2. Yangi davr gimnastikasi Milliy gimnastika tizimining yaratilishi xulosa foydalanilgan adabiyotlar gimnastikaning vujudga kelishi



Yüklə 31,49 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü31,49 Kb.
#137380
1   2   3   4
Gimnastikaning rivojlanish tarixi

gigiyenik yo'nalish (gimnastika odamning salomatligini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirish vositasi hisob- lanardi);

  • atletikyo'nalish (gimnastika murakkab mashqlarni, shu jum- ladan, gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarni qo'llash yo‘li bilan insonning harakat sifatini rivojlantirish vositasi, deb hisobla- nardi);

  • amaliy yo‘nalish (gimnastika urushda uchraydigan turli to'siqlardan oshib o'tlshni askarlarga ohgatish vositasi hisoblanardi).

    Nemisgimnastika tiiimi. Napoleon qo'shinlari Pmssiyani egatlab turgan davrda tarkib topa boshladi. Bu tizimning asoschisi F. Yan (1778—1852) edi. F.Yan gimnastikadan mamlakatni bosqin- chilardan ozod qilish maqsadida yoshlarga harbiy tayyorgarlik berish uchun foydalanishga intildi. Gimnastika jihozlaridagi mashqlar va harbiy o‘yinlar bu tizimning asosini tashkil qilar, chunki ular, Yanning fikricha, odamning jismoniy kuchini rivojlantirib, iroda- sini mustahkamlar edi. U o'zining gimnastikasini «turnkunst» (epchillik san’ati), shogirdlarini esa «turnerlar» deb atadi. Keyinchalik nemis gimnastikasi «turnen» nomini oldi.
    Yan Frizen Eyzelen bilan birgalikda gimnastika mashqlari texnikasini ishlab chiqdi. «Nemis gimnastikasi» darsligi nashr etilib, unda o‘sha vaqtda ma'lum bo'lgan jihozlarda bajariladigan hamma mashqlaming tavsifi berilgan edi. Mashqlarni bajarayotganda shug‘ullanuvchilardan boshni to‘g‘ri tutish, oyoq uchlari cho‘zilgan bo'lishi, gavdani harbiycha to‘g‘ri tutish, to'gTi chiziq bo‘ylab harakat qilish talab qilinardi. Mashg'ulotlarda musobaqa usulidan foydalanilardi, bu esa shug‘ullanuvchilarning qiziqishini juda ham oshirarva ular bir xildagi mashqni behisob takrorlashga intilishardi. U davrda turli harakatlar kombinatsiyalari qo'Uanilmas edi.
    A. Shpiss( 1810—1858) nemislar turnenini maktabda o‘qitishga moslashtirib, mashg‘ulotlar jadvalini tuzib chiqdi. U 1840-yilda
    «Turnerlik san’ati haqida ta’limot» nomli asarini e’lon qiladi. Shpissning ginmastika mashg'ulotida tartibli mashqlar (safva qayta saflanishlar) bo'lib, undan keyin gimnastika jihozlajrida mashq bajarishga tayyorlovchi erkin mashqlar (Pestolotssi bo‘g‘in gimnas- tikasidan va Fit gimnastikasidan olingan harakatlar) bajarilar edi. Shpiss uzun yakkacho‘p, uzun qo'shpoyalar, qator narvonlar, qator langarcho'plar singari guruhiy mashq jihozlarini joriy qildi. Darsning yakuniy qismida harakatli o‘yinlar o'tkazilar va gumhlarda bajariladigan mashqlar qo‘llanilar edi.
    Shpiss nemischa turnen tamoyillarini saqlab qolgan holda nemis buijua mjJiiy gimnastika tizimini yaratib tugalladi. Shpiss gimnastikasi buyruqlarni yaxshi bajaradigan va harbiy xizmat uchun yetarli jismoniy tayyorgarligi bo'lgan intizomli yoshlarni tarbiyalab yetishtirishga yordam beradi. Biroq bu uslub bolalar tashabbusini bo‘g‘ib qo'yar, ularning o‘ziga xos shaxsiy qobiliyatlarining o‘sishiga xalaqit berar, eng muhimi, o‘sha davrdagi tabiiy va pedagogik fanlardagi ko‘pgina ilg‘or fikrlarga to‘g‘ri keimas edi. Ana shu kamchiliklar juda ko‘p e’tirozlarga sabab bo‘lgan. Bular orasida eng asosli e’tirozlardan bin P. F. Lesgaftmng e’tirozlaridir.
    Shved gimnastika tizimi nemis gimnastikasi bilan oldinma- ketin paydo bo‘lgan. Unda gigiyena yo'naiishi yaxshi ishlab chiqilgan edi. P. Ling (1776—1839) XIX asmingbirinchi yarmida gimnastikani Daniyada o‘rgana bosltladi. Chunki o‘sha davrda gimnastika G'arbiy Yevropadagi ilg‘or mamlakatlardan biri bo‘lgan Daniyada tarqala boshladi. P. Lingning tashabbusi bilan 1886-yilda Stokgolmda maxsus institut ochildi. P. Ling u yerda o'zining jismoniy tarbiya uslubi va vositalarini qo'lladi.U inson badanini mustahkamlaydigan va kamol toptiradigan mashqiardan foydalanish kerak, deb hisoblardi. Ammo u gimnastikaning tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olmagan edi.
    Uning o‘g‘li Y. Ling (1820— 1886) otasi boshlagan ishni davont ettirib, mashg‘ulotlar jadvalini ishlab chiqdi. Mashqlarni jadvalga solib, maxsus gimnastik jihozlardan foydalanish va bir qancha uslubiy qoidalarni ilgari surdi. Bunda mashqlar anatomik belgilariga qarab, uning tasnifi berildi. Muvozanat, to‘g‘ri yo'nalish va kuchga tayanish bunga asos qilib olindi. Gavda a’zolarining aniq bir holatda bo‘lishiga katta ahamiyat berilgan.
    Shved gimnastika darsi qat’iy tartibda birin-ketin keladigan 16 qismdan iborat jadvalga binoan tuzilgan edi. Bu tizim o‘qituv- chining tashabbusini cheklashiga qaramay, ko‘pIarga ilmiy tomondan asoslangandek tuyilgani bois, Shved gimnastikasining mashhur bo‘lib ketishiga va ko'pgina mamlakatlarda keng tarqalishiga sabab bo'lgan.
    Fransuz gimnastika tizimi, asosan, harbiy-amaliy yo'nalishda bo‘lib, Shved tizimi bilan deyarli bir vaqtda shakllandi. Fransiyada gimnastika tizimini yaratgan kishi Amoros (1770—1848) bo‘ldi. U A.V. Suvorovning harbiy-jismoniy tayyorlov tizimi bilan tanish bo‘lib, bundan o‘z tizimini yaratishda foydalandi. Hayotda va harbiy sharoitda zarur bo‘igan ko'nikmalar orttirishga yordam beradigan mashqlar — to‘siqlar qo'yilgan ochiq joyda yurish va yugurish, qurol-yarog‘lar bilan turli holatlardan sakrash, yukni yoki «yara- dorni» joydan-joyga ko‘tarib o‘tish, suzish va sho‘ng‘ish, kurash tushish, uloqtirish, o‘q otish, qilichbozlik va chavandozlik mashqlarini u eng yaxshi mashqlar, deb hisoblagan. Juda katta tezlik bilan va kuchni ko'proq, tejab o'tilishi lozim bo‘Igan gimnastika asboblari (narvonlar, arqonlar, langarlar, devorlar) qo'llanilar edi.
    Xolosa:
    Mashg‘ulotlar vaqtida Amoros muayyanjadvaiga rioya qilmagan. U quyidagi umumiy tamoyillarni belgilab olgan edi, xolos. Mashqlar shug'ulianuvchilarga tushunarli va mumkin qadar sodda bo'lishi kerak bo'lgan. Ularni birin-ketin yengilidan qiyiniga, soddasidan murak- kabiga o‘ta borgan holda bajarish kerak bo'lgan mashg'ulotlarda o‘quvchilammg o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim edi. Harakatlar tezligi, yo‘nalishi (ko‘Iami) va uni o‘zgartirib, aynan bir mashqning ta’sirini kuchaytirish yoki susaytirish mumkinligi to'g'risida ko'rsatmalar bo'lgan. Mashqlar harbiy qo'shiqlar jo'rligida ijro etilar, bu nafas olish bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlaming rivojlanishiga yordam berib, vatanparvarlik hissini uyg'otar edi. Bu mashg'ulotlarni musiqa jo'rligida o‘tkazishni odat qilishga ilk bor urinish bo‘lgan.
    Fransuz gimnastika tizimi mashqlari ko‘pgina mamlakat qo'shinlarini jismoniy va harbiy tayyorlashda qo'llanilgan.
    Lochinlar gimnastika tizimi. Ushbu tizim Avstriya-Vengriya tarkibida bo‘lgan slavyan xalqlarining milliy-ozodlik kurashiga aloqador tarzda XIX asr o‘rtalarida yuzaga keldi. Chexiyada «locliinlar harakati» paydo bo'lib, lochinlar gimnastika tizimi tuzila boshlandi.

    Yüklə 31,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə