Inshootlar – ishlab chiqarish qurilmalarini barpo qilishda avvalo, doimo ana shu ob’ektgacha keladigan yo‘llar (temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, elektr uzatgich, aloqa, kanal, suv, …) kabi injenerlik inshootlari uzala inshootlarga kiradi



Yüklə 75,19 Kb.
səhifə1/2
tarix29.09.2023
ölçüsü75,19 Kb.
#124830
  1   2
Hujjat. topografiya






Fargona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti 2203 guruh talabasi rahmonaliyev mirjalolning topografiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
mavzu:chiziqli inshoat trassasini nivelirlash jurnalini ishlab chiqish va trassa profilini chizish


Reja:
1 Nivelirlash usullari
2 Trassaning balandlik va plandagi holati hal qilinadi
3 jarayonlarda dasturlardan foydalanish
4. Trassa profilini chizish chiziqlarni amaliyotda kuzatish
5. Xulosa

Uzala  inshootlar – ishlab chiqarish qurilmalarini barpo qilishda avvalo, doimo ana shu ob’ektgacha keladigan yo‘llar (temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, elektr uzatgich, aloqa, kanal, suv, …) kabi injenerlik inshootlari uzala inshootlarga kiradi.
Trassa  deb loyihasi tuzilayotgan uzala inshootlarni karta yoki joyda belgilangan o‘qiga aytiladi.
Ma’lum iqtisodiy va texnikaviy talablarga javob beradigan trassa yo‘nalishini karta va joyda aniqlash uchun bajariladigan kompleks ishlarga uzala inshootlarni trasalash (loyihalash) deyiladi.
Bunday loyihani tuzishda birinchi navbatda trassaning balandlik va plandagi holati hal qilinadi. Planda trassa mumkin qadar to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘tishi kerak, aks holda har qanday og‘ish trassani uzayishiga qurilish va ekspluatatsiya xarajatlarini oshishiga sabab bo‘ladi.
Trassaning ko‘ndalang va bo‘ylama profillar qiyaligi normadan oshmasligi kerak. Ba’zi bir rel’ef sharoitda plan va profil talabiga javob berish ancha og‘ir bo‘lishi sababli trassa tabiiy g‘ovlardan ataylabdan aylanib o‘tish kerak bo‘ladi. Demak trassa plani bir qancha alohida to‘g‘ri chiziqlardan tashkil topgan bo‘lib, ular egriliklar bilan almashinib turadi.
Trassani egilish darajasi, qayrilmalar burchaklari qiymati bilan o‘lchanadi(7.6.1- shakl). Trassaning qayrilish burchagi deb oldingi tomon davomi bilan ketingi tomon boshlanishida hosil bo‘lgan Ðj ga aytiladi. Bu burilish nuqtasiga burilish uchi (BU) deyiladi.

Yüklə 75,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə