Aylanma korpusli tuproqqa ishlov berish mashinalari


Pluglar traktorlarga taqilishiga ko’ra



Yüklə 83,93 Kb.
səhifə3/4
tarix27.12.2023
ölçüsü83,93 Kb.
#162656
1   2   3   4
AYLANMA KORPUSLI TUPROQQA ISHLOV BERISH MASHINALARI

Pluglar traktorlarga taqilishiga ko’ra o’rnatma (osma), tirkama, yarim o’rnatma, yarim tirkama.
Pluglar korpuslar soniga ko’ra bir korpusli va ko'p korpusliga bo'linadi.
Pluglarning pushta (vsval) va ariqcha (razval) hosil qilib haydaydigan va tekis haydaydigan turlari mavjud.
Pluglarning asosiy ishchi organi korpuslarga ko’ra bir necha xil bo’lishi mumkin: lemexli ag’dargichli korpusli, rotorli ag’dargichli, ag’dargichsizn korpusli, bir, ikki, uch yarusli korpusli pluglar.
Plugning asosiy ish organlari korpus, chimqirqar, pichoq va tuproq chuqurlatkichlardan iborat.
Korpus tuzilishiga ko’ra ag'dargichli, ag'dargichsiz, kesuvchi, ko’mib ketuvchi, diskli hamda rotorli turlariga bo’linadi. Korpus tayanchga mahkamlangan lemex, ag'dargich va dala taxtasidan iborat. Ba'zi korpuslarda tuproqlarning to'liq ag'darish uchun ag'dargichga uzaytirgich yoki burchak keskich ulanadi.
Ish vaqtda korpus lemexning tigi va dala taxtasining ketingi ostgi sirti egat tubiga tegib sirpanadi. Dala taxtasi lemex va ag'dargichga ta'sir etuvchi tuproq bosimidan hosil bo’ladigan yonaki kuchlarga aks ta'sir ko’rsatib, tayyanchni burilib ketishdan saqlaydi, Umumiy ishlarga mo’ljallangan pluglarga qamrash kengligi 25, 30, 35 sm, maxsus pluglarga esa 45, 50, 60, 70 va 100 sm bo’lgan korpuslar o’rnatiladi.
Ish yuzasining shakliga qarab ag'dargichlar silindrsimon, madaniy, vintli va yarim vintli bo’ladi, Mamlakatimizda asosan madaniy va yarim vintli ag'dargichlar ishlatiladi.
Ag'dargichsiz korpus shamol eroziyasiga uchraydigan erlarning tuproq qatlamini ag'darmay chuqur haydash-yumshatish uchun ishlatiladi. Bunday haydashda tuproq qatlami ag’darilmasdan yaxshi yumshaydi.
Iskanali korpus og'ir tuproqli va yumshoq erlarni shudgorlashda ishlatiladi. Iskananing tuproqga sanchiladigan uchi lemexdan 2-3 sm oldinga chiqib turadi va korpusni tuproqga kirishini ta'minlaydi, shuningdek lemexni toshlarga duch kelganda sinishidan saqlaydi. Korpus lemex, ag'dargich, dala taxtasi va stoykadan iborat. Korpus harakatlanganida lemex er qatlamini kesib ag'dargichga uzatadi. Bunda tuproq qatlami deformasiyalanishi evaziga yumshaydi. Lemexga er qatlamining katta bosimi ta'sir etishi natijasida u tez eyiladi. Buning oqibatida lemex uchki qismining shakli o’zgaradi va utmaslanib qoladi, erning plugga ko’rsatadigan qarshilik kuchi ortadi va er haydash sifati yomonlashadi. Eyilgan lekexlarni tiklash mumkin. Buning uchun lemex qizdirilib uning orqa qismidagi ortiqcha metall bolg'a bilan o’rib yoyib chuziladi, so’ngra charxlanadi. Bunda lemexning charxlangan tig'i 0,5 ... 1 mm qalinlikda bo’lishi kerak. Orqa qismidagi metallni yoyib cho’zish hisobiga lemexni 3-4 marta qayta tiklash mumkin.
Shakliga ko’ra trapesiyasimon, iskanasimon, o’zi charxlanadigan, qirqilgan lemexlar bo’ladi.
Trapesiyasimon lemexlar tekis egat tubini hosil qiladi. Ular chimqirqar va ayrim pluglarda ishlatiladi.
Iskanasimon lemexning uzaytirgich uchi (iskanasi) tig' chizig'idan 10 mm pastga egilgan bo’ladi. Bunday lemexlar ogir tuproqli erga yaxshi botadi va bir xil chuqurlikda haydaydi. Uchburchakli lemexlar ayrim maxsus pluglarda, kartoshka qaziydigan va kanal qazuvchi mashinalarda qo’llanadi.
Ag’dargich (otval) pichoq va lemex bilan qirqilgan tuproq qatlamini ko’taradi, maydalaydi, aylantiradi va yoniga ag'daradi. Ag'dargich ish sirtining ko’kragi va qanoti bo’ladi. Ag'dargichning ko’kragiga duch kelgan qatlam ko’tariladi va qanotga uzatiladi. Qanot qatlamni aylantirib ag'daradi.
Lemex va ag'dargich stoykaga kallaksiz boltlar bilan mahkamlanadi. Ag'dargich stoykaga jips joylashtirilib, lemex sirtidan chiqib qolmasligi kerak. Lemex bilan ag'dargich oraliq tirqishi 1 mm dan ortiq bo’lmasligi va lemexni ag'dargich sirtidan chiqib turishi' 2 mm dan ortiq bo’lmasligi kerak.
Dala taxtasi plug korpusini ravon yurishini, tuproq bosimi ta'sirida stoykani eyilishidan saqlaydi. Korpusni dala taxtasi egat devoriga, tayanadi. U stoykasi orqa qismida egat devori tomoniga nisbatan 2. . .3 gradus qiyalikda o’rnatiladi.
Buta-to’qay va plantaj pluglar korpusida kengaytirilgan dala taxtasi qo’llanadi.
Dastali pichoq plantaj, o’rmonbop, butabop va to’qaybop pluglarga o’rnatiladi. Bunday pluglar ishlaganda pichoq tuproq qatlamini va mayda ildizlarni qirqadi, daraxtlarning yo'g'on ildizlarini er betiga chiqaradi.
Diskli pichoq odatda toshi bo’lmagan erlarni haydashda qo’llaniladi. U dastali pichoqga nisbatan plugning yurishiga kamroq qarshilik ko’rsatadi,- o’simliklarni va ularshshg ildizlarini yaxshi qirqadi, kam sinadi, plugning chimqirqarlariga va korpuslariga o’simliklar tiqilib qolishidan yaxshi saqlaydi. Diskali pichoq diametri 390 mm va qalinligi 4 mm li po’lat disk bo’lib tig'i toblangan va ikki tomondan charxlangan.
Chimqirqar ish sirti madaniy tipda bo’lgan, qamrash kengligi 23 sm li, uocha katta bo’lniagan korpusdir. Chimqirqar erning ustgi qatlamini 8-12 sm gacha chuqurlikda qirqib olib egat tubiga yotqizish uchun mo’ljallangan. Bu yotqizilgan qatlamni asosiy korpus tuproq qatlami bilan kumadi. Natijada begona o’tlarning unib chiqishi kamayadi,
Chuquflatkich haydalmagan qatlamni 6-15 sm chuqurlikda yumshatishga mo’ljallangan. Chuqur yumshatishni 6 sm chuqurlikdan boshlash va asta-sekin (ikki-uch galda) 10-15 sm ga etkazish kerak. Chuqurlatgichlarni erga botirish chuqurligi stoykalar balandligini o’zgartirib rostlanadi,. Buning uchun uning stoykasidagi ettita teshik haydalmagan qatlamni yumshatish chuqurligini har 3 sm da (6, 9, 12, 15 sm da) rostlab turishga imkon beradi.
Yumshatgichlar (lushchilniklar) yordamida ang’iz ag’dariladi, natijada nam saqlanib kuzgi shudgorlashga sharoit yaratiladi va begona o’tlar yo’qotiladi.
Lushchilniklar ikki xil bo’ladi: lemexli va diskli. Lemexli lushchilniklarning tuproqqa ishlov berish chuqurligi 12 sm, korpuslar kengligi 25 sm, diskli lushchilniklarning tuproqqa ishlov berish chuqurligi 4…10 sm.
6. Plugning ish qarshiligi o’zgaruvchan bo’lib, u tuproqning holatiga, qattiqligiga, namligiga, ilgari qanday ishlanganligiga, dalaning relefi, plugning oglrligiga, ishlash kengligiga, haydash chuqurligiga, agregatning harakat tezligi va boshqalarga bog'liq.
Akademik V.P.Goryachkin plunging tortishga qarshiligini quyidagi formula yordamida aniqlagan.

G – plunging og’irligi, kG


k - tuproqning solishtirma qarshiligi, kG/m
a – haydash chyqurligi, m
b – plunging qamrash kengligi, m
- tuproqni ulashtirishdagi hisobga oluvchi koeffisient, kG sek2/m4
v – plugning harakatlanish tezligi, m/sek

Plugning qarshiligini asosiy uch qismga bo’lib o’rganiladi:


Birinchi qism plunging zararli qarshiliklaridan bo’lib plug ishchi organlarining bo’lib tuproqqa va egat devorlariga ishqalanishlarini hamda plug g’ildiraklarining g’ldirashiga qarshiligini o’z ichiga oladi. Bu taxminan quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Uchinchi qism qarshilik plunging 6 km/soat tezlikda umumiy qarshilikning 5% ni tashkil qiladi. P3 = 0,05P
Korpus va chimqirqar lemexlarinig tig'i hamda pichoqlari o’tmaslansa, plugning qarshiligi oshadi. Lemex tig'i 5 mm gacha qalinlashganda plugning tortishida ko’rsatadigan qarshiligi taxminari 50% ga oshadi. Natijada er haydashda yoqilg’I sarfi ko’payadi.
Tuproq qatlamiga ishlov berish almashlab ekish jarayonlarining asosiy stimulyatori hisoblanadi. To'g'ri ishlab chiqilgan o'stirish tizimi, xususan, erning namlik bilan ta'minlanishi va aeratsiyasini yaxshilaydi, shuningdek, foydali mikroorganizmlarning faollashishiga yordam beradi. Tuproqni o'stirishning zamonaviy usullari an'anaviy tuproq ishlov berish elementlarini va yangi texnologiyalarni o'zida mujassam etgan, ammo har bir holatda ulardan foydalanishda tashqi mikroiqlim sharoitlari va o'ziga xos o'simliklarga qo'yiladigan t alablarni ham hisobga olish kerak.
Agrotexnika vositalari yordamida qishloq xo’jaligi korxonasi yoki fermer o’z tomorqasida madaniy o’simliklarning rivojlanishi nuqtai nazaridan tuproqda qulay sharoit yaratish jarayonini tashkil qiladi. Mexanik ishlov berishning afzalliklarijuda ilmiy sabab. Qulay ta'sir unumdor qatlamga ham, o'simliklarga ham bir vaqtning o'zida bir necha yo'nalishda - biologik, fizik va kimyoviy darajada ta'sir qiladi. Tuproq qoplamidagi tarkibiy o'zgarishlar orqali erishiladigan harorat va namlik rejimini tartibga solish fundamental ahamiyatga ega. Qishloq xo'jaligi qurollarining o'simliklarning rivojlanish jarayoniga ijobiy ta'siriga misol sifatida tuproqqa ishlov berishning turli xil chuqurlikdagi usullarini keltirish mumkin. Ushbu tizimdan intensiv foydalanish bilan kastor loviya hosildorligiga ta'siri ijobiydir. Bu ekinning eng yuqori mahsuldorlik ko'rsatkichlari xususiy ko'rsatkichlar bo'yicha 1,25-1,28 t/ga ga to'g'ri keladi. Albatta, biz bunday usullarning universal qo'llanilishi haqida gapirmayapmiz, chunki har bir holatda mexanik ta'sir turli xil ta'sirga ega. Shu sababli, o'simliklarning mavsumiy holati va o'g'itlarni qo'llash dasturini hisobga olgan holda ko'p bosqichli qayta ishlash tizimlari shakllantirilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra, hosilni majburiy oshirish bilan erga ishlov berishning ekinlar rivojlanishiga foiz ta'siri o'rtacha 3 dan 12% gacha o'zgarib turadi. Eng qulay sharoitlarda bu foiz qo'llaniladigan mexanik ishlov berish usullari va operatsiyalariga qarab 26-60% ga yetishi mumkin. Ilmiy ma'lumotlarga asoslangan tuproqqa g'amxo'rlik qilishning ushbu amaliyotlaridan foydalanuvchilarning muammolari quyidagilardan iborat:

  • Madaniy o'simliklar uchun ozuqa muhitini tartibga solish. Bunga tuproqqa o'g'it materiallarini maqsadli joylashtirish orqali ham, faollikni oshirish orqali ham erishiladimikrobiologik jarayonlar.

  • Ekilgan va haydaladigan tuproq qatlamlarini agrofizik sifatlarini oshirish maqsadida oʻzgartirish.

  • Tuproq qoplamiga oʻsimlik qoldiqlari, oʻt oʻtlari, oʻgʻitlar, agrotexnik materiallar va meliorantlar chuqurligiga sunʼiy kiritish.

  • Zararkunandalarni yo'q qilish va ularning ekin maydonlarida populyatsiyasini zararlilikning optimal chegarasiga qadar kamaytirish.

  • Havo, suv va issiqlik rejimlari muvozanatini ta'minlash.

  • Tuproq eroziyasining rivojlanishi va yuzaga kelishini minimallashtirish.

  • Qisqa vaqt ichida ekishdan to oʻrim-yigʻimdan keyingi barcha davr mobaynida yuqori sifatli dala ishlarini olib borish imkonini beruvchi mikrorelefni shakllantirish.

  • Haydaladigan qatlamning unumdorligi va ijobiy biokimyoviy faolligi nuqtai nazaridan uning imkoniyatlarini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish.


Yüklə 83,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə