgilaydigan
axloqiy me’yorlar majmuyi bolib, u kishilarni u yoki bu kasbga
mansubligiga qarab birlashtiradi.
Masalan, rahbarlikning axloqiy jihatlari borasida ta’kidlash
joizki, bu boradagi kasb odobi qonun-qoidalari faqat kabinetlarda
emas, balki, xalq bilan muloqot jarayonida shakllanadi. Rahbar
xodimlar faoliyatidagi kamchilik sifatida 0 ‘zbekiston PrezidentiSh.Mirziyoyev «Ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma’lum darajada uzilib qolmoqda», —
deya ta’kidlagani bejiz emas1. Zero, kasbiy omilkorlik, o‘z ishini
yaxshi bilish, qaysi kasbdan qat’i nazar axloqiy me’yorlarning ibtidosidir. Kasb odobi me’yorlarining mazmuni, ularning amaliyligi
u yoki bu masalalarni yechishda yordam beradi.
Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari. Tibbiy tarbiya har doim ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan
bolib kelgan. Chunki u inson mavjudligining shartlaridan biri
jismoniy soglomligi bilan bevosita bogliqdir. Shuning uchun qadimdan ham insonning jismoniy jihatdan sog‘lig‘i, mehnat, tozalik, ozodalik bilan bogliqlikda qaralgan. Bu xususda bebaho
qadriyatlarimizdan biri «Avesto» kitobida ham to‘xtalib o‘tilgan.
Ya’ni naslning, zurriyodning soglom bolishi borasida bundan
3000 yil ilgari ajdodlarimiz qayg‘urishgan.
Fan-texnika taraqqiyoti, aholi sonining ortib borishi, jamiyatning tabiatga ta’sirini kuchaytirib, ekologik vaziyatni murakkablashtirmoqda. Shunga ko‘ra, ekologik muvozanatni barqarorlashtirish hozirgi davrning eng muhim muammolaridan biriga
aylandi. Zero., tabiat insoniyat uchun bebaho qadriyatdir. Inson
tabiat bilan birga yashaydi. U tabiatga ta’sir etibgina qolmasdan,
unga bogliq hamdir. Ana shu holat kishilarning atrof-muhitga,
tabiatga bolgan munosabatlarini muvofiqlashtirishni taqozo etadi.
Bugungi kunda fan-texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanib, inson va tabiat o‘rtasidagi tabiiy muvozanat buzilayotganligi oqibatida atrof-muhitga katta ziyon yetkazilmoqda. Ona tabiatga istiqbolni ko‘zlab munosabatda bolish, kelajak avlodga uni go‘zal
va tabiiyligicha qoldirish — bugungi kunning muhim vazifasi.
Markaziy Osiyo hududidagi xalqlar, shu jumladan, o‘zbek
xalqi orasida avloddan avlodga o‘tib kelgan bir qoida mavjud. Bu
har qanday sharoitda ham: eng kam miqdorda xomashyo, vaqtSh.Mirziyoyev «Ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma’lum darajada uzilib qolmoqda», —
deya ta’kidlagani bejiz emas1. Zero, kasbiy omilkorlik, o‘z ishini
yaxshi bilish, qaysi kasbdan qat’i nazar axloqiy me’yorlarning ibtidosidir. Kasb odobi me’yorlarining mazmuni, ularning amaliyligi
u yoki bu masalalarni yechishda yordam beradi.
Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari. Tibbiy tarbiya har doim ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan
bolib kelgan. Chunki u inson mavjudligining shartlaridan biri
jismoniy soglomligi bilan bevosita bogliqdir. Shuning uchun qadimdan ham insonning jismoniy jihatdan sog‘lig‘i, mehnat, tozalik, ozodalik bilan bogliqlikda qaralgan. Bu xususda bebaho
qadriyatlarimizdan biri «Avesto» kitobida ham to‘xtalib o‘tilgan.
Ya’ni naslning, zurriyodning soglom bolishi borasida bundan
3000 yil ilgari ajdodlarimiz qayg‘urishgan.
Fan-texnika taraqqiyoti, aholi sonining ortib borishi, jamiyatning tabiatga ta’sirini kuchaytirib, ekologik vaziyatni murakkablashtirmoqda. Shunga ko‘ra, ekologik muvozanatni barqarorlashtirish hozirgi davrning eng muhim muammolaridan biriga
aylandi. Zero., tabiat insoniyat uchun bebaho qadriyatdir. Inson
tabiat bilan birga yashaydi. U tabiatga ta’sir etibgina qolmasdan,
unga bogliq hamdir. Ana shu holat kishilarning atrof-muhitga,
tabiatga bolgan munosabatlarini muvofiqlashtirishni taqozo etadi.
Bugungi kunda fan-texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanib, inson va tabiat o‘rtasidagi tabiiy muvozanat buzilayotganligi oqibatida atrof-muhitga katta ziyon yetkazilmoqda. Ona tabiatga istiqbolni ko‘zlab munosabatda bolish, kelajak avlodga uni go‘zal
va tabiiyligicha qoldirish — bugungi kunning muhim vazifasi.
Markaziy Osiyo hududidagi xalqlar, shu jumladan, o‘zbek
xalqi orasida avloddan avlodga o‘tib kelgan bir qoida mavjud. Bu
har qanday sharoitda ham: eng kam miqdorda xomashyo, vaqt(jumladan, iqtisod, siyosat, madaniyat sohalarida) davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishiga
xizmat kundan-kunga kengayib va rang baranglashib bormoqda.
Shu bilan birga dunyoda barcha odamlar ham ezgu niyatlar bilan
ish olib boradi, deyish qiyin. Ba’zilar buzg‘unchi kuchlar uchun
jahonda yagona axborot maydonining vujudga kelishi ham bunda
«ayni muddao» bo‘ldi. Ular zudlik bilan bu qudratli vositani ham
o‘z qabih niyatlari yolida ishga solish harakatiga tushdilar.
Taraqqiyotga tahdidning zamonaviy ko‘rinishlaridan biri bu
«Ommaviy madaniyat» bolib, u o‘tgan asrning ikkinchi yarmida
G'arbda «pop kultura» nomi bilan vujudga kelgan. Uning asosiy
maqsadi insonning ma’naviy yuksalishiga to‘sqinlik qilish, milliy madaniyatlar chegarasini buzib, bir xillikni o‘rnatishdan iboratdir. U millat, ma’naviyat, qadriyat kabi tushunchalarni inson
ongidan butunlay o‘chirib tashlab, manqurtga aylangan olomonni
shakllantiradi. Bugungi kunda «ommaviy madaniyat» G ‘arb dunyosidagi madaniy hayotni izdan chiqarib, oila, nikoh, axloq bilan
bogliq qadriyatlarga putur yetkazgan holda butun olamga giyohvandlik, gomoseksualizm, SPID, egoizm, sadizm kabi illatlarni
tarqatmoqda. Bu kabi illatlarni o‘zida mujassam etgan «ommaviy
madaniyat» gfoballashuv sharoitidagi axborotning shiddatli oqimidan foydalanib, milliy madaniyatlar qiyofasini o‘zgartirishga va
xalqlar turmush tarzini yaqinlashuviga sabab bolmoqda. Bir so‘z
bilan aytganda «ommaviy madaniyat» dunyoda bir xillikni shakllantirmoqda. Inson hayotida bir xillik zerikarli va mazmunsiz
yashashga olib keladi.
Globallashuvning eng dolzarb bolgan madaniyatlararo munosabatlardagi bu tendensiyalari bizning davrimizda ziddiyat
ko‘rinishini kasb etmoqda. Ana shunday «madaniy qarash»lardan
biri kosmopolitizm (yun. kosmorolites — dunyo, olam, dunyo
fuqarosi) bolib, bu oqim tarafdorlari yagona dunyo, universalizm g‘oyasini ilgari suradilar. «Yagona dunyo erkin fuqarosi»ning
bu g‘oyasi go‘yoki har qanday millat va mamlakat manfaatlaridan ustun turadi. Ularning qarashlariga ko‘ra hech qanday millat
yoki mamlakat yo‘q, hamma bir xil dunyo xalqlaridir. Bu g‘oya
ham «Ommaviy madaniyat»ning ko‘rinishlaridan biridir. Milliy madaniyatimiz har doim tahdidlarga uchrab kelgan.
XX asrgacha gegemonlikni istagan bosqinchi kuchlarning qarshiligiga uchrab kelgan bo‘lsa, endilikda mafkuraviy qurol birlamchi
bo‘lgan global zamonamizda hudud tanlangan qator muammolar
tahdid solmoqda. Bu muammolar madaniy chegaralarni buzib,
milliy birliklarga ba’zan oshkora, ba’zan esa yashirin ravishda
o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. «Ommaviy madaniyat»
millat va xalq tanlamaydi. Shu bois ko‘p millatli 0 ‘zbekiston
xalqi uning har qanday shakllariga yo‘l bermasdan yagona milliy
mafkura atrofida birlashishi maqsadga muvofiqdir.
Yuksak axloqni tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy
ta’siri. XX asrda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida biosfera
ichida noosfera, ya’ni texnikaviy muhit paydo bo‘ldi, insoniyat
«tabiat-jamiyat-inson-texnika» munosabatlari uyg‘unligining
yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu tarixiy davr o‘z
real imkoniyatlari, obyektiv taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat
oldiga turli muammolarni qo‘ymoqda. Texnika qudrati oshgan
sayin unga moslashish, u bilan hamkorlik ham murakkablashib
bormoqda. Avtomatlashtirilgan aqlli mashina bilan hamkorlik
jarayonida ularga bo'lgan munosabat o‘zgarib bormoqda. Yaqin-yaqingacha inson texnikani nazorat qilardi, ammo u murakkablashib borgan sayin ishlash prinsipini tushunish qiyinlashib,
harakatlarini bilish murakkab bo‘lib bormoqda. Kompyuter, mobil telefonlar paydo bolganidan buyon inson jahldor va asabiy
bo‘lib borayotgani tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlanmoqda.
Texnik taraqqiyotni, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini to‘xtatish,
inkor etish mumkin emas. Shunday ekan, texnogen sivilizatsiyada
inson texnogen madaniyat-fan amaliyoti, texnikaning yangidanyangi shakllari, ularni ishlata bilish uquvi va mahoratiga ega
bo‘lishi taqozo etiladi. Ayni paytda inson ma’naviyatining substansiyasi, ijodiy kuch quvvati va o‘z o‘rnida har bir inson ijodiy
quvvatining in’ikosi bo‘lgan mehnatda texnikaning o‘m i va ahamiyati ortib borayotgani barchaga ma’lum.
Texnika rivojining ko‘p yillik tarixi bizni ng texnik bilimlarimiz, ixtirochilik, konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson ehtiyojlari, yashash muhiti rivojiga muvofiq doimiy mukammallashibborishini ko‘rsatmoqda. «Inson va mashina» munosabatlari tobora yangicha mazmun kasb etib bormoqda. Ammo har qanday rivojlangan texnika ham ijtimoiy masalalarni insonsiz hal
eta olmaydi. Mamlakat taraqqiyoti taqdirini texnikaviy bilimi,
hozirgi zamonning murakkab texnologiyalarini egallash bilan
birga ma’naviy jihatdan yetuk, barkamol odamlar hal qiladi.
Bioetika — amaliy etikaning nazariy asosi. Texnik va texnologik
jihatdan rivojlangan zamonda ilm-fan rivoji jamiyatning barcha
sohalariga ta’sir etib qolmasdan iloj yo‘q. Taraqqiyot biokimyo,
biofizika, bioetika kabi yangi fanlarni yuzaga keltirdi. «Hozirgi zamon fanida bioetika tirik mavjudotlar shu bilan birga, insonga ham bo‘lgan munosabatlarning axloqiy regulyativi deb
qaraladi. Bioetikani maqsadlaridan biri shaxsni turli holatlarga
solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti-harakati ruhiyatini
o‘zgartirish mumkin bo‘lgan, uning ustidan o‘tkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab chiqadi»1.
«Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog shifokor, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911—2001) ilmiy muomalaga kiritdi. «Bioetika» atamasini Potter «Bioetika —
kelajakka ko‘prik» deb atalgan mumtoz kitobida birinchi marta
qollagan. Potterning asosiy g‘oyasi yer yuzida hayotni saqlab
qolish muammolarini hal qilish uchun gumanitar fanlar va biologiya fanining sa’y-harakatlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Potterning fikriga ko‘ra, bioetika insoniyatning yashab qolishini ta’minlash va butun kishilik jamiyatining sog‘liqni saqlash
uchun tibbiyot etikasi bilan atrof-muhit etikasi (ekoetika)ni jahon
miqyosida birlashtiruvchi ko'prik bo‘lishi lozim.
«Bioetika» tushunchasi insonning butun tiriklikka munosabatini ko‘rib chiqadigan masalalar sohasini nazarda tutadi. Biologiya
va tibbiyot sohasidagi bilimlarning taraqqiyoti, tibbiyot yangi imkoniyatlarining rivojlanishi an’anaviy etika ilgari duch kelmagan
muammolarni keltirib chiqardi. Amalda bioetika amaliy etikaga
aylandi va asosiy e’tiborni amaliy tibbiyotning axloqiy muammolariga qaratdi. Bugungi kunda zamonaviy bioetikaning eftanaziya, klonlashtirish, abort bilan bog‘liq muammolari mavjud.
Yaratuvchanlik va bunyodkorlik fazilati Alloh yaratgan barcha jonzotlar ichida eng mukarrami hisoblangan insonga ko‘proq
berilgan. Ba’zida esa fazilatni o‘rnini o‘ziga bog‘liq holda
buzg‘unchilik illati egallab oladi. Bu holat individ darajasidan
inson darajasiga shakllanayotgan ona qornidagi bolaga nisbatan
ayolni o‘ziga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan holatlarda homilaning
rivojlanishini sun’iy yo‘l bilan to‘xtatish (abort) bilan bog'liq holatlar tibbiy axloqiy muammo sifatida bugungi kunda juda ham ko‘p
uchrab turadi. Masalan, «Yevropada uchta mamlakat Shimoliy
Irlandiya, Malta va Irlandiya Respublikasida abort taqiqlangan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, abortlar soni tug'ilishlar sonidan
kam emas. Ba’zi mamlakatlarda esa qayd etilgan abortlar soni
tug‘ilishlardan ko‘p. Rossiyada ba’zi tug‘ruqxonalar abort miqdorining keskin ortishi tufayli ruhoniyga yordam so‘rab murojaat
qilishgan. Hatto shifokorlar ayollarga operatsiyadan oldin rohib
bilan suhbatlashishni shart qilib qo‘yishmoqda. Shuning ta’sirida
abortdan voz kechganlar soni ortgani ta’kidlanmoqda»1.
Bioetika tadqiqotlar sohasi, ijtimoiy munozaralar va axloqiy
qarorlar qabul qilish maydoni sifatida mamlakatimizda o‘zining
dastlabki qadamlarini tashlamoqda. Jahonning ko‘pgina atoqli
mutafakkirlari insoniyat yangi ming yillikda yashab qolishi uchun
vayronkor an’analar va ajralishdan yangi umumbashariy dunyoqarashga yo‘l topishi zarurligini ko‘rsatmoqda. Ulaming mazkur qarashlari Xalqaro Insonparvarlik Akademiyasi tomonidan
2000-yilda chiqarilgan insonparvarlik manifestida aks ettirildi.
Unda quyidagi so'zlar bor: «Yangi dunyoqarash inson huquqlarini
himoya qilishi, insonning erkinligi va qadr-qimmatini yanada
oshirishi, Shuningdek, bizning butun insoniyat oldidagi majburiyatlarimizni qayd etishi lozim».
Yüklə 60,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə