Azizaxon Rasulova


SOHA NUTQIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69
Azizaxon Rasulova

 
SOHA NUTQIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 
Nutq so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning 
tashqi ko‘rinishi bo‘lib, u faqatgina tilga bog‘liq hodisa sanalmasdan, u 
ham ruhiy, ham estetik hodisadir. Shuning uchun unga namunaviy nutq 
sifatida baho berilganda tinglovchi va kitobxonga ko‘zda tutilgan 
maqsadning, aytilmoqchi bo‘lgan muddaoning to‘liq borib yetishi, 
ularga ma’lum ta’sir o‘tkazishi nazarda tutiladi hamda bu vazifalarning 
amalga oshirilishida nutq oldiga ayrim talablar qo‘yiladi. Bu talablar 
grammatik jihatdan nutqning to‘g‘ri bo‘lishini, so‘zlar ko‘zlangan 
ma’noni aniq aks ettirishini, chiroyli, yorqin va ta’sirchan bo‘lishini 
taqozo qiladiki, ular nutqning asosiy xususiyatlari sifatida qaraladi. Nutq 
haqidagi ta’limot – ortologiya ana shu sifatlarni o‘rganish bilan 
shug‘ullanadi. 
Qadimgi davrlarda ham nutqning bu jihatlariga alohida e’tibor berib 
kelishgan. Masalan, rimliklar namunaviy nutqning sifatlarini o‘zida aks 
ettiruvchi qoidalar ishlab chiqishgan. Mashhur notiq Sitseron fikricha
aniqlik va tozalik nutq uchun shunchalik zarurki, ularni asoslab 
o‘tirishning ham hojati yo‘q. Ammo notiq tinglovchilarni o‘ziga jalb 
qilishi uchun bu sifatlar hali yetarli emas. Buning uchun nutq jozibador 
bo‘lishi ham kerak. Notiq Dionis Galikarnas esa nutqda maqsadga 
muvofiqlikni muhim deb hisoblagan. XV–XVI asr O‘rta Osiyo 
ma’naviyatining yirik vakili hisoblangan Mavlono Husayn Voiz 
Koshifiy ham “Futuvvatnomayi sultoniy” asarining “Tariqat ahlining 
1
 
https://hozir.org
. O‘zbek tilining sohada qollanishi.
 


59 
odobi” deb nomlangan beshinchi bobida nutqning bu fazilatlari haqida 
muhim tezislarni ilgari surgan. 
Xullas, ma’naviyati va madaniyati shakllangan xalqlar uchun 
notiqlik san’ati inson faoliyatida muhim omillardan sanalgan hamda 
asosiy e’tiborni nutqning yaxshi bo‘lishiga qaratgan o‘z nazariyotchilari 
ham bo‘lishgan. 
Agar nutq ma’lum vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirilishi 
nazarga olinsa, bunda joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining 
maqsadi kabi omillar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Aytilganlarni 
qisqacha umumlashtiradigan bo‘lsak, nutqning asosiy xususiyatlari 
sifatida quyidagilarni belgilash lozim bo‘ladi: to‘g‘rilik, aniqlik, 
mantiqiylik, ta’sirchanlik, obrazlilik, tushunarlilik va maqsadga 
muvofiqlik. Quyida ular haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə