Mavzu: umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar



Yüklə 203,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix11.12.2023
ölçüsü203,18 Kb.
#148291
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar

 
Nazorat savollari: 
1.
Gimnastika atamasi deb nimaga aytiladi? 
2.
Atamalarga qanday topshiriqlar qo‘yiladi? 
3.
Atamalar qanday yasaladi? 
4.
Gimnastika atamalari qanday guruhlarga bo‘linadi? 
5.
Atamalarga qo‘yilgan talablar nimalardan iborat? 
6.
URM va etrkin mashqlarga oid atamalarni sanab bering? 
7.
Snaryadlarda bajariladigan mashqlar atamalariga nimalar kiradi? 
8.
Akrobatika mashqlar atamalarini tushintiring. 
9.
Atamalar taraqqiyotiga kimlar xissa qo‘shgan? 
10.
qaysi yili va qaerda gimnastika atamalariga oxirgi o‘zgartirishlar 
kiritilgan? 
Tavsiya etilgan adabiyotlar. 
1.
Brikin A.T. Gimnastika M. 1971. 
2.
Smolevskiy M.V. Gimnastika I metodika provedeniya F.I.S. 
3.
Polo‘ga V.A. gimnastika 1982. 
4.
Ukran M.L. Gimnastika F.I.S. 1969.
5.
Filipovich V.I. Teoriya I metodika gimnastiki 1971.
6.
T,U. Usmonxodjaev taxriri ostida. Gimnastika v shkole Toshkent 
1998. 
7.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavr yo‘nalishi 
(5141900) mutaxissislik fanlari bo‘yicha namunaviy o‘quv 
dasturlari, Samarqand, 2003 y. 


XASANOV AKRAMJONNING GIMNASTIKA VA UQITISH 
METODIKASI” FANIDAN JISMONIY TARBIYA VA JISMONIY 
MADANIYAT FAKULTETI 2-BOSQICH TALABALARI UCHUN 
OCHIQ DARS ISHLANMASI 13.11.2010 
 
MAVZU: GIMNASTIKA JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA 
REJA: 
1.
Gimnastika fani va tavsifi. 
2.
Gimnastikaning asosiy vositalari. 
3.
Gimnastikaning metodik xususiyatlari. 
4.
Gimnastikaning turlari. 
5.
Gimnastika – o‘quv-ilmiy fan sifatida. 
Jismoniy tarbiya vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mobaynida 
rivojlanib kelgan. Uning qaror topishi ijtimoiy tuzuv o‘zgarishi bilan, odam 
haqidagi fanning rivojlanishi bilan, shuningdek, urush qilish usullarining 
o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bular gimnastikaning mazmunan 
o‘zgartirishga, uning o‘qitish metodikasi va hatto mashqlarni bajarish 
texnikasining o‘zgartirishiga ham muhim ta'sir ko‘rsatgan. 
Jismoniy tarbiya xalqlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning tarkibiy 
qismi, kishilarni mehnatga, Vatan himoyasiga tayyorlashning jismoniy jihatdan 
barkamol bo‘lib yetishtirishning ta'sirchan vositasidir. 
Gimnastika yunoncha «gimnos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, 
«yalong‘och» degan ma'noni anglatadi. Shuningdek, yunoncha (mashq 
qildiraman) so‘zining kishi salomatligini mustahkamlash, uni har tomonlama 
jismoniy tarbiyalash va harakat qobiliyatlarini, kuchi, chaqqonligi, harakat 


tezkorligi, chidamliligi va boshqa xususiyatlarini takomillashtirish uchun 
ishlatadigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar metodik usullarining tizimi 
ham degan ma'nosi bor. 
Quyidagilar uning asosiy vazifalaridir: 
1.
Inson organizmi forma va funksiyalarini kishilarning jismoniy 
qobiliyatlarini 
har 
tomonlama 
takomillashtirishga, 
salomatligini 
mustahkamlashga, uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatib yashashlarini 
ta'minlashga yo‘naltirilgan mukammal rivojlantirish. 
2.
Hayotiy muhim harakat, ko‘nikma va malakalarini (shu jumladan, 
amaliy va sport ko‘nikmalarini) shakllantirish va maxsus bilimlar bilan 
qurollantirish. 
3.
Axloqiy-irodaviy va estetik xislatlarini tarbiyalash. 
Ayniqsa, bolalar va o‘smirlarni jismoniy shakllantirishda gimnastikaning 
ahamiyat katta. Gimnastikaning xilma-xil vosita va metodlari yordamida 
boshlang‘ich jismoniy tarbiya vazifalari, muvaffaqiyatliroq hal qilinadi, bolalar 
va o‘smirlarda jismoniy hamda harakat qobiliyatlarini rivojlantirish uchun asos 
yaratiladi, ularning funksional va ko‘nikish imkoniyatlari ancha kengayadi. 
Gimnastikaning juda katta gigiena-sog‘lomlashtirish ahamiyati ham bor. 
Gimnastika bilan hamma – bolalaru kattalar, keksalaru yoshlar, yaxshi 
tayyorgarlik ko‘rganlaru endi boshlovchilar, sog‘lom kishilaru va hatto notob 
kishilar shug‘ullanishlari mumkin. Gimnastika bilan maktabgacha yoshdagi 
bolalar muassasalarida, maktablarda, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida, O‘zbekiston 
armiyasi va flotida ham shug‘ullanadilar. Ko‘pchilik o‘z uylarida radiodan 
eshitib, televizordan ko‘rib turib shug‘ullanadilar. 
Gimnastikaning bunchalik keng yoyilganligiga sabab 
– uning 
vositalarining barchaga tushunarli va xilma-xil ekanligida, jismoniy tarbiyaning 
turli vazifalarini hal qilish uchun mashqlar tanlash imkoniyati katta 
ekanligidadir. 


Gimnastika mashg‘ulotlarida hayotiy zarur malaka hamda ko‘nikmalar 
orttiriladi va takomillashtiriladi. Bu fanning juda katta ta'limiy estetik, aqliy-
pedagogik ahamiyati ham bor. 
Nihoyat, gimnastika – aqliy ta'lim bilan jismoniy tarbiya birligining 
yorqin 
namunasidir. 
Gimnastikada 
qo‘llaniladigan 
metodlar 
shug‘ullanuvchilarning intellektual faoliyati aktivligini rag‘batlantirish imkonini 
beradi. MN sistemasining moyilligini, uning mushak faoliyatining turli 
holatlarga moslasha olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. Yuqorida 
qayd qilib o‘tganimizdek, gimnastikaning o‘ta ta'sirchanligi boshlang‘ich 
jismoniy tarbiya bosqichlarida, insonning jismoniy qobiliyatlarini har yoqlama 
va garmonik rivojlantirish poydevori yaratilayotgan vaqtda namoyon bo‘ladi. 
Gimnastikaning bu asosiy funksiyasi uning ko‘p asrlik taraqqiyot tarixi 
mobaynida shakllandi va qaror topdi, bu uning jismoniy tarbiyaning ko‘p 
yoqlama mazmunidagi aniq vazifalarini tashkil etadi. 
Sport faoliyatida gimnastikaning uchta mustaqil turi bor. Sport 
gimnastikasi, akrobatika va badiiy gimnastika. 
Gimnastikaning asosiy vositalari. 
Maxsus ishlab chiqilgan harakat formalari gimnastikaning tipik vositalari 
(mashqlari) 
hisoblanadi. 
Ular 
yordamida 
odamning 
hayotiy 
muhim 
harakatlantiruvchi qobiliyatlari takomillashtiriladi. Ko‘p mashqlar odamlarning 
mehnat, harbiy va turmush faoliyatidan (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, 
sakrash, emaklash, muvozanat saqlash, uloqtirish, to‘siqlardan oshib o‘tish, yuk 
tashish) va hokazolardan olingan. 
Gimnastika mashqlari pedagogik vazifalarga hamda harakatlantiruvchi 
faoliyat strukturasiga muvofiq tarzda quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi: 
1.
Saf 
mashqlari 
– 
safda 
birgalikda 
bajariladigan, 
shug‘ullanuvchilarda faoliyat strukturasiga muvofiq bo‘lib harakat qilish 
malakalarini, qad-qomatni rostlovchi, ritm va sur'at hissasini tarbiyalashga 
yordamlashadigan harakatdir. 


2.
Umumrivojlantiruvchi ayrim bo‘g‘in, qismlarda bajariladigan, ya'ni 
har yoqlama jismoniy tayyorgarlik uchun, organizmning funksional 
imkoniyatlarini kengaytirish va qad-qomatni tarbiyalash uchun qo‘llaniladigan 
mashqlardir. 
3.
Erkin mashqlar – tanani ayrim a'zolari bilan qilinadigan turli 
harakatlarni, shuningdek, akrobatik va xoreografik mashqlarni birga qo‘shib 
bajarishdir. 
4.
Amaliy mashqlar – yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashib chiqish, 
oshib o‘tish, emaklab o‘tish, muvozanat saqlash, to‘siqlarda oshib o‘tish va 
hokazolar. 
5.
Sakrash (tayanmay va tayanib) sakrovchilarni rivojlantirish, 
shuningdek, oyoq va qo‘llarning kuchini, harakat tezligi aniqligini, chaqqonlik 
va dadillikni rivojlantirish uchun qo‘llaniladi. 
6.
Snaryadlarda bajariladigan mashqlar – sport gimnastikasining eng 
xarakterli vositalaridir. Ulardan ko‘zda tutilgan va statik holatlarni ham o‘z 
ichiga olgan muvozanat saqlash mashqlarini birlashtiradi. 
7.
Badiiy gimnastika mashqlari – gimnastika asboblari (arg‘amchi, 
gardir, to‘p, cho‘kmarlar va h.k.) bilan va gimnastika asboblarisiz ijro etiladigan 
mashqlar. 
Gimnastikaning asosiy vositalari kishining maksimal kamol topishi uchun 
ko‘proq qanday ta'sir ko‘rsatishni hisoblagan holda quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin: 
a) jismoniy xislatlar va harakatlantiruvchi qobiliyatlarni umuman 
rivojlantirishga qaratilgan mashqlar (saf mashqlari, URM mashqlari, o‘yin va 
estafetalar). 
b) hayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan 
mashqlar (amaliy mashqlar, tayanmay sakrashlar). 
v) harakatlantiruvchi qobiliyat va irodaviy xislatlarni intensiv 
rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan mashqlar (erkin), tayanib 


sakrashlar, snaryadlarda bajariladigan mashqlar, akrobatika mashqlari va badiiy 
gimnastika mashqlari. 
Gimnastika asosiy vositalarining hammasini mana shu taxlitda ajratish 
gimnastikaning biror turi uchun, turli pedagogik vazifalarni hal qilish uchun 
muayyan mashqlar tanlashni osonlashtiradi. 
Gimnastikaning metodik xususiyatlari. 
Quyidagilar uning metodik xususiyatlariga kiradi: 
1.
Kishi organizmiga har yoqlama ta'sir ko‘rsatish. Kishilarni barcha 
organlarining funksiyalari gimnastika mashqlari yordamida takomillashadi. 
Demak, kishini umumiy jismoniy rivojlantirish va uning harakatlantiruvchi 
qobiliyatlarini har yoqlama kamolga yetkazish vazifalarini gimnastika 
yordamida hal qilsa bo‘ladi. 
2.
Nihoyatda xilma-xil jismoniy mashqlarni qo‘llash. 
3.
Tanaga tanlab ta'sir ko‘rsatish. 
4.
O‘quv jarayonining qat'iy me'yorda bo‘lishi va jismoniy yukni aniq 
tartibga solish. 
5.
Mashqlarni uzluksiz murakkablashtirib borish va kombinatsiyalash, 
hamda bir xildagi mashqlarni bir qnacha maqsadlarda qo‘llanishining 
mumkinligi. Biroq mashqni variantlarini o‘rganishga o‘tiladi, bora-bora shu 
mashqning o‘zi ham murakkablashtiriladi, biroq elementni ikkinchisiga qo‘shib 
bajarib, kombinatsiyalarga yangi harakatlar kiritiladi va hokazo. Bunda 
o‘rganilayotgan o‘quv materiali sifat va miqdor jihatdan ham yangicha ifodaga 
ega bo‘ladi, hamda tanaga boshqacharoq ta'sir etadi va zarur o‘zgarishlarni 
keltirib chiqaradi. Bir xil mashqlardan turlicha vazifalarni hal qilish uchun 
foydalanishda ularni metodik jihatdan xilma-xil o‘zgartirish yo‘li bilan amalga 
oshirish mumkin. 
Gimnastikaning metodik xususiyatlari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. 
Ularni to‘g‘ri hisobga olib ish ko‘rilsa, shug‘ullanuvchilarning har yoqlama 


umumiy jismoniy tayyorgarligi, harakatlantiruvchi qobiliyatlarini garmonik 
rivojlantirish vazifalari, shuningdek ta'lim-tarbiya vazifalari hal etiladi. 

Yüklə 203,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə