Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad:o`quvchilarga vaqt o`lchov birliklari orasidagi munosabatlarni tushuntirish; Tarbiyaviy maqsad:o`quvchilarni atrof-muhitni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarni og`zaki va yozma hisoblash malakalarini o`stirish
Vaqt o`lchov birliklari orasidagi munosabat
Dars turi: yangi tushunchalar berish suhbat, “ha, yo`q o`yini” Dars jihozi: darslik, tarqatma kartochkalar, Darsning fanlar aro bog‘liligi: jismoniy tarbiya, musiqa Darsning borishi: Darsning borishi: Tashkiliy qism -Aziz bolajonlarim Hozir qaysi dars ekan Buni menga kim aytar? - 2020 - yil qanday nomlandi? - “Ilm-ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e`lon qilindi. -Bugungi darsimizni shu yil bilan bog`lab olib boramiz. Bugungi darsda sizlar bilan Internet do`konidan narsa xarid qilishimiz kerak, buning uchun darsda faol qatnashsangiz, savollarga to`g`ri javob bersangiz xaridni amalga oshirishingiz mumkin bo`ladi. Internet do`konida turli xil o`quv-qurollari bor.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
1 sutka necha soat?
1 d (sutka) = 24 h (soat)
Minutlarda ifodalang:
1 soat 25 minut = 85 minut
1 soat 40 minut = 100 minut
2 soat 10 minut = 130 minut
Soat va minutlarda ifodalang:
160 minut = 2 soat 40 minut
220 minut = 3 soat 40 minut
90 minut = 1 soat 30 minut
Yangi mavzu bayoni:
Siz qachon tug`ilgansiz?
Tug`ilgan kuniz qachon?
Hozir necha yoshdasiz?
Men 2010-yil tug`ilganman.
23-may
10 yoshdaman
Qoida
Yil – Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishiga ketgan vaqt.
Dostları ilə paylaş: |