Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
Azizaxon Rasulova

1
 
Шавкат Мирзиёевнинг Токио Олимпия ўйинларида иштирок этган Ўзбекистон спорт делегацияси 
вакиллари билан учрашувдаги нутқи - Халқ сўзи (xs.uz)
 


72 
bo‘ladi. Muhimi shundaki, bu odat deyarli hamma xalqlar uchun ham 
xos bo‘lib, suhbatning muvaffaqiyatli chiqishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Fikrimizni olis Peru mamlakatida bo‘lib o‘tgan quyidagi voqea 
tasdiqlasa, ajab emas. “Meksika chempionatidan avval Peru terma 
komandasiga braziliyalik Didi bosh trener etib tayinlanadi. Begona 
yurtdan kelgan trener bilan til topishib ketish, tabiiy, yengil ko‘chmaydi. 
Va, yuzaki qaraganda, oddiy hodisadek tuyulgan bir voqea Didining 
obro‘sini osmon qilib yuboradi.
Peru komandasi o‘yinchilari Urugvay terma komandasi bilan 
uchrashuvga shay bo‘lib turgan kuni ertalab, ishongan o‘yinchilardan 
biri Fuentesning otasi vafot etgani haqidagi xabarni Didiga yetkazishadi. 
Didi shoshmaydi, u yo‘l-yo‘lakay salomlashgandek Fuentes dam 
olayotgan xonaga kiradi, atayin u yoq-bu yoqdan gurung boshlaydi. 
Ancha suhbat quradi. Hayotning achchiq-chuchuklaridan so‘zlaydi, har 
qanday odamning, ayniqsa, er kishining boshiga og‘ir kun tushganda 
vazminroq bo‘lmog‘i zarurligini ayta turib gap orasida Fuentesning otasi 
qazo qilganini qistirib o‘tadi. Fuentes tok urgandek sapchib tushadi
bugungi mashg‘ulotlardan va kechqurungi o‘yindan ozod etilganini 
eshitib labini qimtib qoladi. U uyiga – dafn marosimiga jo‘naydi. 
Oqshom uchrashuv oldidan esa... u stadionda hozir bo‘ladi va maydonga 
tushishga tayyorligini aytadi. 
Shu voqeadan so‘ng Peru futbolchilari Didini Ustoz deb atay 
boshlaydilar...
1

Mavzu yuzasidan savollar: 
1.
Matn atamasiga ta’rif bering. 
2.
Matnning qanday ko‘rinishlari bor? 
3.
Tavsifiy matn nima? 
4.
Matnning asosiy funksiyasi nimadan iborat? 
5.
Abzats nima? 
1
Мўмин С. Суҳбатга тайёрмисиз? “Маънавият” газетаси. 2019 йил 2-сон. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə