Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69
Azizaxon Rasulova

Hujjatchilik tili
ning o‘ziga xos uslubi, mazmuniy to‘liqlikdan 
iborat zaruriy sifatlar, o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik 
xususiyatlar orqali ta’min etiladi. Hujjatlar o‘ziga xos uslubga ega. 
Hujjatda ot va fe’lga tegishli so‘zlar ko‘proq qo‘llaniladi. Sintaktik 
xususiyatidan kelib chiqib asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. 
Hujjatlar tilida turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq 
foydalaniladi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar 
qo‘llanishi mumkin: 
1) “…so‘m maosh bilan … lavozimiga tayinlansin”; 2) “… o‘z 
xohishiga ko‘ra … lavozimidan bo‘shatilsin”; 3) “… boshqa ishga 
o‘tganligi munosabati bilan … lavozimidan bo‘shatilsin”; 4) “… ga … 
dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin”; 5) “… ga 
1
Aminov M. va b. Davlat tilida ish yuritish. – T: O‘zbekiston nashriyoti, 2020. 25-b


75 
o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun hayfsan e’lon 
qilinsin” va h.k. 
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan so‘zlardan 
foydalanish mumkin: 
1) “Sizga …ni ma’lum qilamiz”; “Sizga …ni bildiramiz”; “Sizga 
…ni eslatamiz”; 2) “… yordam tariqasida …”, “… munosabat bilan …”, 
“… qaroriga muvofiq ravishda …” 3) “… ga zavod ma’muriyati qarshi 
emas”; “… ga zavod kafolat beradi” va h.k.
O‘zbek tilidagi hujjatchilik takomillasha borgani sari, bunday 
qoliplashgan birikmalar ham ko‘payib, mukammalashib boradi. Buning 
natijasida hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish ham bir qadar 
yengillashadi. Ana shu qoliplashgan birikmalarning ishtirokiga ko‘ra, 
hujjatchilar 
“hujjatlar 
yozilmaydi, 
balki 
tuziladi
1
” 
deyiladi 
adabiyotlarda. 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.
Hujjatlarni tayyorlash borasidagi umumiy qoidalar nimalardan 
iborat?

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə