Mamaroziqov Foziljon Davronboyevich Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi tatu farg‘ona filiali o‘qituvchisi



Yüklə 465,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü465,25 Kb.
#137906
  1   2   3
ZDIFT0601





«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» 
nomli ilmiy-amaliy konferensiya 
UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR ATAMALARI HAQIDA 
MA’LUMOTLAR 
1
Mamaroziqov Foziljon Davronboyevich
 
1
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
TATU Farg‘ona filiali o‘qituvchisi, 
2
Sotvoldiyeva Mohiraxona Baxromjon qizi 
2
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
TATU Farg‘ona filiali talabasi. 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7273402 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada umum rivojlatiruvchi mashqlar qanday 
nomlar bilan atalishi ularni qanday qilib bajarishlari haqida keng manoda 
fikir yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: 
Turish(AT), Cho‘kkalash, Tashlanish, Tayanish, Qo`l va bel 
harakatlari . 
Dastlabki holatlar – mashqlar ijrosi boshlanishi oldidan turishlar va 
boshqa holatlar. Turishlar: asosiy turish (AT)lar safga turishga mos keladi. 
Turishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib turish, oyoqlarni keng 
kerib turish, chalishtirib turish. Bunda oyoq kaftlari juftlanadi, o‘ng (chap) 
oyoqda erkin turish. O‘tirishlar – yerda yoki gimnastika snaryadlarida 
o‘tirish holatlari. O‘tirishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib o‘tirish, 
burchakli o‘tirish, oyoqlarni kerib burchakli o‘tirish, bukilib o‘tirish, 
oyoqlarni quchoqlab o‘tirish, sonda o‘tirish va boshqalar. 
Cho‘kkayish – shug‘ullanuvchilarning oyoqlari bukilgan holat yarim 
cho‘kkayish, ortga engashib yarim cho‘kkayish «suzuvchi starti» deb ham 
ataladi va hokazo. 
Tashlanish – tayanch oyoqni biron tomonga tashlab bukish harakati yoki 
shundan keyin hosil bo‘lgan holat. 
Tayanishlar – yelkalar tayanch nuqtasidan yuqori bo‘lgan holatlar. 
Tayanishlarning quyidagi turlari bor: 
Cho‘kkayib tayanish, o‘ng tizzaga tayanish, o‘ng tizza bilan chap qo‘lgan 
tayanish va chap tizza bilan o‘ng qo‘lga tayanish, tik bukilib tayanish
bilaklarga tayanib yotish, orqadan tayanib yotish va hokazolar. 
Qo‘l va bel harakatlari – harakatlar barovar, galma-gal, ketma-ket
shuningdek, o‘ng qo‘l o‘ng tomonga, chap qo‘l chap tomonga, buning 
teskarisi, parallel (ikki qo‘l bir tomonga), simmetrik va nosimmetrik bo‘lishi 
mumkin. Ular asosiy va oraliq tekisliklardan qo‘llarni bukmay va bukib 
bajariladi. Qo‘llar bukilgan atamaga «bukish» so‘zi qo‘shiladi. Masalan, 
qo‘llarni bukib orqaga uzatish, qo‘llarni bukib yon tomonlarga uzatish va 
hokazo. Oyoqlarni bukishda ham shu atama ishlatiladi. Masalan, o‘ng oyoqni 




Yüklə 465,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə