O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 129,19 Kb.
səhifə1/11
tarix11.12.2023
ölçüsü129,19 Kb.
#148160
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Turayev Dilshod Futbolchilarda tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishda


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SPORT VA CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM FAKULTETI
JISMONIY MADANIYAT KAFEDRASI


Sport mahoratini oshirish fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Futbolchilarda tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan vosita va metodlarini takomillashtirish

«Himoyaga tavsiya etildi»
Kafedra mudiri
ilmiy daraja va unvoni



imzo FISH



Sana (kun, oy, yil)
Kafedraning
kun, oy
yildagi № sonli bayonnomasi.
yilda

« »
himoya qildi yoki himoya qila olmadi yozuvi yoziladi

5112000 - «Jismoniy madaniyat» ta’lim yo‘nalishi
Sirtqi ta’lim shakli «18/8» guruh talabasi



Imzo
Turayev Dilshod Abdixamid o’g’li
FISH (to‘liq)
tomonidan bajarilgan kurs ishi.
Ilmiy rahbar:
ilmiy daraja va unvoni
A.I.Tursunov

imzo FISH (to‘liq)



Chirchiq 2022

MAVZU: FUTBOLCHILARDA TEZKOR KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA QO‘LLANILADIGAN VOSITA VA METODLARINI TAKOMILLASHTIRISH
MUNDARIJA: KIRISH. 3

  1. BOB.JISMONIY SIFATLAR TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA 5

    1. Тezkorlikni rivojlantirish xususiyatlari 5

    2. Kuchni oshirish xususiyatlari 15

  1. BOB.FUTBOLCHILAR TAYYORLASHDA TEZLIK-KUCH SIFATLARINING O‘RNI 18

    1. Futbolchilarda tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan vositalar 18

XULOSA 29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 30
KIRISH
Respublikamizda futbolni rivojlantirishga qaratilgan qator Hukumat Qarorlari ushbu sport turini yuksak darajaga ko‘garish uchun barcha imtiyoz, moddiy- texnik va huquqiy imkoniyatlar yaratib qo‘yibdi. Ma’lumki, texnik-taktik mahoratni takomillapggirish samaradorligi tezlik-kuch sifatlarining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Umuman, yuqori qobiliyatli futbolchilarni tayyorlashda tezlik-kuch sifatlari o‘ta zarur rol o‘ynaydi. Lekin bu borada ham ko‘pgina murabbiylar shu sifatlarni rivojlantirishga oid mashqlarni shug‘ullanuvchi bolalarning yoshi, jismoniy va funksional. imkoniyatlaridan qat’iy nazar qo‘llaydilar.
Tezlik-kuch sifatlari va ulariing rivojlanishi dinamikasi insonni yoshi, uning harakat faoliyati yoki qanday sport turi bilan shutullanishiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, ushbu sifatlarning rivojlanishi murakkab biologik qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Binobarin, sport trenirovkasi jarayonida jismoniy va texnik-taktik mashqlarni qo‘llash, jumladan, tezlik-kuch sifatlarini rivojlantirish shug‘ullanuvchilarning funksional imkoniyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Buning uchun har bir murabbiy jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikning fiziologik mohiyati haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi darkor.
Barcha sifat va sport malakalari kabi, tezlik-kuch sifatlari ham o‘ziga xos fiziologik xususiyatlarga ega. Jumladan, tezlik sifati bu qo‘zg‘atgichlarga maksimalqisqa vaqt ichida aks ta’sir ko‘rsatish, harakat qilish yoki ish bajarish qobiliyatidir. Bunday tezkor harakat mushaklar tolalarining tez va kuchli qisqarish-bo‘shashish jarayoniga asoslanadi. O‘z navbatida bunday tezkor jarayon mushak tolalarining yo‘g‘onlashuvi (gipertrofiya)ga bog‘liq bo‘ladi. Tolalar yo‘g‘onlashuvi esa mashq qilishga va o‘z vaqtidan yuqori kaloriyali ozuqa moddalarining yetkazilishi evazigaro‘y beradi.
Kuch yoki boshqacha aytganda, mushak kuchi ham aynan shunday fiziologik jarayon asosida shakllanadi. Bu sifatlarning rivojlanishi markaziy va vegetativ nervtizimlarining funksional faoliyatiga bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2017-yil jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir.
O‘quv-trenirovka jarayonida murabbiy o‘z rahbarligi ostida shug‘ullanayotgan turli yoshga mansub guruh a’zolari tarkibidan qobiliyatli, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan bolalarni tanlab olishi va ularni o‘ziga faol yordamchi qilib tayyorlashi nafaqat mashg‘ulotlar samaradorligini oshiradi, balki sport intizomi, umuman ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishga yordam beradi. Ushbu masalaning yana bir ahamiyatli joyi, ya’ni yordamchi faollar joyi shundaki, yordamchi faollar ommaviy voleybolni tashkil qilishda, iste’dodli bolalarni izlab topish, turarjoylarda – mahallalardagi bolalarni voleybolga jalb qilish, musobaqalar tashkil qilish, me’yoriy mashq- testlarini hamda «Alpomish» va «Barchinoy» testlarini qabul qilishda alohida o‘rin egallaydi.

  1. Yüklə 129,19 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə