Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Azizaxon Rasulova

Turishlar
– asosiy turishlar saf turishiga mos keladi. Turishning 
quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib turish, oyoqlarni keng kerib turish, 
oyoqlarni sal kerib turish, o‘ng oyoqni kerib turish, chalishtirib turish 
bunda oyoq kaftlari juftlanadi, o‘ng (chap) oyoqda erkin turish. Oyoqlar 
uchida turishda “oyoq uchida (uchlarida)” so‘zlari qo‘shiladi. Tizzalarda 
turishdan (shuningdek, o‘tirish, yotish va boshqa holatlardan) oyoqlarni 
to‘g‘rilab turishga o‘tish «tik turish» termini bilan belgilanadi.
O‘tirishlar
– yerda yoki gimnastika snaryadlarida o‘tirish 
holatlari. O‘tirishning quyidagi turlari bor: o‘tirish, oyoqlarni kerib 
o‘tirish, burchakli o‘tirish, oyoqlarni kerib burchakli o‘tirish, bukilib 


45 
o‘tirish, oyoqlarni quchoqlab o‘tirish, tovonlarda yoki o‘ng tovonda, 
o‘tirish, sonda o‘tirish va boshqalar.
Cho‘qqayish – 
shug‘ullanuvchining oyoqlari bukilgan holat, 
yarim cho‘qqayish, do‘ngsimon cho‘qqayish, do‘ngsimon yarim 
cho‘qqayish, ortga engashib yarim cho‘qqayish, engashib yarim 
cho‘qqayish va bu «suzuvchi starti» deb ham yuritiladi, o‘ng yoki chap 
oyoqda yarim cho‘qqayish, o‘ng yoki chap oyoqda cho‘qqayish va 
boshqalar.
Ko‘tarilish
– osilib turishdan tayanishga yoki pastroq tayanishdan 
yuqoriroq tayanishga o‘tish (harakat boshni oldinga qaratgan holda 
bajariladi). Ko‘tarilishning quyidagi turlari bor: galma-gal kuchanib 
ko‘tarilish, kuchanib ko‘tarilish, bir oyoqni silkitib to‘ntarilib ko‘tarilish, 
siltanib to‘ntarilib ko‘tarilish, kuchanib to‘ntarilib ko‘tarilish, o‘ng 
(chap) oyoqda ko‘tarilish, ikkala oyoqda ko‘tarilish, gavdani rostlab 
ko‘tarilish va hokazo.
Aylanish
– gimnastikachining tayanishdan boshlanib, snaryad 
(turnik, yog‘och va hokazo) o‘qi atrofida aylanma harakatlanishi. 
Aylanishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib tayanishdan oldinga 
(orqaga) aylanish, tayanishdan oldinga yoki orqaga aylanish, katta 
aylanish.
Xulosa qilib aytish mumkinki, sport XXI asrning muhim ijtimoiy 
hodisasi, universal tabiatga ega bo‘lgan ijtimoiy-madaniy hodisa 
hisoblanadi. Bugungi kunda sportga turli ilmiy sohalar mutaxassislari 
katta ahamiyat qaratmoqdalar. Turli sport turlarining o‘ziga xos tiliga 
bag‘ishlangan lingvistik tadqiqotlar muhim ahamiyatga egadir
1


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə