Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Azizaxon Rasulova

ichki va tashqi
hujjatlar farqlanadi.
Ichki hujjatlar
 ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu 
muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassasaga 
1
 
Aminov M va b. Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. Toshkent., “O‘zbekiston nashriyoti”, 2020. 21-bet


31 
boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa 
tashqi 
hujjatlardir

Hujjatlar 
mazmuniga ko

ra
ikki turli bo‘ladi:
1) 
sodda hujjatlar
– bir masalani o‘z ichiga oladigan hujjatdir. 
Bularga ariza, e’lon, tilxat, kafolat xati va boshqalar kiradi;
2) 
murakkab hujjatlar
– ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga 
oladi. Bularga shartnomalar, ma’lumotnoma, rejalashtirilgan hisobot 
hujjatlari va boshqalar kiradi. 
Mazmun bayonining shakli jihatidan 
xususiy, namunaviy va 
qolipli
(yoki trafaretli) hujjatlar farqlanadi.
Matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada 
bo‘lmasligi, mazmun bayonining erkinligi 
xususiy hujjatlarning
 asosiy 
belgilaridir (masalan, xizmat, so‘rov, iltimos, javob, kafolat, axborot 
xatlari va shu kabilar). Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib 
mavjud bo‘lsa-da, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi. 
Namunaviy hujjatlar
– boshqaruvning muayyan bir vaziyatlari 
bilan bog‘liq, bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar 
yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladigan hujjatlardir. Bularga 
tavsiyanoma, ariza, e’lon, taklifnoma va boshqalar kiradi. 
Qolipli hujjatlar
– odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish 
qog‘ozlariga yoziladigan hujjatlardir. Bu tur hujjatlarga nisbatan 
ko‘pincha «yozmoq» emas, balki «to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Bularga 
ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, mehnatga 
layoqatsizlik 
varaqasi, 
ayrim 
dalolatnomalar, 
xizmat 
safari 
guvohnomalari va boshqalar kiradi. 
Tegishlilik jihatiga ko‘ra 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə