Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69
Azizaxon Rasulova

1
 
Мўминов С. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний хусусиятлари. Ф., 2021
 


57 
turlarining mavjud bo‘lganligi bu san’atning xalqimiz ma’naviyati va 
madaniyati tarixida naqadar ildiz otganligidan dalolat beradi. 
Mavzu yuzasidan savollar: 
1.
Ritorika so‘zi qaysi tildan olingan? 
2.
Notiqlik san’ati filologiyaning qaysi yo‘nalishida o‘rganiladi? 
3.
Sharq ma’naviyatida notiqlik san’ati qaysi atama bilan yuritiladi? 
4.
Qadimda notiqlik san’atining qanday turlari bo‘lgan? 
5.
“Mahzan ul-insho” asarining muallifi kim? 
6.
Sport sharhlovchilaridan kimlarni bilasiz? Sport notiqligida 
ularning qanday roli bor?
 VOIZLIK SAN’ATI HAQIDA 
«Voizlik san’ati – jamoat oldida nutq so‘zlash, notiqlik san’ati; 
ilmiy-siyosiy ma’ruza, bahs, munozara, targ‘ibot va tashviqotning asosiy 
vositasi sifatida keng ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan san’at Yunonistonda 
voizlik – ritorika deyilgan. Qadimda Sharq mamlakatlarida hukmdor 
shaxsan o‘zi jamoat oldiga chiqib, o‘z siyosatida xalqaro ahvol va 
boshqalar haqida nutq so‘zlagan. El oldiga chiqish, ayniqsa, juma 
namozi, hayit, navro‘z kunlari va boshqalarda, mamlakatlararo urush 
boshlangandagi yig‘inlarda odat tusiga kirgan. IX asrga kelib, bu muhim 
ishni xushovoz, ta’sirchan gapiradigan, ishontira oladigan maxsus 
kishilar – voizlarga topshirganlar. Shunday qilib, voizlik san’ati 
shakllangan. 
Rivoji 
jarayonida 
dabirlik 
(davlat 
ahamiyatidagi 
yozishmalarni insho etish va o‘qib berish), xatiblik (diniy, siyosiy 
mayldagi notiqlik), muzakkirlik (diniy-axloqiy masalalarni sharhlab 
berish) kabi tarmoqlari vujudga kelgan. Voizlik san’atining nutq 
matnlari tinglovchilarning bilimi, ijtimoiy mavqeyi va boshqa 
xususiyatlarga ko‘ra turli maqom (qism)larga bo‘lingan: 
Sultoniyot (yuqori tabaqa uchun), 
Xutubu jihodiya (jangovor nutqlar), 
Faribona maqom (oddiy xalq uchun) va boshqalar. 


58 
Voizlik san’ati ijtimoiy va badiiy jihatdan muhimligi tufayli asrlar 
davomida rivojlana bordi. O‘rta asrlarda voizlik san’atining nazariyasi 
va talqin uslublarini, yorituvchi ilmiy, uslubiy va xrestomatik asarlar 
yaratildi. Voizlik san’atini o‘rgatuvchi maxsus soha – kalom ilmi
balog‘a ilmi yuzaga keldi. Voizlik san’ati o‘tmishda katta ijtimoiy 
qudrat kasb etgan, hozirgi notiqlik san’ati rivojida muhim rol o‘ynagan
1


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə