O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 129,19 Kb.
səhifə4/11
tarix11.12.2023
ölçüsü129,19 Kb.
#148160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Turayev Dilshod Futbolchilarda tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishda

Mushak kuchi. Mushak kuchi mushakning zo‘riqish darajasi, shuningdek, tashqi qarshilik yoki og‘irlikka qarshi harakatlar kattaligi bilan tavsiflanadi. Mushak kuchinig morfologik asosi mushak tolasidagi qisqartiruvchi oqsil miqdori, mushak tolalari-ning yo‘g‘onligi hisoblanadi. Kuch sifatining maksimal namoyon bo‘lishida natijaga ruhiy hozirlik ko‘rish, iroda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mushak kuchining namoyon bo‘lishi, shuningdek, mushak tolala- rining tezkor yoki sust turiga ham bog‘liq. Agar mushaklarda tezkor tolalar ko‘proq bo‘lsa, inson yuqori sur’atli tezlik – kuch harakat-larida maksimal quvvatni rivojlantirishga, portlash xususiyatiga ega bo‘lgan faoliyatni bajarishga qodir bo‘ladi. Sust motor bir- liklarining ko‘proq bo‘lishi uzoq muddat mobaynida mushak zo‘riqi-shini saqlab turish imkonini beradi. Bunday kishilarda kuch chi- damliligi portlash tipidagi kishilarnikiga qaraganda ancha baland bo‘ladi.
Muntazam mashg‘ulotlarda maksimal mushak kuchi mushak-larning mutlaq (anatomik) ko‘ndalang o‘lchami o‘sishiga, shuningdek, faoliyatga jalb qilingan asab – mushak (motor) birliklarining sa-farbar etiladigan fiziologik zahiralari hisobiga ortib boradi. Turli og‘irliklar (maksimal, katta, o‘rta, kichik) bilan ishlashning dinamik rejimida rivojlantiriladigan zo‘riqish maksimaldan kamroq bo‘ladi. Demak, dinamik kuchning mutloq qiymatlari uni o‘lchash mumkin bo‘lgan sharoitlarda hardoim maksimaldan bir-muncha kichikroq bo‘ladi.
Asab – mushak birliklari maksimal miqdorining ishchi hola-tini ta’minlash uchun chegaraviy yoki chegara oldi darajasidagi og‘irliklar zarur. Ular kuchni nisbatan kam quvvat sarflab rivoj-lantirish uchun sharoit yaratadi. Chegaraviy bo‘lmagan og‘irliklardan foydalanish mushak kuchini oshirishda u qadar samarali emas, bi-roq ular mushak massasini o‘stirish uchun qulay imkoniyat tug‘di-radi. Yosh sportchi irodasining maksimal darajada namoyon etilishi talab qilinadigan musobaqa vaziyatlari maksimal kuchning rivoj-lanishida katta natija beradi, ammo bu o‘ta keskir quroldan uning tayyorligini qat’iy individuallashtirib baholashda foydalanish kerak. Kichik og‘irliklar (maksimal vaznning 10% dan kam) kuchni rivojlantirishda maqsadga muvofiq emas. Ular mushak kuchini ort-tirish uchun zarur sharoit yaratmaydi, bu holatda me’yoridan ortiq tiklanish ta’siri (effekti) juda kichik. Kuchni rivojlantirish uchun qulay morfologik hamda funk-sional sharoit 9-10 yoshlarda yuzaga keladi. O‘g‘il bolalarda dina-mik kuch mashqlariga yuqori sezgirlik 2 davrdan iborat bo‘ladi: 9 yoshdan 10-12 yoshgacha va 14 dan 17 yoshgacha. Qiz bolalarda 11 yoshga ke- lib kuch chidamliligi 15-16 yoshli qizlarning ko‘rsatkichlariga yetib oladi. 7-10 yoshli o‘quvchilarda turg‘un kuchlanishlar toliqishning tez rivojlanishi bilan kechadi.
Maktablarda 5-8 - sinflarning jismoniy tarbiya darslarida kichik og‘irliklar (1- 2 kg) bilan dinamik kuch mashqlari, arqonga chiqish, yuk tashish, cho‘yan to‘p irg‘itish kabilardan muvaffaqiyat bi-lan foydalanilmoqda. 15-16 yoshda kuch chidamliligining ortishi munosabati bilan 2-3 kg li og‘irliklar bilan o‘tkaziladigan mashq-lar soni ko‘payadi, arqonga vaqtga qarab chiqish, kurash elementlari qo‘llaniladi. Bu yoshdagi qizlarda kuch mashqlari nisbiy mushak kuchining kamayishi tufayli chegaralanadi. O‘smirlar bilan o‘ti-ladigan mashg‘ulotlarda turg‘un vaziyatlarni, dastlabki holatlarni, osilib, tayanib turishlarni talab etuvchi mashqlardan foydalanish lozim.
Bolalarni maksimal kuchning namoyish etilishi bilan bog‘liq sport turlariga erta jalb etish o‘zini oqlamaydi.
Yosh futbolchilar bilan ishlashdagi dastlabki tayyorgarlik bosqichida ularning har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni egallashiga, sog‘lig‘ini mustahkamlash va mutanosib rivojlanishiga, xilma-xil ko‘nikma va malaka-larni egallab olishiga, futbol o‘yini texnikasi va taktikasining boshlang‘ich asoslarini o‘rganishiga qaratil- gan vositalar kompleksidan foydalanish maqsadga muvo- fiqdir.
Jismoniy tayyorgarlikning bu vaqtdagi vazifasi, avvalo, yosh futbolchilarning harakat funksiyalarini (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillik), shuningdek o‘z harakatlarini vaqt oralig‘ida (havoda va mushaklarning zo‘r berishi darajasiga ko‘ra boshqara bilish harakat funksiyasining asosiy komponentlaridir) shakllantirish-dan iborat bo‘ladi. Harakatlar tezligini tarbiyalashga katta e’tibor berish kerak. Chunki bolalik va o‘smirlik yoshida ana shu eng muhim jismoniy sifatni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjuddir. Shuni qayd qilish kerakki, dastlabki tayyorgarlik va boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi bosqichlarida tezkorlik chaqqonlik bilan mustahkam bog‘liq ravishdatarbiyalanadi, bu esa siljishning (bir joydan ikkinchi joyga o‘tishning) ratsional texnikasini muvaffaqiyatli egallab olish uchun zarur asos yaratadi. 8-12 yoshlar oralig‘ida yugurishdagi maksimal tezlikning anchagina ortishi harakatlar tezligi- ning tabiiy o‘sishi bilan bog‘liq. 12-14 yoshda esa tezlik asosan tezlik-
kuch sifatlarining va mushak kuchining o‘sib borishi tufayli ortadi.
Shuning uchun tezkorlikni rivojlantirishda yugurish sur’ati va katta mushak kuchini talab etadigan harakatlar chastotasini maksimal ravishda oshirishga harakatqilish kerak. Bunda tabiiy harakatlarga ko‘proq o‘rin berish lozim. O‘yin, musobaqaformasida bajariladigan sport o‘yinlari va harakatli o‘yinlar, mashqlar ham juda katta yordam ko‘rsatishi mumkin.
O‘yin mashqlarini bajarish yosh futbolchilarni g‘alabaga erishish uchun maksimal kuch sarflashga majbur etadi. O‘yin materiali mashg‘ulotdagi umumiy vaqtning 50% chasini egallashi kerak. Har bir mashq qisqa vaqt ichida (10-15 soniya) bir necha seriyali usulda bajariladi, dam olish intervali 10-15 m bo‘ladi.
Maksimal tezlik bilan qayta yugurish muhim ahamiyatga ega, bu 20 m gacha masofada estafeta usulida bajariladi. Mashg‘ulotlarga estafetalardan tash-qari 10- 15 m ga yugurish bo‘yicha nazorat mashqlarini kiritish ham tavsiya etiladi. Murakkab harakat reaksiyasini va harakatlar chastotasini rivojlantirish uchun turli sport holatidan yuguriladigan tezkorlik mashqlaridan keng foydalanish kerak. Bu mashqlar turli xil ko‘ruv signal-lariga binoan, yugurish yo‘nalishini o‘zgartirib bajari-ladi. Bu esa o‘yin jarayonida vujudga keladigan murakkab vaziyatlarni modellashtirib, signallarning har biriga javob harakatlari bilan reaksiya ko‘rsatish imkonini beradi.
Boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi bosqichida keng ko‘lamdagi o‘yinlar, o‘yin mashqlarini qo‘llashdan tashqari, asosiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari komplekslaridan foydalanish mumkin. Bu har tomonlama jismoniy tayyor- garlikning mustahkam bazasini yaratish uchun qulay shart-sharoitni yuzaga keltiradi. Ko‘proq tezkorlikni rivoj-lantirishga qaratilgan komplekslarni darsning asosiy qismi boshlarida qo‘llash kerak, shundan so‘ng bu sifatni takomillashtirishgayordam beruvchi o‘yinlardan foydala-nish lozim. Kuch talab qiluvchi tegishli o‘yinlar va o‘yin mashqlari kompleksiga, shuningdek, chidamlilik ko‘rsatishni talab etadigan o‘yinlar komplekslariga ancha kam vaqt ajratiladi. Ular tegishlicha darsning o‘rtasida va oxirida o‘tkaziladi.
O‘yinlar va maxsus tayyorgarlik mashqlari kompleks-larini o‘z ichiga oluvchivositalarning rang-barangligi bolalar va o‘smirlarning umumiy jismoniy tayyorgarligini yaxshiroq takomillashtirishga va uning zaminida ularning asosiy jismoniy sifatlarini maxsus ravishda rivojlan-tirishga yordam beradi.
Jiddiy mashg‘ulot qilish va takomillashish bosqi-chida tezkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor beri-ladi, chunki tezkorlikni oshirish ancha murakkab ish. Tezkorlikning erishilgan darajada vaqtidan ilgari barqa-rorlashib qolishidan qutulish uchun maksimal tezlikda takroriy yugurish bilan bir qatorda tezlik-kuch, shaxsiy kuch mashqlaridan keng foydalanish, ya’ni yugurish tezligini, asosan, dinamik kuch hisobiga oshirish kerak.
Kuchni tezlik bilan namoyon qilish qobilyatini tarbiyalashda dinamik zo‘r berish uslubini qo‘llash maqsadga muvofiqdir, bunda yengil yukni maksimal tezlikda boshqa joyga ko‘chirish yo‘li bilan haddan tashqari zo‘r berishga erishiladi.
Juda ham jadallik bilan bajariladigan mashg‘ulot kuchli vositadir. Shuning uchun maksimal tezlikni rivoj-lantirishga qaratilgan mashqlarni tez-tez, lekin kichikroq hajmda o‘tkazib turish lozim. Harakatlar tezligini oshirishga qaratilgan mashqlar me’yorini to‘g‘ri belgilash, mashqlarning tezligini pasaytirmay, necha marta takror-lanishini, shuningdek, imkon chegarasi yoki unga yaqin tezlikni pasaytirmay bajariladigan uzluksiz mashg‘ulot ishlarining qancha davom etishini hisobga olish uchun zarur. Tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar yosh futbolchining sub’ektiv sezgilari, charchaganlikning tashqi belgilari yoki sekundomer ko‘rsatkichlari harakat tezligi-ning pasayganligidan dalolat bergan vaqtda to‘xtatiladi. Bu pasayish mazkur mashg‘ulotda tezkorlikni rivojlantirish ustida olib borilayotgan ishlarni to‘xtatish uchun birinchi signal («etarlilik mezoni»)bo‘lib xizmat qiladi.
Maksimal tezlik bilan bajarish mumkin bo‘lgan mashqlar tezkorlikni rivojlantirish vositalari sifatida qo‘llaniladi. Birinchi navbatda, uch guruh mashqlari: umumiy rivojlantiruvchi (tezlikni rivojlantirishga yo‘nalti-rilgan), o‘z sport turlaridagi maxsus mashqlar va boshqa sport turlaridagi mashqlar qo‘llaniladi (N.G.Ozolin, 1970). Bunda hech bo‘lmaganda uchta talabni hisobga olish lozim:

  1. Mashqlar oxirgi tezlikda bajarilishi kerak.

  2. Mashqlar shug‘ullanuvchilar tomonidan shunchalik yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lishi kerakki, harakat vaqtida harakatni bajarish usuliga emas, balki uni bajarishtezligiga zo‘r berilsin.

  3. Mashqning davom etishi (yoki masofaning uzinligi) shunday bo‘lishi kerakki, mashqni bajarish oxiriga kelib tezlik charchash natijasida pasaymasin (V.M. Zasioreskiy, 1966).

    1. Yüklə 129,19 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə