Mavzu: umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar


Snaryadlarda bajariladigan mashqlarning atamalari



Yüklə 203,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix11.12.2023
ölçüsü203,18 Kb.
#148291
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar

Snaryadlarda bajariladigan mashqlarning atamalari. 
Tutish - snaryadni ushlash usuli. Tutishning quyidagi turlari bor: ustidan 
tutish, ostidan tutish turlicha tutish, teskari tutish, chalishtirma tutish, keng 
tutish, tor tutish. Juft tutish chuqur tutish.
Osilish - quyidagi turlari bor: oddiy osilish, aralash osilishlar. 
Tayanish – oddiy va aralash bo‘ladi. 


O‘tirish – snaryadda o‘tirgan holat; quyidagi turlari bor: bruslarda 
oyoqlarni kerib o‘tirish, sonda o‘tirish va hokazo. 
Ko‘tarilish – osilib turishdan tayanishga yoki pastroq tayanishdan yuqori 
tayanishga o‘tish.
Pastga tashlanish-ko‘tarilishga teskari harakat.
Aylanish - gimnastikachining tayanishda boshlab snaryad yoki atrofida 
(turnik, yog‘och va hokazo) aylanma harakatlanishi.
Burilish - gavdaning vertikal o‘q atrofida harakatlanishi. 
Oyoqni osmonga qilib turish – gimnastikachi tanasining biron qismiga 
tayanib, oyoqlarni yuqoriga uzatgan vertikal holat. 
Tebranish – aylanish o‘qiga nisbatan erkin xakatlanish.
Yoysimon tebranish – tayanishdan yoysimon harakat qilib osilishga 
o‘tish. 
Uchish – bu shug‘ullanuvchilarning snaryad (odatda xalqa) bilan 
birgalikda bir marta tebranma harakat qilishdir. 
Qo‘l orqasidan aylanish – muayyan holatdan yelka bo‘g‘inini buraltirib, 
gavdaning gorizontal o‘q atrofida aylanishi. Bunday aylanish yo‘nalishga qarab 
oldinga va orqaga bo‘ladi. Zaruriy bo‘lsa qanday tebranish yordamida 
bajarilishini ko‘rsatish. 
O‘tkazish – oyoqni snaryad tepasidan harakatlantirish. 
Doira – oyoqni yaxlit (yellepsimon) harakatlantirish. 
Chalishtirish – oyoqlarni bir birining o‘rniga qarama-qarshi yetkazish.
Kirish – snaryad yonida dastlabki holatda turgan gimnastikachining 
tayach qo‘li atrofida doira yasab burilib, dastlaklarga tayanib qolishini 
ko‘rsatuvch atama.
O‘tish – ijrochining snaryadda (biron elementni bajarayotganda) qo‘llarni 
tutib, o‘ng yoki chap tomonga siljish. 
Chiqish – kirishga teskari harakat qilib (konning) boshqa qismiga o‘tish. 


Uchib o‘tish – gimnastikachining qo‘llarini qo‘yib yuborish snaryadning 
bir tomonidan ikkinchi tomoniga brusning bir yog‘ochidan ikkinchi yog‘ochiga 
o‘tish.
Sakrab tushish-snaryadda osilib yoki tayanib turgan holatda sakrab 
tushish. 
Sakrash – oyoqlarda depsingandan keyin erkin parvoz qilib, ma'lum 
masofadan (balandligiga, uzunasiga) yoki to‘siqdan o‘tish. 
Tayanib sakrash – qo‘llarda qo‘shimcha tayanib (to‘rt berib) bajariladi.
Siljish-depsingandan keyin oyoqlarni orqaga dastlabki siljish. 

Yüklə 203,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə