Mavzu: "Kuz fasli"



Yüklə 1,89 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#138649
Mashg`ulot ishl-WPS Office


Mashg`ulot ishlanmasi

Mavzu: “Kuz fasli”

Mashg`ulotning maqsadi: Bolalarga kuz fasli haqida tushuncha berish va uni mustahkamlash. Mavzu asosida bog‘langan nutqni rivojlantirish, nutq ohangi, ifodasi va ritmi ustida ishlash. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari asosida nutqni rivojlantirish, o‘qish va savodga tayyorgarlikni amalga oshirish. Kichkintoylarning harflarni to‘g‘ri talaffuz qilishiga, lug‘at boyligini orttirishga, voqea va hodisalarga o‘z fikrini bildirishga erishish.

Mashg`ulotning vazifasi: Bolalarga kuz fasli haqida ko`proq ma`lumot berish, ularni so`zlarni to`g`ri talaffuz qilishga hamda nutq madaniyatiga amal qilishga o`rgatish.

Kutilayotgan natijalar: Bolalar kuz fasli shuningdek, bu faslda ro`y beradigan ob-havo haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lishadi. Bolalarning mashg`ulot orqali so`z boyliklari oshadi.

Kerakli jihozlar: Kuz fasli tasvirlangan rasmlar, rangli qog`ozlardan yasalgan bargchalar.

Mashg`ulotni tashkil etish usullari:

Bolalar bilan suhbat.


Ko‘rgazmalilik.
Tushuntirish.
Savol-javob.
Rag‘batlantirish.

Mashg`ulotning borishi

Bolalarga ko`rgazmali qurollardan foydalanilgan holda yangi mavzuni tushuntirib, ulardan qaysi faslni yoqtirishi so`raladi.

TARBIYACHI: — Bolalar, hozir qanday fasl?


Bolalar javobi.
— Bolalar, bir yilda nechta fasl bor?

Bolalar javobi

- Bolalar kuz faslida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bolalar javobi


Bolalarga kuz fasli haqida she`r yodlatiladi.
Kuz
Kelib yetti gavhar kuz,

Sandiq ochdi gavhar kuz.


Bog‘larining sahovati,
Sochildi noz-ne’mati.
Hil-hil pishdi nok-gilos,

Ochildi paxtamiz, soz.


Ochildi paxtamiz, soz,
Paxtamiz, jon paxtamiz.
Kiyim-kechak, osh-u non,

Oq oltinni teraylik.


Oq oltinni teraylik,

Do‘stlarim xirmon-xirmon.


Tarbiyachi bolalarga mavzuni mustahkamlashlari uchun o`yin tashkillashtiradi. O`yinda rangli qog`ozlardan yasalgan barglardan foydalaniladi. Barglar orqasida topishmoqlar yozilgan bo`ladi. Tarbiyachi bolalarni ikki guruhga ajratgan holda joylashtiradi. Yasalgan bargchalarni ikkala guruhning oldiga bir xil taqsimlab qo`yadi. Tarbiyachi o`yinni boshlashga ruxsat bergandan keyin, bolalar bargchalarning orqasida yozilgan topishmoqlarga javob topishadi. Qaysi guruh barcha topishmoqlarga birinchi bo`lib javob topa olsa, shu guruh g`olib hisoblanadi. Yutgan guruh rag`batlantiriladi.
Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə