35
yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan
tuziladi.
Xizmat yozishmalari
– mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda
muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif,
kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda
xizmat yozishmalari
hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan guruhlari bilan uzviy aloqadordir.
Shularni
hisobga
olib,
xizmat
yozishmalari
hozirgi
zamon
hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin alohida guruh sifatida
tasniflangan va bu mantiqan o‘rinli
1
.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.
Xususiy hujjatlarning namunaviy va qolipli hujjatlardan farqi
nimada?
2.
Mazmunan tashkilot, muassasa
va korxonalarning huquqiy
maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa
ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning
huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Guvohnoma,
yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnomalar
ana shunday hujjatlar
turiga kiradi. Bu xususiyatlar qanday hujjatlarning belgilari sanaladi?
3.
Qaysi hujjatning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so‘zi
o‘rniga “TAVSIYA ETAMAN”, “RUXSAT BERAMAN” kabi
iboralar ishlatiladi?
4.
Ma’lumot-axborot hujjatlari haqida ma’lumot bering. Ularni
boshqa hujjat turlaridan farqi nimada?
5.
Mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda muassasa faoliyatining turli
masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks
ettiriladi. Bu xususiyatlar qanday hujjatlarga tegishli?
Dostları ilə paylaş: