57
turlarining mavjud bo‘lganligi bu san’atning xalqimiz ma’naviyati va
madaniyati tarixida naqadar ildiz otganligidan dalolat beradi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1.
Ritorika so‘zi qaysi tildan olingan?
2.
Notiqlik san’ati filologiyaning qaysi yo‘nalishida o‘rganiladi?
3.
Sharq ma’naviyatida notiqlik san’ati qaysi atama bilan yuritiladi?
4.
Qadimda notiqlik san’atining qanday turlari bo‘lgan?
5.
“Mahzan ul-insho” asarining muallifi kim?
6.
Sport sharhlovchilaridan kimlarni bilasiz? Sport notiqligida
ularning qanday roli bor?
VOIZLIK SAN’ATI HAQIDA
«Voizlik san’ati – jamoat oldida nutq so‘zlash, notiqlik san’ati;
ilmiy-siyosiy ma’ruza, bahs, munozara, targ‘ibot va tashviqotning asosiy
vositasi sifatida keng ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan san’at Yunonistonda
voizlik – ritorika deyilgan. Qadimda Sharq
mamlakatlarida hukmdor
shaxsan o‘zi jamoat oldiga chiqib, o‘z siyosatida xalqaro ahvol va
boshqalar haqida nutq so‘zlagan.
El oldiga chiqish, ayniqsa, juma
namozi, hayit, navro‘z kunlari va boshqalarda, mamlakatlararo urush
boshlangandagi yig‘inlarda odat tusiga kirgan. IX asrga kelib, bu muhim
ishni xushovoz, ta’sirchan
gapiradigan, ishontira oladigan maxsus
kishilar – voizlarga topshirganlar. Shunday qilib, voizlik san’ati
shakllangan.
Rivoji
jarayonida
dabirlik
(davlat
ahamiyatidagi
yozishmalarni insho etish va o‘qib berish), xatiblik (diniy,
siyosiy
mayldagi notiqlik), muzakkirlik (diniy-axloqiy masalalarni sharhlab
berish) kabi tarmoqlari vujudga kelgan. Voizlik san’atining nutq
matnlari tinglovchilarning bilimi,
ijtimoiy mavqeyi va boshqa
xususiyatlarga ko‘ra turli maqom (qism)larga bo‘lingan:
Sultoniyot (yuqori tabaqa uchun),
Xutubu jihodiya (jangovor nutqlar),
Faribona maqom (oddiy xalq uchun) va boshqalar.
58
Voizlik san’ati ijtimoiy va badiiy jihatdan muhimligi tufayli asrlar
davomida rivojlana bordi. O‘rta asrlarda voizlik san’atining nazariyasi
va
talqin uslublarini, yorituvchi ilmiy, uslubiy va xrestomatik asarlar
yaratildi. Voizlik san’atini o‘rgatuvchi maxsus soha –
kalom ilmi,
balog‘a ilmi yuzaga keldi. Voizlik san’ati o‘tmishda katta ijtimoiy
qudrat kasb etgan, hozirgi notiqlik san’ati rivojida muhim rol o‘ynagan
1
.
Dostları ilə paylaş: