Mavzu: umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar



Yüklə 203,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix11.12.2023
ölçüsü203,18 Kb.
#148291
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar

Gimnastikaning turlari. 
Gimnastikaning mashqlari hamda shug‘ullanuvchilar ixtisosining xilma-
xilligini hisobga olib, turli pedagogik vazifalarni hal qilish uchun ulardan 
foydalanishda orttirilgan tajribalarni nazarda tutib, gimnastikani nisbatan 
mustaqil turlicha yaratish mumkin. 
1-guruh. Gimnastikaning sog‘lomlashtiruvchi (umumrivojlantiruvchi) 
turlari. Bu guruh asosiy (umumiy) gimnastikani, gigienik gimnastikani va atletik 
gimnastikani o‘z ichiga oladi. Gimnastikaning bu turi shug‘ullanuvchilarni har 
yoqlama garmonik jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash 
va harakat funksiyalarini takomillashtirish maqsadida qo‘llaniladi. 
2-guruh. Gimnastikaning sport turlari. Bu guruhga sport gimnastikasi, 
badiiy gimnastika va akrobatika kiradi. Bu turlar sport yo‘nalishiga ega bo‘lib, 
sport turlari sifatida targ‘ib etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish 
texnikasida yuksak kamolatga erishish, yuksak sport mahorati ko‘rsatish hamda 
har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida gimnastik ko‘pkurashning 
murakkab mashqlarini bajara bilishga erishishdan iboratdir. 
3-guruh. Gimnastikaning amaliy turlari. Bunga quyidagilar: ish kuni 
tartibiga kiritiladigan korxona gimnastikasi, sport-amaliy gimnastikasi, davolash 
gimnastikasi kiradi. 
Yuqorida zikr etilgan gimnastika turlari gimnastikaning umumiy 
yo‘nalishini asosan saqlab qolib, nimaga mo‘ljallanganligi, mashqlarning o‘ziga 
xosligi va metodik usullari bilan bir-biridan farqlanadi. 
Gimnastika o‘quv-ilmiy fan sifatida. 
Gimnastika o‘sib kelayotgan avlodga ta'lim va tarbiya berish tizimidagi 
pedagogik ilm sohasi, o‘tilishi shart bo‘lgan o‘quv darsi hisoblanadi. Dars 


sifatida u maktablarda, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va oliy o‘quv yurtlarida 
o‘qitiladi. 
Ilmiy soha sifatida gimnastika jismoniy tarbiya haqidagi fanning 
gimnastikaga xos bo‘lgan vositalar, metodlar va mashg‘ulotlar uyushtirish 
formalari yordamida odamning jismoniy rivojlanishi va kamol topishi 
qonuniyatlarini o‘rganuvchi bo‘lagidir. 
Gimnastika – ilmiy-amaliy sohadir. Uning nazariyasi, tarixi, dars berish 
metodikasi mashg‘ulot uyushtirishdagi tipik vosita va formalari bor. Gimnastika 
tarixi uning jismoniy tarbiya vositalari va metodlaridan biri sifatida rivojlanish 
va qaror topish jarayonini ochib beradi. Gimnastika vosita va metodlarini 
takomillashtirish bilan aloqador masalalarni yoritadi. Gimnastikadan dars berish 
metodikasi bo‘limida esa ta'lim va tarbiyaning umumiy asoslari (gimnastika, 
uning alohida turlari) va mashq guruhlariga qo‘llanishi mumkin bo‘lgan turli 
kontingentlar bilan mashg‘ulot uyushtirish metodlari qarab chiqiladi. 
Amaliy mashg‘ulotlar har yoqlama jismoniy rivojlanish maxsus jismoniy 
xislatlarni takomillashtirishga, gimnastika mashqlari texnikasini bilib olishga
shuningdek, professional-pedagogik ko‘nikma va malakalarni orttirishga 
qaratilgan bo‘ladi. 

Yüklə 203,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə