n
tovushi ba’zan
m
aytilsa ham,
n
yoziladi.
23.
G g
harfi:
gul, go‘zal; ega, gugurt; teg, eg
kabi so‘zlarda til oldi
jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
24.
K k
harfi
ko‘l, ko‘ylak; uka, moki; tok, bilak
kabi so‘zlarda til
orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
25.
Y y
harfi
yo‘l, yigit, yetti, yaxshi, yoz, yulduz; tuya, dunyo,
tayyor; soy, tuy
kabi so‘zlarda til o‘rta sirg‘aluvchi undoshni ifodalash
uchun yoziladi.
26.
Ng ng
harflar birikmasi
yangi, ko‘ngil, dengiz, singil, keling,
bordingiz; tong, ming, teng
kabi so‘zlarda til orqa ovozdor burun
tovushini ifodalash uchun yoziladi.
27.
Q q
harfi
qizil, qimiz, qirq, haqiqiy, aql
kabi so‘zlarda chuqur til
orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi
28.
G‘ g‘
harfi
g‘oz, bag‘ir, tog‘
kabi so‘zlarda chuqur til orqa
jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
29.
X x
harfi
xabar, xo‘roz, xohish, xushnud, baxt, axborot, mix
kabi
so‘zlarda chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun
yoziladi.
30.
H h
harfi
hosil, hamma, bahor; isloh, nikoh
kabi so‘zlarda
jarangsiz sirg‘aluvchi bo‘g‘iz undoshini ifodalash uchun yoziladi.
31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:
1)
baland, Samarqand, poyezd; do‘st, past, artist, g‘isht
kabi
so‘zlarda
d, t
tovushi ba’zan aytilmasa ham, yoziladi;
2)
metall, kilogramm, kilovatt, kongress
kabi o‘zlashma so‘zlar
oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so‘zga
xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo‘shilsa, so‘z oxiridagi bir
84
harf yozilmaydi:
metall + lar = metallar, kilogramm + mi = kilogrammi
kabi.
32.
’
— tutuq belgisi:
1)
a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim; ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod,
me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la
kabi o‘zlashma so‘zlarda
unlidan keyin shu unli tovushning cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun
qo‘yiladi;
mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar
kabi so‘zlarda
o‘
unlisi
cho‘ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi;
2)
in’om, san’at, qat’iy, mas’ul
kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan
oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash
uchun qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: |