2-mavzu: antik davr psixologiyasi. O’rta asrlarda psixologiya muammolari



Yüklə 19,44 Kb.
səhifə2/2
tarix30.01.2023
ölçüsü19,44 Kb.
#99699
1   2
2-mavzu

Gilozizm – dunyoning umumiy jonliligi haqidagi ta’limot.
Bu davrda bir qancha maktablar vujudga keldi.
Milet faylasuflari o‘z falsafiy qarashlarini tabiiy-ilmiy tushunchalar bilan ifodalaydilar. Bu davrlarda falsafa va boshqa bilim sohalari ham bir-birlaridan ajralmagan holda bir butun shaklda «falsafa» nomi bilan atalar edi.
Ilk yunon faylasuflari Milet shahri falsafiy maktab vakillari: Fales, Anaksimanr va Anaksimenlardir. Ular o‘zlarining falsafiy asarlarida kosmologizmga oid, ya’ni astronomik bilimlarga oid o‘z qarashlarini ifodalab berdilar. Ulardan qadimiy YUnonistonda «etti donishmandning biri» hisoblanib, shuhrat qozongan Fales Bobilliklarning astronomik tassavvurlarini rivojlantirib, qadimgi yunon astronomiyasiga asos soladi. U oldindan quyosh tutilishini aytishga doir o‘zining hisoblash usulini ishlab chiqadi va ta’riflab beradi. Anaksimandr esa quyosh soatini ixtiro qilib, gnomon nomli asbob yasaydi va ko‘k-osmon gumbazi sferasi doirasi modelini tuzadi. U birinchi bo‘lib YUnonistonning geografik xaritasini chizadi.
Milodgacha V-IV asrlarda, xususan, V asrning 40-30 yillari davrida qadimgi YUnoniston o‘zining eng gullagan davriga kiradi. Bu davrda matematika, astronomiya, arxitekturaga oid bilimlar kuchli rivojlanib, qadimgi yunon falsafasining buyuk namoyandalari etishib chiqadi. Ayni shu davrda yunon materialistik falsafiy yo‘nalishining yirik vakillari Levkipp (mil. avv.500-440 y.y.) va Demokrit (mil. avv.460-370 y.y) maktablari shakllanib, ravnaq topadi. Bu asrlar orasida dastlab Suqrot hamda Aflotun, sal keyinroq Arastu (mil. avv.382-322 y.y) lar yashab ijod qiladi.
Levkipp qadimgi atomistik nazariyaning asoschisi sifatida olam bo‘linmaydigan juda kichik mayda, ko‘zga ko‘rinmaydigan atomlar va bo‘shliqdan iborat, degan qarashni ilgari suradi. U olamdagi narsa va hodisalarning hammasi ana shu zarralar - atomlarning birikuvidan paydo bo‘ladi, ob’ektiv zaruriyatdan kelib chiqadi, deydi. Levkippning bu qarashlarini rivojlantirgan, uni yuqori pog‘onaga ko‘targan, uning davomchisi Abderlik Demokrit edi. Demokrit «birinchi yunon ensiklopedik aql egasi» sifatida atomistik nazariyani ishlab chiqadi. Demokritning bu nazariyasiga ko‘ra ham olam eng mayda atomlardan iborat, borliqning asosida atomlar va bo‘shliq yotadi, atomlar esa bo‘linmas zarrachalar bo‘lib, bo‘shliqda harakat qiladi. Ularning turli xil qo‘shilishidan turli-tuman narsalar kelib chiqadi, ularning bir-birlaridan ajralishlari tufayli bor narsalar yo‘q bo‘ladi. Hamma abadiy son-sanoqsiz atomlar cheksiz bo‘shliqdagi turli xil joylashuvidan behisob dunyolar paydo bo‘lib, yo‘q bo‘lib turadi. Bu holat tabiiy zaruriyat asosida sodir bo‘ladi. Sababsiz hech bir narcha, hech bir hodisa yo‘q, hamma narsa, hamma hodisa sababli va zaruriydir.
Demokritning bilish nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega. U hissiy bilishning shakli-hissiy sezishni bilishning birinchi bosqichi, deb hissiy bilishni «qorong‘i bilish», deydi. Uningcha, chin bilish, haqiqatni bilish, insonning aqliy faoliyati orqali bilishi tufayli yuzaga keladi. Aql bilan bilish bu eng yuqori, eng chuqur, eng to‘g‘ri bilishdir. deydi Demokrit. U inson bilishda, shubhasiz, hissiy va aqliy bilishni birlikda olib qaraydi.
«Donolik uch holatda: yaxshi fikrlash, yaxshi so‘zlash va yaxshi ishda ko‘rinadi»-deb yozadi Demokrit. «Fikrlashga vaqt emas, balki tarbiya va tabiat o‘rgatadi»,-deydi u.
Xullas, qadimgi yunon faylasuflari: Levkipp va Demokritlarning atomistik nazariyasi keyingi davr, ayniqsa, bizning XX asrda fizika, kimyo, biologiya kabi fanlarning ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Psixologiya tarixi uzoq o’tmishdan totib to hozirgi kunga qadar psixologik haqidagi fikrlarning paydo bo’lishi va uning rivojlanishini o’rganadi. Psixologiya o’zining uzoq o’tmishiga va qisqa tarixiga ega.Psixologiya haqidagi dastlabki fikrlar bundan ikki yarim ming yil ilgari paydo bo’ldi. Psixologiya fan sifatida X1X asrning ikkinchi yarmigacha falsafa fanining tarkibida rivojlangan. Ilmiy psixologiyagacha bo’lgan davrda psixologiya dastlabki og’zaki fan sifatida, keyin esa yozma fan sifatida mavjud bo’ldi. SHunga qaramasdan insonlarning jamiyatga, tabiatga va tirik mavjudotlarga va ijtimoiy muhitga nisbatan bo’lgan munosabatlari ma’lum funktsiya va mexanizmlar yordamida qanday amalga oshirilishi, bu mexanizmlar asosini nima tashkil qilishi savol tariqasida namoyon bo’lar ekan. Psixologiya haqidagi dastlabki fikrlar Antik filosofiyada vujudga kela boshladi. Agar biz psixologiya haqidagi fikrlarning rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan 5 bo’lsak, bu fikrlar uzoq o’tmishdan to shu kunga qadar ikkita oqim nuqtai nazardan hal qilinib kelinmoqda, ya’ni :
1) I d e a l i s t i k;
2) M a t e r i a l i s t i k;
Antik falsafada idealistik oqimning eng yirik namoyondachilari Sakrat va shogirdi Platon hisoblanadi. Ularning asosiy fikrlari idealistik nuqtai nazardan nazardan shu bilan asoslanadiki «jon, ruh va tana alohida-alohida substantsiya hisoblanadi. Tana tirik yoki o’lik holatda materiadir, agar tanaga jon yoki ruh qo’shiladigan bo’lsa, u tirik materiyaga aylanadi va ruh paydo bo’ladi. Agar tanani jon yoki ruh tark etgan bo’lsa, tana substantsiya sifatida mavjud bo’ladi va ruh yo’qoladi. Jon yoki ruh bir tanadan ikkinchi tanaga o’tishi mumkin. U ilohiy kuchga buysungan bo’lib, u tanadan bu tanaga o’tish nafaqat ollohgagina bog’liqdir deb hisoblaydi» Ularning bu g’oyasi Platon tomonidan yozib qoldirilgan dialoglarida o’z ifodasini topadi. Idealistik oqimining o’zi ikki xil ko’rinishga ega bo’ladi:
A) S u b ‘ ye k t i v i d e a l i z m;
B) O b ‘ ye k t i v i d e a l i z m;
Idealizm-ongning borliqqa munosabati masalasida materializmning qaramaqarshi ularoq ong, ruh-birlamchi, moddiy dunyo. Borliq-ikkilamchi, ong-sezgi. Tasavvur va tushunchalarning mahsulidir da’vo qiluvchi g’ayri ilmiy falsafiy oqim. Sub’ektiv idealizm-fan va ijtimoiy amaliyotning dalillariga qarama-qarshi o’laroq moddiy dunyoning ob’ektiv ravishda mavjudligini inkor qilib, reallik deb faqat individual ong sub’ektiv (ichki) sezgi obrazlarini tan oluvchi idealistik oqim. Sub’ektiv idealizmning antik falsafadagi eng yirik vakili Sakrat hisoblanadi. Uning shogirdi Platon, o’zining dastlabki qarashlarida sub’ektiv idealizm g’oyalarini targ’ib qilgan bo’lsa ham, keyinchalik o’zining dunyoqarashi bilan ob’ektiv idealizm namoyondalariga aylanadi. Masalan: Platonning «Teatet» asarida uning ob’ektiv idealizm haqidagi fikrlari o’z ifodasini topadi. Platon o’zining dunyoqarashi bo’yicha ilohiy substantsiya sodiq bo’lsa ham, o’z qarashlarida materiaya haqidagi g’oyalarni ham targ’ib qiladi. Antik falasafadagi bu ikkita vakildan tashqari qolgan yirik vakillarining hammasi materialistik oqim vakillari hisoblanadi.
M a t e r i a l i z m – falsafadagi asosiy oqimdan biri, ya’ni idealizmga qarama-qarshi o’laroq, birdan-bir ilmiy, tarixan rivojlangan dunyoqarashdir. Materializm: dunyo o’z tabiatiga ko’ra moddiydir, materiya tabiatan borliq, inson ongidan tashqari, unga bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir; materiya birlamchi hamda sezgilarning manbaidir, ong esa ikkilamchi, hosila narsadir. Dunyo va uning qonuniyatlarini to’liq bilish mumkin, deb ta’lim beradi. Materialistik oqim- o’z navbatida birlamchi elementar materializm oqimlariga bo’linadi. Birlamchi materializm oqimining asosiy vakili Demokrit hisoblanadi. Demokrit jon va ruh haqidagi fikrlarni quyidagicha ifodalaydi. YA’ni tana va ruh ma’lum jismlardan tashkil topgan bo’ladi. Ruhning asosini molekulalar tashkil qilib bu molekulalar atomlardan iborat bo’ladi. Agar tanadagi atomlarning birikishi vujudga kelsa, tirik organizmlarning ruhi vujudga keladi. Agar atomlarning ajralib ketishi vujdga kelsa, tanani ruh tark etadi. Ruhning asosini atomlar tashkil etadi degan g’oni ilgari suradi. Demokritning fikridan kelib chiqqan holda XUSH asrda ingliz filosofiyasida atomistik psixologiya vujudga keldi va keyinchalik xuddi shu psixologiya assotsativ psixologiya maktabiga aylandi. Platon ob’ektiv idealizmni targ’ib qilgan holda antik falsafada dualizm yo’alishiga asos soldi. Antik falsafaning birlamchi materializm g’oyalarini targ’ib qilan faylasuflardan biri Milet maktabining vakillaridir. Uning asoschisi grek faylasufi Fales hisoblanadi. Fales jon va ruh haqidagi va uning asoslari haqida quyidagi fikrlarni ilgari surdi. Uning fikricha «jonning ruhning asosini aohida xossaga ega bo’lgan materiya hosil qiladi, ya’ni jonning asosini (suv) tashkil qiladi» degan fikrni ilgari suradi. Uning shogirdlari Anaksimen va Anaksagorlarning ruhning asosini ma’lum moddiy asosini materiyadan izlab, Anaksamen ruhning asosini (havo) tashkil qiladi desa, Aniksagor esa (olov) tashkil qiladi degan. Materialistik oqim vakillari idealistik oqim g’oyalariga qarshi fikrlarni ilgari suradilar, materialistik oqim vakillarining fikricha dunyoning asosida bitta moddiy narsa yotadi. Inson va uning ruhiy hayoti ham ana moddiy narsadan iboartdir deganlar. Antik falsafaning eng yirik namoyondasi, psixologiya haqidagi dastlabki ilmiy mulohazalarini keltirgan fpylasuf Aristotel’ (Arastu) hisoblanadi. SHuning uchun hamki u «psixologiya fanining otasi» degan nom olgan. Platonning shogiri bo’lgan Aristotel’ o’z ustozining fikrlariga tanqidiy yondoshib, o’zining «Jon haqidagi ta’limot» asari bilan psixologiyaga asos soldi. U «ruhni tana bilan uzviy bog’liq» dedi, uning fikricha ruh-bu moddiy ham emas, balki moddi narsalarga xos bo’lgan hodisadir. Aristotel’ birinchi bo’lib ruh va jonli tanning ajralmas ekanligi g’oyasini ilgari surdi. Uning bu asari XUP-XUSH asrga qadar ko’pgina ilmiy dargohlarda psixologiya bo’yicha o’quv qo’llanmasi sifatida qo’llanib kelingan. Antik filosofiyada – Sakrat, Platon, Aristoteldan tashqari taxminan eramizdan avvalgi 2-1chi asrlarda Epikur, Lukretsi Kar kabi faylasuflar ham jon haqidagi ta’limotning rivojlanishiga o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shgan. Bu mutafakkirlar o’zlarining avvalgi ilgari surilgan psixika haqidagi ta’limotning boyitibgina qolmasdan, balki yangi-yangi fikrlarni ilgari surdi. Umuman antik filosofiyada psixika haqidagi ta’limotning ko’pgina ko’rinishlari fikrlar tarzida rivojlandi. Masalan: antik filosofiyada sezgilar haqida (idrok) insonning fikrlash qobiyati haqida insondagi ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar haqida (iroda effektiv holatlar), birlamchi materializm nuqtai nazardan ilg’or ilgari surildi, shuning uchun ham antik filosofiyani biz tug’ridan-tug’ri antik psixologiyaning rivojlanish tarixi, deb ayta olamiz deydi.
Yüklə 19,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə