Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni


Malakali kadrlar tayyorlash tizimining tarkibi va maqsadi



Yüklə 394,76 Kb.
səhifə63/84
tarix23.09.2023
ölçüsü394,76 Kb.
#122908
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p-www.hozir.org

9.3.Malakali kadrlar tayyorlash tizimining tarkibi va maqsadi
Respublikamiz tashkilotlarida yuqori unumli mehnat talab etiladi. Mehnatning samaradorligi pasaymasligi, aksincha, doimiy o‘sib borishi karak. Tashkilotda bunday holatga asosan uchta yoi bilan erishiladi: a) kadrlarni tanlash; b) kadrlarni almashtirish; v) kadrlarning malakasini oshirish.
Kadrlarni o‘qitish va malakasini oshirish tashkilot manfaatlariga mos keladigan vazifalami hal etishga imkon beradi. Bunda mehnat sifati hamda mehnat

109

samaradorligi oshadi, inson manfaatlari bo'yicha esa o‘z imkoniyatlarini namoyon etish va yashash sifatini oshirish imkoni tug’iladi. Xodim mehnat


bozorida yanada raqobatbardoshroq bo'ladi.
Kadrlarni o'qitish, odatda, quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
  • shaxs tashkilotga qabul qilinayotganda;


  • yangi mansabga, ishga tayilanayotganda, vakolat hajmi o‘zgarayotganda;


  • xodimning o‘ziga yuklatilgan qator majburiyatlami sifatsiz bajarayotganligi aniqlanganda;


  • texnologiya va asbob-uskunalar o‘zgarganda;- faoliyat o'zgarganda.


Ta’lim olish, yuqorida ta’kidlanganidek, mehnat unumdorligi oshishiga yordam beradi. Bu esa, albatta, tadbirkorlar uchun manfaatli holat. AQSHda, masalan, ishchi kuchi sifatining oshirilishi real milliy daromad 14% ga o'sishiga olib kelganligi aniqlangan.


Ishchi kuchi sifatining yaqqol ko‘rsatkichi ma’lumot darajasi va ishlab chiqarish tajribasi hisoblanadi. Taqqoslash uchun AQSHda ishchi kuchining ma’lumot darajasini keltirish mumkin. Bunda ishchilaming beshdan to‘rt qismi minimum o‘rta ma’lumotga ega. Ulardan 22%i tugallanmagan oliy va oliy ma’lumotli, 6%i boshlang’ich ma’lumotli. Ta’lim olish AQSH aholisining keng qatlamlari uchun imkoniyat darajasida bo‘lib bormoqda. Kadrlarga ta’lim berish mamlakatda iqtisodiyot o‘sishining muhim omilidir.
Inson kapitaliga investitsiya qilish deganda, odatda, malakaviy qobiliyat, demakki, mehnat unumdorligining ham oshishiga yo‘naltirilgan har qanday harakat tushuniladi. Inson kapitaliga investitsiya uch shaklga ega. Birinchi shakl - bu, ta’lim olishga xarajatlar. Ikkinchi shakl — ish qobiliyati va mehnat unumdorligini ta’minlaydigan sog’liqni saqlashga qilinadigan xarajatlar. Uchinchi
shakl - ishchi kuchini unumi past yerlardan unumi yuqori yerlarga ko'chirishga, ya’ni harakatchanlikka qilinadigan xarajatlar.
O'qitish — ta’lim berishning bir turidir. Ta’lim berish esa, shunday bir jarayonki, unda insonga qadriyat, mahorat va bilim beriladi. Ta’lim berish — bu, insonlarni hayotda qobiliyatlariga mos holda taqsimlash usullaridan biridir. M a’lumot darajasi inson rivojlanishi indeksini tashkil etadigan uch ko‘rsatkichning biridir, qolganlarini esa o'rtacha umr ko‘rish va aholi jon boshiga
tushadigan daromad tashkil etadi.
Kadrlarni o'qitishni tashkil etish — personal bo‘limining muhim vazifasidir. Ishga qabul qilish vaqtida o'qitishdan maqsad — qabul qilinuvchi hodimni tashkilotda tezroq ish sharoitlariga ko'niktirish, qisqa vaqt ichida xodimdan maksimal qaytim olish uchun sharoit yaratishdir. Odatda, o‘qitish kadrlar xizmati yoki lining buyurtmasi bo‘yicha maslahatchi firmalar, maslahatchilar tomonidan ishlab chiqiladigan ma’lum bir dastur bo‘yicha amalga oshiriladi. Korxonada o‘qitish borasidagi faoliyati o‘qitish turlari bo‘yicha olib boriladi. (26)
Ta’kidlash kerakki, o‘qitish bevosita korxonaning o‘zida, uning o‘z kuchi
110
ustun har tomonlama puxta tayyorlanishga imkon beradi, ammo anchagina xarajatni talab etadi. Bunda xodim ishdan ajralgan holda o‘qiydi.
Ish joyidan tashqarida o'qitish barcha toifalardagi xodimlarga, ammo ko'proq rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilarga mos keladi.
Korxona (firma)ning o‘qitish sohasidagi faoliyati:
=> ishlovchilarni talabga javob beradigan darajada, ish joyi (lavozimi) talablariga mos holda tayyorlashga;
=> ishlovchilardan bandlik va samaradorlikning dastlabki sharti harakatchanligini shakllantirish uchun sharoit yaratishga;
=> rag’batlantirishni shakllantirish va mehnatdan qoniqishni hosil qilish shartlaridan hisoblangan xizmatda (mansabga) ko‘tarilish uchun imkon yaratishga qaratilgan.
Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish - ishchi kuchining talab va taklifmi muvozanatga keltirishda muhim bo‘g’in hisoblanadi.
Bozor sharoitida ishlovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bir tomondan, ishlab chiqarishda ishchi kuchiga boMgan talabning o‘zgarishini darhol ilg’ab olish, ikkinchi tomondan, ishlovchilarga o'zlarining manfaatlariga mos keladigan malaka olishga imkoniyatlar yaratishi lozim. Aynan shunday sharoitda kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining egiluvchanlikka (harakatchanlikka), o‘z mazmuni, usullari, ishlab chiqarish ehtiyojlariga va mehnat bozoridagi holatga mos tashkiliy shakllarini tezda o'zgartirish qobiliyatini kuchaytirish zarurati tug’ildi,
Korxonaning personalni boshqarish tizimi oldida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida quyidagi vazifalar turadi:
=> malakali kadrlarni shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish;
=> alohida o'qitish turlari bo'yicha kadrlarni o'qitish bo'yicha ehtiyojni aniqlash;
=> kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish shakl va usullarini to‘g’ri tanlash;
=> o'qitish sifatining muhim sharti sifatida o‘quv jarayonining dasturiy- uslubiy va moddiy-texnikaviy ta’minotini tanlash;
=> barcha shakldagi o'qitish turlarini moliyalashtirish uchun mablag’ izlab topish.
Ushbu vazifalarni bajarish orqali korxonada ishlab chiqarishni malakali kadrlar bilan ta’miniash masalasini hal etish mumkin.
Tashkilotda xodimning muvaffaqiyatga erishishi komponentlarini quyidagicha ifoda etish mumkin (69).
Mahorat - vazifani bajarishga qobiliyat, xohish esa, vazifani bajarishga tayyorlikning dastlabki bosqichidir.
112
umumta’lim, shuningdek, oliy ta’lim tizimlarini tubdan isloh qilishga kirishdi.
Oliy o‘quv yurtlarida tala'oalar tayyorlash fan va texnika, iqtisodiyot, ishlab chiqarish va boshqa sohalarning oldindan aniqlangan ehtiyojiga qarab
tashkil qilinmagan edi. Shuning uchun ham o‘quv yurtlarini bitirib chiqayotgan yoshlar olgan mutaxassisligi zamon talablariga javob bermaydi.
0 ‘tish davriga xos bo'lgan byudjet taqchilligi sharoitida ta’lim tizimini rivojlantirish, yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etish, ulaming moddiy-texnika bazasi va ilmiy-pedagogik salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari qabul qilindi.
Jumladan, 1997yil avgust oyida 0 ‘zbekiston Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim to‘g’risida»gi Q‘zbekiston Respublikasining Qonuni va Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi bunga misol bo'ladi. 0 ‘zbekistonda ta’lim tizimini isloh qilishning hal qiluvchi ustuvor jihatlari barcha darajalarda ta’lim olish uchun hammaga teng imkoniyat yaratish, shuningdek, zamonaviy talablarga muvofiq bo‘lgan ta’lim sifatiga erishish uchun shart-sharoit yaratishdir19.
Ma’lumki, so‘nggi yillarga qadar respublika ilmiy-pedagogik va ilmiy- texnikaviy salohiyatining aksariyat qismi Toshkent shahrida yaratilgan va mujassamlashtirilgan edi. Bu holat mintaqalar bilan markazning ijtimoiy-siyosiy
va madaniy-ma’rifiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi tafovutga salbiy ta’sirini ko‘rsatmasligi mutlaqo mumkin emasdi. Shuni e’tiborga olib, viloyatlar markazida tashkil etilgan universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlari endilikda mintaqalardagi ilmiy-texnik va madaniy markazlarga aylanib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 62 ta universitet va institutlar mavjud. Ularda 164 ming nafar talabaga dars berayotgan professor-o‘qituvchilaming 52 foizi fan doktorlari va fan nomzodlaridir. Bu hoi 0 ‘zbekistonda oliy ta’lim siyosatining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganidan dalolat beradi. Bu esa respublikani inson resurslari
yuqori darajada rivojlangan, iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlar bilan bir qatorga olib chiqadi, mamlakatimizda 15 va undan katta yoshdagi har 1000 kishiga hisoblaganda oliy va to‘liqsiz oliy ma’lumotlilar soni ancha ortdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq bepul o‘rta umumiy va hunar ta’limi amalga oshirilmoqda. Respublikada fuqarolar oliy va o‘rta maxsus ma’lumot olishlariga sarflanayotgan xarajatlarning 90 foizidan ortig’i davlat hisobidan qoplanayotir.

  1. ‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida jahonga tanilishi, bozor iqtisodiyotiga o‘tib borishi kadrlar tayyorlashga yangicha talablar qo‘ymoqda. Bugungi kunda kollejlar, litseylar, gimnaziyalar, kasblar bo‘yicha pulli kurslar tarmoqlari, o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtlari, tijorat maktablari, xorijiy tillarni o‘rganish kurslari, repititorlik va boshqalar rivojlanmoqda. Ayni paytda respublikada o‘quv yurtlarining keng tarmog’i vujudga keltirilgan bo‘lib, 59 ta 19 I5MT ништацаккмГтда<ту)>и. Нисонтаракнистпт^лррнсндямаъруза. «Узбскисгон», 2005. oliy o‘quv yurti, 258 ta o‘rta maxsus o‘quv yurti ishlab turibdi, shulardan 75 tasi kollejlar. Ixtisoslashtirilgan oliy va o‘rta o‘quv yurtlarida 360 mingdan ortiq talaba o'qimoqda va malaka egallamoqda. (75)





Yüklə 394,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə