Mavzu: umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar



Yüklə 203,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix11.12.2023
ölçüsü203,18 Kb.
#148291
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar



Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi 
Namangan davlat universiteti 
Jismoniy madaniyat fakul’teti 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta 
o’qituvchisi Hasanov Akramjonning
Gimnatika va uni o’qitish metodikasi 
Fanidan tayyorlangan
 
 
 
 
 
 
 
MAVZU: UMUMRIVOJLANTIRUVCHI VA ERKIN MASHQLARGA 
OID ATAMALAR 

 
 
 
 
Namangan-2011y. 
 


MAVZU: UMUMRIVOJLANTIRUVCHI VA ERKIN MASHQLARGA 
OID ATAMALAR 
REJA: 
1.
Snaryadlarda bajariladigan mashqlarning atamalari. 
2.
Akrobatik mashqlarning atamalari. 
3.
Badiiy gimnastika mashqlarining atamalari. 
4.
Mashqlarni yozib borishni qoida-usullari. 
Dastlabki holatlar – mashqlar ijrosi boshlanishi oldidan turishlar va 
boshqa holatlar. 
Turishlar: asosiy turish (AT)lar safga turishga mos keladi. 
Turishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib turish, oyoqlarni keng 
kerib turish, chalishtirib turish. Bunda oyoq kaftlari juftlanadi, o‘ng (chap) 
oyoqda erkin turish. 
O‘tirishlar – yerda yoki gimnastika snaryadlarida o‘tirish holatlari. 
O‘tirishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib o‘tirish, burchakli o‘tirish, 
oyoqlarni kerib burchakli o‘tirish, bukilib o‘tirish, oyoqlarni quchoqlab o‘tirish, 
sonda o‘tirish va boshqalar. 
Cho‘kkayish – shug‘ullanuvchilarning oyoqlari bukilgan holat yarim 
cho‘kkayish, ortga engashib yarim cho‘kkayish «suzuvchi starti» deb ham 
ataladi va hokazo. 
Tashlanish – tayanch oyoqni biron tomonga tashlab bukish harakati yoki 
shundan keyin hosil bo‘lgan holat. 
Tayanishlar – yelkalar tayanch nuqtasidan yuqori bo‘lgan holatlar. 
Tayanishlarning quyidagi turlari bor: 


Cho‘kkayib tayanish, o‘ng tizzaga tayanish, o‘ng tizza bilan chap qo‘lgan 
tayanish va chap tizza bilan o‘ng qo‘lga tayanish, tik bukilib tayanish, bilaklarga 
tayanib yotish, orqadan tayanib yotish va hokazolar. 
Qo‘l va bel harakatlari – harakatlar barovar, galma-gal, ketma-ket, 
shuningdek, o‘ng qo‘l o‘ng tomonga, chap qo‘l chap tomonga, buning teskarisi, 
parallel (ikki qo‘l bir tomonga), simmetrik va nosimmetrik bo‘lishi mumkin. 
Ular asosiy va oraliq tekisliklardan qo‘llarni bukmay va bukib bajariladi. Qo‘llar 
bukilgan atamaga «bukish» so‘zi qo‘shiladi. Masalan, qo‘llarni bukib orqaga 
uzatish, qo‘llarni bukib yon tomonlarga uzatish va hokazo. Oyoqlarni bukishda 
ham shu atama ishlatiladi. Masalan, o‘ng oyoqni bukib oldinga uzatish yoki 
orqaga shu holatda uzatish. 
Qo‘llarning dastlabki holati; qo‘llar belda, yelkalarda, bosh ortida
ko‘krak ortida va hokazo. Doira qo‘l oyoq boshni aylana bo‘ylab xarkatlantirish, 
shuning oyoqlarni snaryad tepasidan aylantirish. 
Engashish – gavdani bukishni bildiradigan atama. Engashishning quyidagi 
turlari bor: to‘la engashish, kirishib engashish. Yarim engashish, oyoqlarni keng 
ochib engashish, oyoqlarni keng ochib engashish. Oyoqlarni quchoqlab 
engashish, orqaga engashib yerga yotish. 
Muvozanat – shug‘ullanuvchilarning bir oyoqda turgandagi, shuningdek, 
osilib yoki tayanib turgandagi gorizontal holati. quyidagi turlari bor: o‘ng 
oyoqda engashib muvozanat saqlash; yonlama, orqaga engashib, oyoq ushlab va 
hokazo. 

Yüklə 203,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə