Mavzu: umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar


Badiiy gimnastika mashqlarining atamalari



Yüklə 203,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix11.12.2023
ölçüsü203,18 Kb.
#148291
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar

Badiiy gimnastika mashqlarining atamalari. 
Odimlash - joydan joyga ko‘chishning xilma xil turlari. Odimlashning 
quyidagi; odimlash, oyoq uchiga ko‘tarilishdan boshlab odimlash, lukillab 
odimlash, almashib odimlash, palka qadami bilan odimlash turlari mavjud. 


Yugurish - xar birida uchish fazasi bo‘lgan odimlash. Yugurishdagi 
nomlar odimlashdagi nomlarga o‘xshash. 
Burilish - gavdaning vertikal yoki uzunasiga o‘q atrofidagi aylanma 
harakati. 
Sakrash - oyoqlarda depsingandan keyin erkin parvoz etish. Harakat 
qo‘lami va gavdaning xavodagi holatiga qarab sakrashning quyidagi; to‘g‘ri 
sakrash, bukilib sakrash, kerishib sakrash, ochiq sakrash, yopiq sakrash
odimlab, sanchib sakrash, charxpalaksimon sakrash, tayanib sakrash, tashlanib 
sakrash, yarim xalqasimon sakrash turlari mavjud.
Qo‘llarni prujinasimon harakatlantirish. Barcha bo‘g‘nlarni baravariga 
bukib prujinasimon yaxlit harakat qilish. Turli yo‘nalishlarda bajariladi. 
To‘lqinsimon - do‘ngsimon yarim cho‘kkayishdan boshlanadigan
bo‘g‘inlarning ketma-ket biri yozilib, bukilishdan iborat murakkab yaxlit 
harakat. 
Qo‘lni to‘lqinlashtirish - qo‘lni bukish va panjasi osiltirishdan boshlanib, 
keyin yozish bilan bir vaqtda panjasi ko‘tarishdan iborat to‘lqinsimon 
harakatlantirish. 
Mashqlarni yozib borishning qoida va usullari. 
Gimnastika mashqlarini tushunishda ularni qisqa va aniq qilib yozishning 
muhim ahamiyati bor. Yozish qo‘yilgan maqsadga qarab umumlashtirilgan
konsert, qisqartirilgan, grafik tarzda yoki shu usullarning birlashmasidan iborat 
bo‘lishi mumkin. 
Gimnastika mashqlarning atama yozuvi yuqorida bayon etilgan qoidalarga 
asosan hamda belgilangan usullarda bo‘ladi. Yozish qoidalariga quyidagilar 
kiradi; gimnastika mashqlarining ayrim guruhlari uchun belgilangan yozuv 
tartibda yozuvda qo‘llaniladigan grammatik tuzilish va belgilari rioya qilish. 

Yüklə 203,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə