2-mavzu: antik davr psixologiyasi. O’rta asrlarda psixologiya muammolari



Yüklə 19,44 Kb.
səhifə1/2
tarix30.01.2023
ölçüsü19,44 Kb.
#99699
  1   2
2-mavzu


2-MAVZU: ANTIK DAVR PSIXOLOGIYASI. O’RTA ASRLARDA PSIXOLOGIYA MUAMMOLARI
(2 SOAT)
Reja:
1.Psixologiya fanining tamoyillari
2.Psixologik tadqiqot metodlari
3.Psixologik blimlarning uyg’onish davridagi ilm-fan taraqqiyoti bosqichlari
4.Antik psixologiya namoyondalarining g’oyalari.
5. Antik davrdagi jon haqidagi ta’limotning ilk omillari va g’oyalari

Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:


1. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma’lum sabab, qonuniyatga ko‘ra paydo bo‘ladi, o‘zgaradi va nobud bo‘ladi. Psixologik tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi sharoitlari ta’sirida o‘zgarishini bildiradi.
Hayvonlar psixikasi haqida so‘z yuritilganda, uning rivojlanishi biologik qonun sifatidagi tabiiy tanlanish bilan belgilanishini ta’kidlash lozim. Odam psixikasini oladigan bo‘lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi oxir-oqibat hayot uchun zarur moddiy vositalarni ishlab chiqish usulining rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Determinizm tamoyilidan kelib chiquvchi xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi.
2. Ong va faoliyatning birligi tamoyili. Ong va faoliyat uzviy birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash emas. Ong faoliyat jarayonida uning ichki rejasini, dasturini hosil qilgan holda shakllanadi. Aynan, ongda voqelikning harakatchan ko‘rinishlari yuzaga keladi, ular yordamida inson atrof muhitda o‘z yo‘nalishini aniqlay oladi.
Ong va faoliyatning birligi tamoyili ruhshunoslarga hulq-atvor, faoliyatni o‘rgangan holda, samarali maqsadga muvofiq harakatlarning ichki psixologik mexanizmlarini aniqlash, ya’ni, psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochib berish imkonini beradi.
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyil psixika haqida uning faoliyat jarayoni va natijasi sifatida uzluksiz rivojlanishda ko‘rib chiqilgandagina to‘g‘ri tushuncha hosil bo‘lishini bildiradi.
Har bir psixik hodisaning tadqiq etilishi shu hodisaning aynan hozirgi vaqtga tegishli bo‘lgan xususiyatlarining ta’rifini, yuzaga kelish va shakllanish tarixini, shuningdek, rivojlanish istiqbollarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Olimlar inson psixologiyasi va hulq-atvorini o‘rganishda ularni bir tomondan, organizmning biologik tuzilishi va faoliyati nuqtai nazaridan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy rivojlanish qonunlari yordamida tushuntirib berishga harakat qiladilar.
Har qanday fanga o‘xshash psixologiya ham o‘zining tadqiqot metodlariga ega. Psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan metodlarning barchasini to‘rt guruhga ajratish mumkin:
1) tashkiliy metodlar;
2) tajriba metodlari;
3) ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish metodlari;
4)izohlash metodlari.
Birinchi guruhga qiyosiy, longityud va majmua metodlari kiradi. Ma’lumotlar olishning tajriba metodlari kuzatish va o‘zini kuzatish (introspeksiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik tashhislash metodlari (testlar, anketalar, so‘rovnomalar, sotsiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili (xronometriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga ajratish, tahlil) metodlari kiradi. Izohlash metodlariga turli xildagi irsiy (materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va boshqalarni ajratib ko‘rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha xususiyatlarining tuzilishlari o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish) metodlar kiradi.
Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog’liqlini dalillar asosida izoxlab beradi. Ulardan;
- birinchisi - inson tug’ilib voyaga yetadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri;
- ikkinchisi - odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta’lim tarbiyaning ta’siri;
- uchinchisi - odamga tug’ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy xususiyatlarning ta’siridir.
Ma’lumki, har bir odam o’ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muxitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya’ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab ulg’ayadi, shakllanadi.
Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a’zosi sifatida, ma’lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyandasi sifatida va nihoyat, Tashqil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo’lgan muayyan jamoalarning faol a’zosi sifatida qatnashadi.
Shaxsning mohiyati o’z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga egadir. Shaxsdagi barcha psixik xususiyatlari, ijodiy faolligining rivojlaiish manbalari uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy muhitda, jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog’liqlikda bo’lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. Mana shu ma’noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari, qiziqishlari, e’tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi.
Muhit, ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya, azaldan berilgan, genotik jihatdan qatiy belgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoitgina bo’lib qolmay, balki inson psixik xususiyatlarini tarkib toptiradi.
Antik davr yunon falsafasi qadimiy SHarq – Bobil va Misr, Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoyda paydo bo‘lgan diniy-falsafiy ta’limotlar ta’sirida, YUnonistonda yuksak rivojlangan quldordik jamiyatining tarixiy, iqtisodiy siyosiy va madaniy-ma’naviy shart-sharoitlar asosida vujudga keldi. Miloddan ilgarigi VIII-VI asrlarda Kichik Osiyo, O‘rta er dengizi qirg‘oqlaridagi shaharlar bilan yaqin SHarq, Kavkaz hamda G‘arb mamlakatlari xalqlari o‘rtasida savdo, iqtisodiy, madaniy munosabatlar juda ham avj oladi. Bu davrga kelib bu hududlarda qulchilik munosabatlari juda rivojlanadi. Natijada, quldorlik jamiyati YUnonistonda jadallik bilan taraqqiy eta boshlaydi. Ayniqsa, bu hududdagi Milet va Efes shaharlarida quldorlik o‘zining yuqori bosqichiga erishadi. Oqibatda, bu shaharlar YUnon ilm-fani va falsafasining beshigiga aylanadi.
Animizm ( lot. «anima» - ruh)
Ruh haqida afsonaviy tasavvurlar vujudga keladi. Har bir hissiy idrok qilinayotgan narsa o‘zining juftiga ega deb hisoblanadi.

Yüklə 19,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə