Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Azizaxon Rasulova

Nutqning mantiqiyligi.
Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari 
– to‘g‘rilik va aniqlik bilan chambarchas bog‘langandir. Chunki 
grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun 
muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham mantiqning buzilishiga olib 
kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va 
o‘quvchiga ifodalanayotgan fikrning to‘liq borib yetmasligiga, ba’zan 
umuman 
anglashilmasligiga 
sabab 
bo‘lishi 
mumkin. 
Nutqni 
shakllantirishdagi e’tiborsizlik oqibatida ba’zan mantiqsizlik ham yuz 
beradi.
Nutqning mantiqiy bo‘lishi so‘zlovchi yoki yozuvchining tafakkur 
qobiliyati bilan bog‘liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina til hodisasi 
sanalmasdan, tildan tashqarida bo‘lgan omil sifatida ham qaraladi. Ya’ni 
bunda notiqdan faqatgina tilni yaxshi bilish emas, o‘zi mulohaza 
yuritayotgan mavzu atrofida keng bilimga ega bo‘lish ham talab qilinadi. 
So‘zlarni bir-biriga mazmunan bog‘lash, ular o‘rtasidagi grammatik 
aloqani to‘g‘ri shakllantirish sintaktik me’yorga amal qilishning asosiy 
sharti bo‘lib hisoblanadi. Masalan, Tarbiyachi: 
Bolajonlar,
endi 
o‘rgangan so‘zlaringizni bir chizib beringlar-chi? Deb vazifa 
topshiradi. Bolalar qalam va daftarlarini olib, chiza boshlaydilar. 
Oddiy mantiqqa ko‘ra so‘z chizilmaydi, balki yoziladi, rasm esa 
chiziladi. Mazkur jumlada ham rasm chizish haqidagi fikr aytilmoqchi. 


63 
Aslida bu fikr ifodasi uchun 
O‘rgangan so‘zlaringiz ifodalangan 
narsalarning rasmini chizib bering
tarzida jumla qurilishi kerak edi
1
.
Ba’zan esa so‘zlar tushirib qoldiriladi:
Oyposh xola gorchechnik 
qo‘yib bo‘lib, ketmoqchi edi, Davron uni qo‘yarda-qo‘ymay 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə