80
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-son
qaroriga
ILOVA
O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI
1
HARFLAR IMLOSI
Unlilar imlosi
1.
A a
harfi:
1)
aka, alanga, aloqa, og‘a; sentabr, noyabr
kabi so‘zlarda old
qator keng unlini ifodalash
uchun yoziladi;
2)
bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa
kabi so‘zlarning
oldingi
bo‘g‘inida,
vaqt, vahm
kabi so‘zlarda
a
aytiladi va yoziladi
2.
O o
harfi:
1)
ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat
kabi
so‘zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
2)
boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon; direktor, termos
kabi o‘zlashma so‘zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.
3.
I i
harfi:
1)
ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida,
piramida; bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq
kabi so‘zlarda old qator tor
unlini ifodalash
uchun yoziladi;
2)
o‘tin, o‘rik, bo‘lim
kabi oldingi bo‘g‘inida
Dostları ilə paylaş: