Aylanma korpusli tuproqqa ishlov berish mashinalari



Yüklə 83,93 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü83,93 Kb.
#162656
1   2   3   4
AYLANMA KORPUSLI TUPROQQA ISHLOV BERISH MASHINALARI

Ag'dargichli sistemada - tuproq qatlami ag'dariladi, bu esa begona o’tlarni, o’simlik qoldiqlarini hamda begona o’t urug’larini tuproq ostiga ko’milishi, kasal tarqatuvchi xashoratlarni yo’qotishni yoki kamayishini ta'minlaydi. Bu sistema namligi o’rtacha va yuqori bo’lgan rayonlarda qo’llanadi.
Ag'dargichsiz sistemada - tuproq qatlamini yorib ag'darmasdan joyida qoldiriladi. Bu usulda tuproq qatlamini chuqur kesilib joyida qoldiriladi. Bu sistema shamol eroziyasi bo’lgan va namligi etarli bo’lmagan erlarda qo’llaniladi.
Minimal sistemada - erga ishlov berish sonini kamaytirish, ya'ni bir necha texnologik operasiyalarni bir vaqtda o’tkazish. Bu usulda tuproq kam zichlanadi, chaoglanish holati kamayadi va tabiiy muhitni ifloslanishini kamaytiradi. Bu usulni hamma rayonlarda qo’llash mumkin. Erga ishlov berish sistemasi shunday bo’lishi kerakki, unda tuproqni himoyalash, kam energiya sarfi bo’lishi va tabiatni muhofaza qilishni ta'minlashi lozim.
Ish organlarini tuproqga ishlov berish chuqurligi va bajariladigan operasiya turiga qarab: erga asosiy ishlov berish, tuproqga yuza ishlov berish va maxsus ishlov berishga bo’linadi.
Asosiy ishlov berish - ekinlarni yig’ishtirib olgandan so’ng tuproqni chuqur ag'darib haydash (20. . . 35sm). Buni ag'dargichii pluglar bilan bajariladi, so’ngra tuproq qatlamlari maydalaniladi. Shamol eroziyasiga uchraydigan rayonlarda tuproq qatlamini ag'darmasdan joyida chuqur yorib ketiladi (25. . . 40 sm).
Tuproqga yuza ishlov berish - ag'dargich va yumshatgich panjalar bilan urug' ekish oldidan va ekilgandan so’ng ishlov beriladi. Bunda ishlov berish chuqurligi 14…16 sm dan yuqori bo’lmaydi.
Maxsus ishlov berish - yangi erlarni o’zlashtirishda, bog'Iar va tutzorlar yaratiladigan erlarni chuqur palaxsalab haydashda qo’llaniladi Bunda to’qayzor pluglari: plantaj (chuqur palaxsalab) va yaruslab ishlov beradigan pluglar ishlatiladi.
4.Tuproqga asosiy ishlov berish pluglar va yumshatgichlar (lushchilniklar) yordamida amalga oshiriladi. Tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalariga qo’yiladigan agrotexnik talablar.
Pluglarga quyidagi agrotexnik talablar qo’yiladi:
dalani belgilayagan chuqurlikdz bir tekis haydash (o’rtacha chuqurlik belgilangandan ± 1 sm farq qilishi mumkin);
begona o’tlarni va o’simlik qoldiqlarini to’la ko’mishi hamda tuproq qatlamini yaxshi agdarish;
tuproq qatlamini aniq kesish va maydalash, dianetri 10 sm dan katta kesaklar miqdori oshmasligi kerak;
haydalgan er beti tekis ski biroz to 'Iqinsimon bo 'lishi;
haydalgan erda chuqur egatlar, marzalar va chala ishlangan joylar bo lmasligi shart.
egatlarning balandligi 7 sm dan baland bo’lmasligi kerak.
haydash yo’nalishi egri bugri bo’lmasligi kerak.
Yumshatgichlar (lushchilniklar) ang’izni ag’darish, nam saqlash bahorda tuproq yuza qismiga ishlov berish uchun ishlatiladi (lushchilniklar Rossiya federatsiyasi dehqonchiligida ishlatiladi. Lemexli lushchilniklar ang’izni ag’darishda 12 sm chuqurlikgacha, diskli lushchilniklar g’alla ang’izini 4…10 sm chuqurlikda yumshatadi)
Yumshatgichlar (lushchilniklar) ga quyidagi agrotexnik talablar qo’yilgan:
haydash chuqurligi belgilanganidan 2 sm dank am bo’lmasligi kerak.
begona o’tlar to’liq 100 % qirqilishi kerak.
Ikkilamchi ishlov berilgan kenglik 15…20 sm dan ko’p bo’lmaskigi kerak.
Ishlanmagan chala joylar bo’lmasligi kerak.
barcha ishchi organlar bir xil o’lchamdagi pushta va egatchalar hosil qilishi kerak.
5. Pluglar yordamida tuproq qatlami belgilangan chuqurlikda ag’dariladi va maydalanadi. Paxtachilik mintaqasida PYA – 3 – 35, PN -3- 35, «Kverneland», PN-4-35 kabi bir qator pluglardan erlarni shudgorlashda foydalaniladi.
Pluglar quyidagicha sinflanadi.
Pluglar vazifasiga ko’ra umumiy ishlarga mo’ljallangan va maxsus pluglarga bo’linadi.

Yüklə 83,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə