Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni


Inson resurslarini shakllantirish sohasi kadrlari



Yüklə 394,76 Kb.
səhifə47/84
tarix23.09.2023
ölçüsü394,76 Kb.
#122908
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p-www.hozir.org

7.4. Inson resurslarini shakllantirish sohasi kadrlari
Ko‘rib chiqilayotgan guruhning asosiy qismini o‘qituvchilar tashkil qiladi. Ularga turli konsultantlar va kutubxona, muzey xodimlari qo'shiladi. Jamiyat resurslari sarfming katta qismi ta’lim sohasidagi barcha o‘quvchilar mehnatidan iborat, amalda bu mehnat asosiy sarflanadigan komponent va natija sifati omilidir, boshqa moddiy va nomoddiy (o‘qituvchilar mehnati) resurslar esa qo‘shimcha va xizmat ko'rsatish rolini o'ynaydi va o‘quvchilar mehnati unumdorligini oshirish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Mamlakatning ma’naviy salohiyatini oshirishda eng kam sonli guruh asosiy ahamiyatga ega. U adabiyot arboblari, madaniyat va san’at xodimlaridan iborat.
Ularning faoliyati, jamiyat rivojlanishiga har tomonlama ijtimoiy-gumanitar ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqorida ko'rsatilgan faoliyat turlarining iqtisodiy natijasi — bilimlar, ko‘nikmalar va malaka fondiga hamda aholi ishchi kuchining shaxsiy sifatlariga uzoq muddat samara berishga qo‘shgan hissasidir.
Ma’naviy va estetik yutuqlarda o‘z aksini topgan inson faoliyati natijalari iqtisodiy rivojlanish uchun tobora muhim bo‘lib bormoqda. Institutsional yo‘nalish liderlaridan biri D.Gelbreyt bu hodisaning iste’mol jihatiga alohida urg’u beradi: «Ilmiy va texnik muvaffaqiyatlar inson qoniqishining yakuniy chegarasi deb o‘ylashga asos yo‘q. Iste’mol o‘sishi bilan ma’lum bir vaqtda go‘zallikka intilish ustun kelishini kutish mumkin. Badiiy yutuqlardan bahra olish imkoniyati ko‘rinadigan chegaraga ega emas, ular texnik taraqqiyot yaratgan imkoniyatlardan ancha yuqori».
Amalda ma’naviy jarayon nafaqat iste’mol sohasini, balki ishlab chiqarish sohasini ham o‘z ichiga oladi. Mehnatni mazmunan boyitish sharoitida eruditsiya, intelligentlik, ishbilarmonlik, adolat, insof hamda shaxsiy xislatlar (saxiylik,
insonparvarlik, yuqori did, tezkorlik) ishlab chiqarish uchun tobora muhim boiib bormoqda va insonlar ishlab chiqarish faoliyati motivatsiyasining cheksiz manbaini shakllantirmoqda.
Milliy iqtisodiyot tarkibida tibbiyot, ta’lim, ijtimoiy xizmat ko'rsatish kabi sohalar salmog’ining o'sishi hamda ijtimoiy va gumanitar fanlarning ahamiyati ortishi bilan mamlakat m a’naviy va intellektual salohiyatining muhimligi yaqqol namoyon bo'ladi.
Hozirda intellektual va ma’naviy salohiyat o'sishiga o'z hissasini qo'shayotgan shaxslarning ishlari natijalari xalq ommasi va firmalarga tekinga kelmoqda.
D.Gelbreyt madaniyatning tashkiliy ko'rinishlarini kapitalistik bozor atamalarida quyidagicha ifodalaydi: «Rassmomlar, haykaltaroshlar, pianistlar, yozuvchilar va musiqachilar va ularning guruhlari firma sifatida faoliyat yuritib, katta kompaniyalarga o'zlari uchun bozor topib berishni so'rab murojaat qiladilar». Agar insonning har tom onlam a rivojlanishi firm alarning raqobatbardoshligi va daromadliligiga ta’sir qilsa yoki «ikki tizim musobaqasi»
vositasi bo'lsa (AQSH - Sobiq Ittifoq) bu tarmoqning yaratilishi davlat tomonidan rag’batlantiriladi.(26)



Yüklə 394,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə