Mavzu: umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar


Akrobatik mashqlarning atamalari



Yüklə 203,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix11.12.2023
ölçüsü203,18 Kb.
#148291
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar

Akrobatik mashqlarning atamalari. 
Dumalanish - tayanchiga birin-ketin qo‘l tekkizib gavdani aylantirish 
(bosh orqali to‘ntarilmaydi). Dumalanishning quyidagi turlari bor: oldinga 
dumalanish, yonga dumalanish, orqaga bukilib dumalanish singari va hokazo. 
G‘ujanak bo‘lish – gavdani bukilgan holati. G‘ujanak bo‘lishning yotib, 
o‘tirib va cho‘kkayib g‘ujanak bo‘lish, shuningdek keng g‘ujanak bo‘lish turlari 
bor. 
O‘mbaloq oshish – gavdaning avval tayanib, kema-ket bosh orqali 
to‘ntariladigan aylanma harakati. O‘mbaloq oshishning quyidagi: oldinga 
do‘mbaloq oshish sakrab do‘mbaloq oshish, orqaga do‘mbaloq oshish va hokazo 
turlari mavjud.
To‘tarilish - gavdaning bitta yoki ikkitaning fazasi bo‘lgan to‘liq aylanib 
oladigan (qo‘llarga tayanib, bo‘shqa tayanib yoki ham qo‘llarga, ham bo‘shqa 
tayanib) aylanma harakati. To‘ntarilishning quyidagi; yonga to‘ntarilish, boshda 
g‘rib to‘ntarilish, to‘ntarilib bir oyoqda tushish, sakrab to‘ntarilish kabi turlari 
bor. 
Orqaga to‘ntarilish – gavdani qo‘llarga tayanib orqaga aylanadigan 
harakati. Qo‘llarda, boshda turib qolishgacha aylanib bajariladigan va boshqa 
xillari ham bo‘ladi. 


Charxpalak-gavdani uchish fazasi (qo‘llarga tayanib) to‘liq to‘ntarilib 
oladigan bir tekis aylanma harakati. Ikki oyoqdan boshlab yana ikki oyoqqa 
tushib shuningdek bir oyoqdan boshlab va oyoqlarni almashib bajarilishi 
mumkin. 
Randat – orqaga bukilib ikkila oyoqqa tushadigan to‘ntarilish. 
Qurbat – qo‘llarda turib orqaga sakrab oyoqlarga tushish. 
Salto - gavdaning xavoda erkin to‘ntarilishi. Saltoning quyidagi; oldiga 
salto, siltanib salto, orqaga salto yarim burilib salto va hokazo.
Ko‘prik - tayanchga orqa o‘girib gavdaning maksimal darajaga egilib 
bukilgan yoysimon holati. Ko‘prikning quyidagi; ko‘prik, bir qo‘lda ko‘prik, bir 
oyoqda ko‘prik bilaklarda ko‘prik, teskari ko‘prik. 
Masalan, chap oyog‘u o‘ng qo‘lda ko‘prik turish va hokazo turlari 
mavjud. 
Shpagat-oyoqlarni niyat darajada kerib o‘tirish (xar ikkala oyoqningbutun 
uzunasi bo‘ylab tayachga tekizib o‘tirish). Shpagatning quyidagi; shpagat, o‘ng 
oyoq, o‘ng qo‘lni yoki chap qo‘lni oldinga uzatib shpagat, engashma shpagat va 
boshqa turlari bor. 
Yarim shpagat-shpagatga o‘xshash. Ammo oldindagi oyoq bukilgan holat, 
engashma yarim shpagat va hokazo. 
Turishning quyidagi; kuraklarda turish, kallada turish, qo‘llarda turish va 
hokazo. 
Sapchitish-turning sakrab tushgan akrobatni qaytarish.
Sakrama harakat (surat bilan sakrashlar) ijrochi parozini oshirish uchun 
qo‘llaniladi. qolgan atamalar gimnastika atamasiga muvofiq tuziladi.

Yüklə 203,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə