Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Azizaxon Rasulova

Odam bo‘l, otang kabi axmoq bo‘lma – Odam bo‘l 
otang kabi, axmoq bo‘lma
. Bu gapda ohangning o‘zgarishi gap 
1
 
https://hozir.org
. O‘zbek tilining sohada qollanishi. 


26 
mazmunining tamomila o‘zgarib ketishiga sabab bo‘lgan. Bulardan 
tashqari nutqda ta’sirchanlikni ta’minlash uchun maqollar, matallar, 
hikmatlar, so‘z va iboralar, ayniqsa, frazeologizmlardan keng 
foydalanish zarur. Yozuvchi Abdulla Qahhor o‘z hikoyalarining 
ko‘pchiligida epigraf sifatida maqollar keltirish bilan darhol 
o‘quvchining diqqatini tortadi: “Osmon yiroq – yer qattiq” (“Bemor”); 
“Otning o‘limi – itning bayrami” (“O‘g‘ri”) kabilar.
Ochiq chehrali odam ikkiyuzlamachilikdek nuqsondan yiroq 
bo‘ladi. Ochiq chehralilik, ayniqsa, o‘qituvchi uchun zarur 
fazilatlardandir. Zero, o‘quvchilar qalbiga yo‘l topish, mehrini qozonish, 
o‘z fanining chinakam ixlosmandi qila olish hazilakam ish emas. Buning 
uchun, albatta, o‘qituvchining keng fe’li-yu saxovatli qalbi o‘tkir zehni-
yu, tiyrak nigohi muhimdir. Agar o‘qituvchi o‘quvchilarning yuragiga 
yaqin narsalarni bilolmasa, ularda o‘ziga nisbatan iliq hissiyot hosil 
qilolmasa, ular ko‘ngliga yo‘l topishi juda qiyin bo‘ladi.
Inson xulq-atvorida eng muhim qonun bor, agar biz bu qonunga 
amal qilsak, hech qachon ko‘ngilsiz holatga tushmaymiz. Chunki bu 
qonun o‘quvchilarni ko‘proq o‘zimizga moyil qilishga yordam beradi. 
Lekin biz uni ozgina buzishimiz bilan darrov ko‘ngilsizlikka uchraymiz. 
Bu qoida quyidagichadir:
O‘quvchilar bilan shunday muomalada bo‘lingki, ular bu 
muomaladan o‘zlarining ahamiyatliroq ekanini his qilishsin. 
Boshqalarning ko‘z o‘ngida ahamiyatli bo‘lish xohishi inson tabiatining 
eng asosiy belgilaridan biridir. Chunki kattalarning o‘z suhbat mavzusi 
bo‘lgani kabi, bolalarning ham to‘lib-toshib gapiradigan mavzulari 
bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pni ko‘rgan kishilar bolalar bilan bola bo‘lib, 
keksalar bilan keksa bo‘lib suhbat qurishga harakat qiladilar. Tajribali 
o‘qituvchilar suhbat chog‘ida inson ko‘nglini asrashga unga muloyimlik 
bilan yo‘l topishga harakat qiladilar. Biror jiddiyroq fikrni aytishdan 
oldin o‘quvchisini (tinglovchini) suhbat mavzusiga tayyorlab olishga 
intiladilar. Shunday qilinganda eshituvchi har qanday hayajonli yoki 
qayg‘uli xabarlarni ham ancha yengil qabul qiladi va to‘g‘ri 
munosabatda bo‘ladi. Inson qalbini zabt etish, uning muhabbatini 


27 
qozonish uchun ko‘p narsa kerak emas, shirin so‘z, samimiy muomala 
kifoya.
Inson butun umri davomida o‘z nutqini takomillashtirib boradi. U 
tilimizning boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali nutqning 
go‘zal, ravon, ifodali, ta’sirchan bo‘lishiga intiladi. Zero, go‘zal va 
ta’sirchan so‘zlay bilish ham san’at. Lekin bu san’atdan bebahra insonlar 
ham hayotimizda uchrab turadi. Bu san’atdan, boshqa kasb egalaridan 
farqli o‘laroq o‘qituvchi bebahra bo‘lsa-chi? Bu aslo kechirib bo‘lmas 
holdir. “Qaysi fanni o‘qitishdan qat’i nazar, o‘qituvchining asosiy 
quroli, ta’bir joiz bo‘lsa, ketmoni uning nutqidir. Ketmon o‘tkir 
bo‘lmasa, yerning ham, ketmonchining ham holiga maymunlar 
yig‘laydi. Xuddi shunday, o‘qituvchining nutqi o‘tmas, nochor bo‘lsa, 
uning bilimi qanchalik chuqur va tugal bo‘lmasin o‘ziga ham azob, 
o‘quvchi sho‘rlikka ham azob. Ona tilida puxta, lo‘nda va shirador nutq 
tuza olish malakasi va mahorati matematika o‘qituvchisi uchun ham, ona 
tili o‘qituvchisi uchun ham birday zaruriy fazilatdir. O‘qituvchi go‘zal, 
o‘zini ham, so‘zini ham qiynamaydigan ravon va iboralarga boy nutqi 
bilan o‘quvchilarni mahliyo etib, bermoqchi bo‘lgan bilimini yosh inson 
shuuriga 
osonlik 
bilan 
olib 
kiradi. 
Zotan 
ona 
tili 
milliy 
ma’naviyatimizning, dunyoni teran idrok etishimizning zaminidir”
1

Nutq odobi – insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy 
mezondir. O‘rta Osiyoda axloqiy tarbiya o‘z an’analariga egadir. Axloq 
haqidagi ibratli, dastlabki fikrlar qadimgi turkiy yodnomalarda, buyuk 
allomalarning asarlarida va boshqa yozma yodgorliklarda bizgacha yetib 
kelgan. Nutq shaxsiy hodisa, nutqni har bir shaxs o‘zi tuzadi. Jamiyatda 
har bir kasb egasining nutqi farqlanadi. Normativlarni tanlash, baholash 
ham shaxs tomonidan bajariladi. Yoqimli va jarangdor ovozga ega 
bo‘lgan notiq tinglovchilarni ovozining shiradorligi bilan ham asir etadi. 
Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun notiq o‘z ovoz kuchini, 
shiradorligini, yoqimliligini bilishi zarur. Lozim bo‘lganda undan 
foydalana bilish mahoratiga ega bo‘lishi darkor. O‘z ovozida kamchilik 
sezgan notiq uni yo‘qotishga harakat qiladi. Buning uchun ovozdan 
1
Mahmudov N. Ma’rifat manzillari. – T:, Ma’naviyat, 1999.
28-b


28 
foydalanish va yaxshilash texnikasi bir-ikki mashq bilan ovozni 
yaxshilab bo‘lmaydi. Notiqning ovozida quyidagi xususiyatlar 
bo‘lmog‘i lozim:
- jarangdorlik; 
- keng diapazonlilik; 
- havodorlik; 
- ixchamlik; 
- chidamlilik; 
- moslashuvchanlik; 
- qarshi to‘lqinlarga nisbatan barqarorlik. 
Nutq texnikasi deyilganda nutqni tinglovchi yoki o‘quvchiga 
yetkazishda qo‘llaniladigan vositalar tushuniladi.
Jonli, tovushli nutq va 
uning barcha unsurlarini to‘g‘ri voqelantirish ko‘nikma va 
malakalarining jami nutq texnikasi demakdir
1
. Nutq ikki xil ko‘rinishda 
bo‘lganidan uning texnikasini ikki xil ko‘rsatish mumkin:
1. Og‘zaki nutq texnikasi; 
2. Yozma nutq texnikasi. 
Og‘zaki nutq texnikasi – tovush, bo‘g‘in, so‘zlarni, uning 
shakllarini talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarini 
faollashtiruvchi mashqlarni anglatadi.
Yozma nutq texnikasi – o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
a)
har qanday yozma nutq xat boshidan bosh harf bilan boshlanadi. 
har gap mazmunan, nisbatan tugallagan bo‘lishi, erkin fikr anglatishi 
kerak. Gap tugagandan so‘ng mazmunga ko‘ra tegishli tinish belgisi 
qo‘yiladi;
b)
ma’lum bir fikr bayon etilgandan so‘ng, nutqning tarkibiy qismi 
bo‘lgan boshqa bir fikr xat boshidan boshlanishi zarur. Xat boshidan bir-
biri bilan mantiqiy bog‘langan bo‘lishi lozim;
c)
dialoglardan tashkil topgan yozma nutqdan har bir shaxsning 
gapi tire orqali yoziladi;
1
Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги 
Ўзбекистон миллий кутубхонаси нашриёти, 2007.


29 
d)
ko‘chirma gaplar, o‘z ma’nosida ishlatilmagan so‘zlar, 
birikmalar qo‘shtirnoq ichiga olinadi;
e)
nutq uchun ikkinchi darajali hisoblangan undagi gaplarning 
tarkibiy qismi hisoblanmaydigan narsalar tire yoki qavs bilan ajratiladi;
f)
ot, kesim, izohlovchi, undalma ajratilgan bo‘laklarga tegishli 
tinish belgilari bilan ajratiladi; 
g)
nutqning yirik qismlari xat boshidan boblarga bo‘lib ko‘rsatiladi.
Nutq ma’lum sur’at bilan aytiladi, nutq aytilish jarayonida sur’at 
oshib yoki pasayib turadi. Bu ifodali so‘zlashga xos xususiyat bo‘lib, 
tinglovchi xulqiga ta’sir etishi, nutqning yaxshi yetib borishini 
ta’minlaydi. Sur’at ifodali nutqning ajralmas bo‘lagi. Sur’atsiz bir 
maromda aytilgan nutq lanj, so‘lg‘in, ta’sirsiz bo‘ladi. So‘zlashganda 
ba’zi o‘rinlarda sur’atni oshirib borish, jonlantirish, tinglovchilar 
diqqatini jalb etishdir. 
Nutq texnikasi – deyilganda nutqni tinglovchi yoki o‘quvchiga 
yetkazishda qo‘llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil 
ko‘rinishda bo‘lganidan uning texnikasini ikki xil ko‘rsatish mumkin.
To‘xtam – ovozning vaqtincha to‘xtashi (dam olishi orqali) bo‘lib, 
bu bir davrda nafas olinadi va nutq a’zolari artikulyatsiyadan to‘xtaydi 
va nutq oqimi uziladi. To‘xtam davrida nafas olinadi va nutqning 
navbatdagi qismini talaffuz etishga hozirlik ko‘riladi. To‘xtamdan turli 
maqsadlarda foydalaniladi. Nutqning bir nafas tugaguncha aytilgan 
qismidan so‘ng yangi nafas olish uchun qilingan to‘xtalish nafasni 
rostlash to‘xtamida o‘pkaga havo to‘ldirib olinadi. Bunday to‘xtamdan 
radio, televideniye suxandonlari yaxshi foydalanadilar.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə