2. Yangi davr gimnastikasi Milliy gimnastika tizimining yaratilishi xulosa foydalanilgan adabiyotlar gimnastikaning vujudga kelishi



Yüklə 31,49 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü31,49 Kb.
#137380
  1   2   3   4
Gimnastikaning rivojlanish tarixi



Gimnastikaning rivojlanish tarixi.


Reja:

  1. Gimnastikaning vujudga kelishi



2. Yangi davr gimnastikasi
3. Milliy gimnastika tizimining yaratilishi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Gimnastikaning vujudga kelishi
Jismoniy tarbiya fanining vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mobaynida rivojlanib kelgan. Uning qaror topishi ijtimoiy tuzum o'zgarishi bilan, inson haqidagi fanning rivojlanishi bilan, shuningdek, urush olib borish usullarining o‘zgarishi bilan bog‘liq boMgan. Bular gimnastikaning mazmunan o'zgarishiga, uning o'qitish uslubiyati va hatto, mashqlarni bajarish texnikasining tubdan o'zgarishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatgan.
XVIII—XIX asrdagi gimnastika tizimiga kirgan ayrim mashqlar Qadimgi Rimda hamda bir qancha G'arbiy Yevropa mamlakatlarida esa o‘rta asrlar davridayoq harbiy-jismoniy tayyorgarlik ko‘rishda qo'llanilgan edi. Yog‘och otda, narvon va raqib qal’alariga hujum qilishni o‘rgatishda qo'llanadigan boshqa jihozlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. Akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni sayyor yurgan dorbozlar namoyish qilishgan.
Uyg'onish davri gumanistlari yoshlarni har tomonlama tarbiya- lashga katta ahamiyat bera boshlashdi. Gimnastika mashg'ulotlarini ular inson sog‘lig‘ini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivoj- lantirishda eng yaxshi vositasi, deb bilishardi. XVI asrda jismoniy tarbiyaga oid bir qancha asarlar paydo bo‘ladi. Bulardan eng mashhuri I. Merkurialisning gimnastika san’ati haqidagi asari. Muallif gimnastikani: harbiy gimnastika, davolash gimnastikasi va atletik gimnastikadan iborat uch turga ajratdi. Sog‘lomJashtirish gimnas- tikasini, ya’ni raqibdan ustun chiqish hissi bilan bog'liq bo'lmagan gimnastikani, u asosiy jismoniy tarbiya vositasi, deb hisoblagan.
Ayni vaqtda gimnastikada boshqa yo‘nalish ham rivojlangan bo‘lib, uning asosini shug'ullanuvchilarning chaqqonligi tashki! etgan. Fransuz gumanist-yozuvchisi Fransua Rablening (1494— 1553-yillar atrofida) «Gargantyua va Pantagryuel» asarida tarbiya- lanuvchilar turli mashqlar bilan, shu jumladan, yakkacho‘pda, yog'och otda mashq qilishgani, arqonga tirmashib chiqqanligi, akrobatik mashqlar bajarishgani haqida ma’lumot berilgan. Shu sababli, XV asrdayoq zodagon yoshlar maktablarda ayrim gimnastika jihozlari va mashqlaridan foydalanilgan. Ular keyinchalik sport gimnastikasiga asos bo'lgan, deb hisoblash o‘rinli.


    1. Yüklə 31,49 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə