2. Yangi davr gimnastikasi Milliy gimnastika tizimining yaratilishi xulosa foydalanilgan adabiyotlar gimnastikaning vujudga kelishi



Yüklə 31,49 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü31,49 Kb.
#137380
1   2   3   4
Gimnastikaning rivojlanish tarixi

Yangi davr gimnastikasi

Y. A. Komenskiyning asarlari va uning didaktik tamoyillari tizimi XVIII asr pedagogika klassiklari Jan Jak Russo (1712—1778) va ayniqsa, Pestalotssi (1746—1827) dunyoqarashlariningtaraqqiyotiga yordam berdi. Bularning jismoniy tarbiya sohasidagi xizmatlari shundan iboratki, ular gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki berishdi. Russo jismoniy mashqlar inson tanasini mustahkamlaydi va toblaydi, kuch va harakat sifatlarning rivojlanishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, hayotda uchraydigan qiyinchiliklarni yengish uchun tayyorlaydi, aqliy va jismoniy kamol topishga hamda salomatlikni mustahkamlashga yordam beradi, deb hisoblagan.
Pestalotssi bolalarda mavjud bo'lgan kuch va jismoniy sifatlami mashq orqali rivojlantirishni jismoniy taibiyaning asosiy maqsadi, deb bilgan. U fikrlash va harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishni keyingi o'ringa qo'yish muhim, deb hisoblagan. Buning uchun bo'g'inlardagi eng oddiy harakatlar — eng yaxshi mashqlar bo'ladi, chunki har qanday murakkab harakat ana shunday oddiy harakatlardan tarkib topadi, deb aytadi. Bo'g'in gimnastikasi esa
arakatli o‘yinlar va qo‘l mehnati o'mini bosib borishi kerak bo‘ladi, deb ta’kidlaydi. Albatta, bu bilan u bo'g'in mashqlarining ahamiyatiga haddan tashqari yuqori baho berib yuborgan edi, shunga qaramay u ishlab chiqqan tahliliy uslub o‘sba zamon gimnastikasi uchun muhim ahamiyat kasb etgan va keng qo‘Ilani!gan. Pestalotssi — gimnastika nazariyasi va uslubiyatining asoschilaridan biri, uning «bo'g'in harakatlari» esa hozirgi erkin mashqlarning namunasidir.
Russo, Pestalotssi va boshqa o'z zamonasi demokratik peda- gogika arboblarining ilg'or g'oyalari G'arbiy Yevropa mamla- katlarining burjua ziyolilari tomonidan qo'llab-quwatlanar edi. Bu sohada amaliy ishlar ilk bor Germaniyada boshlandi. XVII1 asrning 70-yiliarida ayrim shaharlarda yangi turdagi maktablar — filantropinlar tuzila boshlandi. Bu maktablarda nemis milliy gimnastikasi yuzaga kela boshladi.
Fit (1763—1836) va Guts-Mutslar (1759—1839) filantro- pinlardagi gimnastikaning eng mashhur rahbarlari edi. Ular o'zlariga ma’lum bo'lgan jismoniy mashqlarning hammasidan foydala- nishgan. Fit uch jildli asarida gimnastika haqidagi nazariy va amaliy ma’lumotlarni bayon qilib bergan. Bu mashg'ulotlardan maqsad — salomatlikni mustahkamlash, kuch va harakat tezligini rivojlan- tirish, qaddi-qomatning chiroyli bo'lishiga erishish, aqliy rivojlanish va ruhiy faoliyatga ko'maklashishdir, deb hisoblardi. Fit o‘z asarida bir qancha qimmatli uslubiy ko‘rsatmalarberadiki, ular hanuzgacha o'z ahamiyatini yo'qotmagan (bular mashqlarning ketma-ketiigi, yengil mashqlardan asta-sekin qiyinlariga o'ta borish haqidagi, o‘quvchilarning faolligi, mashg'ulotga bo‘lgan qiziqishi, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish va boshqalar to‘g‘risidagi ko'rsatmalardir).
Guts-Muts ko'pgina gimnastika mashqlari, jumladan, gim­nastika jihozlarida bajariladigan mashqlar texnikasini ishlab chiqdi.Ushbu mashqlarda harakat shakliga katta ahamiyat beradi. Guts-Mutsning «0‘smirlar uchun gimnastika» kitobi bir qancha mamlakatlarda keng tarqalib, gimnastikani kasbiy-amaliy va sport turi sifatida taraqqiy etishiga katta turtki bo‘ldi. Kitobda yakkacho‘p, qo'shpoya va halqada bajariladigan ko‘pgina mashqlar tasvirlangan edi. Kitobda mashg'ulotlar jarayonida o'quvchilarning o'zaro musobaqalashuvi rag‘batlantirilib, mashqlarning ijro etilishi aniq bo‘lishiga qo‘yiladigan talablarga e’tibor berilgan.
XVIII asr oxirlariga kelib, hozirgi zamon gimnastikasining nazariy asoslari namoyon bo'la boshladi.

Milliy gimnastika tizimining yaratilishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu ijtimoiy talablar oqibati edi. Urush qilish usullari bir vaqtda harakat qilishni, buyruqlarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlami talab qilardi. Olsha davr pedagoglari va shifokorlariga gimnastika yoshlarni jismonan tarbiyalashning birdan bir to‘g‘ri uslubi boMib ko'rinardi.


XIX asrning birinchi yarmiga kelib, gimnastika taraqqiyotida uch yo‘nalish ko‘zga tashlana boshladi:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə